31. Ichki elektroliz.
Ichki elektroliz usuli turli materiallar tarkibidagi metallar miqdorini aniqlashda qoʻllanadi. Bu usul faqat galvanik element energiyasi hisobiga katodda metallning erkin holda ajralishi bilan tushuntiriladi.
32. Kulonometrik analiz, mohiyati, turlari.
Kulonometrik analiz tekshirilayotgan eritmani elektrolizlashga asoslangan. Kulonometriya usullari bevosita va bilvosita galvanostatik va potensiostatik usullarga bo‘linadi.
1) Bevosita usullarda elektr miqdorini o‘lchash orqali modda massasini ya’ni, miqdorini aniqlash mumkin
2) Bilvosita usullarda titrantni elektr generatsiya qilish uchun sarflangan elektr miqdori bo‘yicha aniqlanadigan moddaning massasi baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |