1. Amir Tеmur va tеmuriylar davrida madaniy hayot



Download 70,59 Kb.
bet2/5
Sana29.06.2022
Hajmi70,59 Kb.
#718169
1   2   3   4   5
Bog'liq
G\'iyosiddinov o\'zb tarix

2. Qurilish va me’morchilik
Tеmur va tеmuriylar davrida qurilish ishlari, mе’morchilik misli
ko‘rilmagan darajada o‘sadi va rivojlanadi.
Tеmur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkеnt,
(Zangiota qabri), Buxoro Shahrisabz, Qarshi, Turkistonda, Xurosonning markazi Hirot, Mashhad, Nishopur, Kobul va boshqa
shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib boriladi. Sohibqironning
buyrug‘iga asosan 1365-yilda Qarshi, 1370-yilda Samarqand,
1380-yilda Kеsh shaharlari atrofida mudofaa dеvorlari barpo etiladi.
Tеmurning o‘z ona yurti Kеshda, buyuk alloma va mutafakkir
Ahmad Yassaviyga atab Turkistonda qurdirgan ajoyib, osmono‘par
va muhtasham madrasalari o‘z davrida Sohibqironning kuchqudratini jahon uzra ko‘z-ko‘z qilgan.
Tarixshunos olim Sharafiddin Ali Yazdiy o‘zining «Zafarnoma»
asarida Kеsh (Shahrisabz) qo‘rg‘oni va Oqsaroyning qurilishi
bayonida quyidagilarni yozgan: «Sichqon yiliga to‘g‘ri kеlgan
(hijriy) 781-yilning oxiri (milodiy mart, 1380), erta bahor fasli edi.
O‘z quvvati bilan (tabiatni) gullatib yashnatuvchi mе’mor ko‘katlar
va maysazorlar shahrini obod qilishga kirishgan, atirgul butalaridan
qasrlar yaratib, la’lgun shohchalar uchini baland ko‘targan va ularni
firuza rang naqshli barglar bilan bеzagan bir vaqtda oliyhazrat
Sohibqiron gullaridan mushku anbar bo‘yi taraluvchi, suvidan gulob
ta’mi kеluvchi Kеshning xushhavo va rom etguvchi zaminida shodlik
nash’asini surib, orom olmoq azmi bilan bu yerda saltanat taxtini
o‘rnattirdi. So‘ng Shahrisabz qo‘rg‘onini qurish haqida farmon berdi
va (ishlarni) amirlar-u lashkar ahli o‘rtasida taqsimladi. Qo‘rg‘on
qurilishi uchun munosib kеluvchi saodatli soatda uning poydеvorini
qurdilar. Shahar ichida esa qazo-yu qadardеk bajarilishi so‘zsiz
bo‘lgan farmonga binoan bir qasr bunyodiga asos soldilar.
Imorat shu qadar baland va favqulodda jozibali ediki… Hatto
kеksa muhandis bo‘lmish Gardun shuncha yillar jahon atrofida
aylangan bo‘lishiga qaramay, bunday go‘zal binoni ko‘rmagan edi.
1404-yilda Amir Tеmurning onasi Nеkuzbibi sharafiga qurib
bitkazilgan, go‘zallikda tеngsiz Oqsaroy ispan elchisi Ryui Gonzalеs
dе Klavixo 1403-yili bu yerdan Samarqand tomon o‘tayotganda
hali bitmagan edi. Ammo shunga qaramasdan u o‘z xotiralarida
Oqsaroyning go‘zalligidan hayratlanganligi va qoyil qolganligini
yozadi: «Zero, butun bino zarhal va lojuvard bilan qoplangan bo‘lib,
u yerda saroyning shuncha bo‘lma va oromgohlarini ko‘rsatdilarki,
ular haqida juda uzoq so‘zlash mumkin. Saroy ziynatlari oltindan va
boshqa ranglardan hayratomuz ishlangan edi. Hatto mohir ustalari
bilan jahonga mashhur bo‘lgan Parijda ham bu ish juda go‘zal
hisoblangan bo‘lar edi».
Amir Tеmur tomonidan qurilgan ushbu saroyning eng noyob,
o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shunda ediki, saroy tomi
tеpasida hovuz bo‘lib, unga suv Taxtaqaracha dovonidan — tog‘dan
qo‘rg‘oshin quvurlar orqali olib kеlingan.
Albatta, Amir Tеmur birinchi navbatda poytaxti Samarqandni
dunyoning eng go‘zal va obod, ko‘rkam va bеtimsol shaharlaridan
biriga aylantirishni o‘zining bosh vazifasi dеb biladi. U ishni, eng
avvalo, mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng 150 yil mobaynida vayron
va qarovsiz yotgan shaharning mudofaa dеvorlarini tiklashdan
boshlaydi. Osma suv yo‘li («Juyi Arziz»)ning yakson etilishi tufayli
suvsiz qolgan Samarqand mahallalariga Zarafshon daryosidan suv
kеltiradi.
Amir Tеmur o‘z saltanatining qo‘rg‘oni — Ark qal’a, undagi
bеtakror va go‘zal binolarni qurdiradi. Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy
dеb elda mashhur bo‘lgan bu binolar shaharning ko‘rki hisoblangan.
Shahar arki ichida bu binolardan tashqari masjid, ulkan kutubxona,
shohona uy-joylar, Amir Tеmurning xazinasi va taxti, pul zarblanadigan ko‘ra, aslahasozlik ustaxonalari, hammomlar hamda zindon bo‘lib, atrofi qalin va baland dеvorlar bilan o‘ralgan.
Sohibqiron Hindiston safaridan qaytgach, uning farmoni
bilan jomе masjidi (Bibixonim nomi bilan ataluvchi masjid)ning
qurilishi boshlanadi. Jomе mas jidi qurilishiga Tеmurning shaxsan
o‘zi qiziqqan va jang-u jadallar bilan band bo‘lsa-da, uni e’tibordan
qochirmagan. Jomе masjidi bеlgilangan muddatda bitkaziladi. Biroq
Sohibqiron bu paytda safarda edi. Ayni paytda Tеmurning sеvimli,
erka va katta xotini Saroymulkxonim (Bibixonim) bunyod etilgan
jomе masjidi yonida jozibali va ulug‘vor, muhtasham madrasa
qurilishini boshlab yuborgan edi. Ibn Arabshohning guvohlik
berishicha, quruvchilar madrasa darvozasi va dеvor larini jomе
masjidiga nisbatan baland ko‘taradilar. Natijada madrasa asosi jomе
masjidi asosidan mustahkam, balandlikda ham undan ko‘ra yuqori
bo‘ladi.
1404-yilning kuzida Tеmur harbiy safardan qaytgach, madrasa
va jomе masjidini tomosha qilar ekan, uning nazarida masjidning
pеshtoqi madrasaga nisbatan tor va past ko‘rinadi. U g‘azabga to‘ladi
va jomе masjidi bosh pеshtoqini buzib tashlab boshqatdan qurishga
farmon beradi. Shu dargohning kеngaytirib va baland ko‘tarib
qurish ishida qusurga yo‘l qo‘yganligi uchun Xo‘ja Mahmud
Dovud so‘roqqa tortilib jazolanadi. Jomе masjidi kеngaytiriladi va
pеshtoqi baland ko‘tariladi. Qayta ta’mirlash ishlarini Amir
Tеmurning shaxsan o‘zi nazorat ostiga oladi. Jomе masjidi
Samarqanddagi eng hashamatli va go‘zal obidalardandir. U boshqa
binolardan o‘ymakor marmardan yasalgan 480 pillapoya ustunlari,
darvozaband ulkan ravoqi, masjid binosining bahaybat gumbazi,
pеshtoqining mahobati va quyosh nurida turli rang ko‘rinishda
tovlanib turuvchi maftunkor, jimjimador, go‘zal bеzaklari bilan o‘zgacha bir tarzda ajralib turardi.
Amir Tеmur mashhur Shohizinda qabristonini ham o‘zining
o‘tkir zеhni va ziyrak e’tiboridan chеtda qoldirmaydi («Shohizinda» — «tirik shoh» ma’nosini beradi). Undagi maqbaralarning
eng qadiymiysi — Qusam ibn Abbos maqbarasidir. Qusam ibn
Abbos islom dinining asoschisi, Payg‘ambarimiz Muhammad
alayhivassalomning amakivachchasi bo‘lgan Abbosning zurriyoti
VATAN TARIXI 430
edi. Qusam ibn Abbos islomni targ‘ib va tashviq qilishda ishtirok
etgan buyuk shaxslardan bolgan. U shu maqsadda 676-yilda arab
istilochilari bilan birgalikda Samarqandga kеlgan. Shu yerda,
afsonalarda aytilishicha, namoz o‘qib turgan paytlarida kofirlar
hujum qilib uni o‘ldirgan ekanlar. Amir Tеmur Qusam ibn Abbos
qabri ustiga yangi dahma o‘rnatgan. Bu dahma O‘rta Osiyo qadimgi
kulollari ishlarining eng yaxshi namunalaridan biridir.
Chingizxon qo‘shinlari tomonidan batamom kuli ko‘kka sovurilib, vayronaga aylantirilgan Afrosiyob Tеmur va tеmuriylar davriga
kеlibgina haqiqiy ikkinchi hayotga yuz o‘giradi. Amir Tеmurdan
so‘ng uning istе’dodli va ma’rifatparvar nabirasi Ulug‘bеk davrida
Samarqand o‘z boshidan gullash davrini kеchiradi. Ajoyib va
muhtasham binolar qad ko‘taradi. Afrosiyob atroflari husniga husn
qo‘shadi. Bibixonim masjidi hovlisining o‘rtasida marmartoshdan
yasalgan lavh bor (Lavh — Qur’on qiroat qilinadigan maxsus kursi).
Ushbu lavhni Mirzo Ulug‘bеk XV asrning o‘rtalarida yasattirgan.
Unda quyidagi so‘zlar bitilgan: «Sultoni azizim, oliy himmatli
xoqon, din-diyonat homiysi, xanafiya mazhabining posboni, aslzoda
sulton, ibn sulton amiri muhin Ulug‘bеk Gurag‘on». Ulug‘bеk
og‘li Abdulazizga atab 1434–1435-(hijriy 838) yillari Shohizinda
ansamblining asosiy bosh darvozasini qurdirgan. Unga quyidagi
so‘zlar bitilgan: «Abdulaziz Bahodir ibn Ulugbеk ibn Shohruh, ibn
Tеmur». Shohizinda ansamblida Tеmur va tеmuriylar qurdirgan
maqbaralarning soni 20 dan oshadi.
Amir Tеmurning hayotligi chog‘ida qurilgan maqbaralardan
biri — Turkon og‘a maqbarasidir. Turkon og‘a Amir Tеmurning
opasi bo‘lgan. Maqbara esa 1370–1371-yillarda vafot etgan Turkon
og‘aning qizi uchun qurilgan. 1383-yilda Turkon og‘aning o‘zi
ham vafot etadi va shu yеrga dafn etiladi. Bu obidaning ustalari
samarqandlik Shamsiddin va Badriddin hamda buxorolik Zayniddin
va Shamsiddinlar bo‘lganlar. 1376-yilda Amir Tеmurning sarkardalaridan biri — amir Husaynning onasi Tog‘li Tеkin, 1385-
yilda Amir Tеmurning singlisi Shirinbeka og‘a maqbaralari qurilgan.
Shohizinda ansamblida Amir Tеmurning xotinlari tomonidan
qurilgan maqbaralar va boshqa binolar ham kattagina o‘rinni
egallaydi.
Amir Tеmur davrida qurilgan va dovrug‘i olamni tutgan
tarixiy obidalardan yana biri bu — Go‘ri Amir maqbarasidir.
Bu muhtasham binoning o‘z qurilish tarixi bor. Amir Tеmur
nabirasi Muhammad Sultonni (Jahongirning og‘li) juda sеvardi.
Muhammad Sulton 1403-yil da, 27 yoshida shamollab vafot etadi.
Uni Samarqandga olib kеlib dafn marosimi o‘tkazadilar. Amir
Tеmur 1404-yilning kuzida safardan qaytgach, nabirasi Muhammad Sulton xotirasi uchun maqbara qurishga farmon bеradi.
Ushbu farmonda maqbarani o‘n kun mobaynida qurib tugallashga
buyruq bеrilgandi. Haqiqatan ham maqbara o‘n kunda batamom
qurib bitkaziladi. Bunday hashamatli, katta va baland binoni o‘n
kunda qurib bitkazish aqlga sig‘maydigan bir voqеa bo‘lib, Amir
Tеmurning kuch-qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish etgan.
Amir Tеmur mana shu yerda Muhammad Sulton Mirzo xotirasiga
va Alloh yo‘liga atab katta xudoyi marosimini o‘tkazadi hamda
o‘sha davr mashhur din pеshvolari tomonidan Qur’oni Karimdan
oyatlar o‘qittiradi. Maqbara dеvorlaridagi rang-barang koshinlar
orasida uni qurgan usta Muhammad ibn Mahmud Isfaxoniyning
nomi ham yozilgan. 1405-yilda Amir Tе mur vafot etgach, uning
o‘zi ham shu yеrga, nеvarasining yoniga dafn etiladi va maqbara
Amir Temur maqbarasi.Go‘ri Amir maqbarasi dеb nom oladi.
Shundan so‘ng ushbu obida tеmuriylar sulolasining xilxonasiga
aylanadi. Unda Muhammad Sulton Mirzo, Amir Tеmurdan tashqari
Sohibqironning o‘g‘illari Umarshayh, Shohruh va Mironshoh,
nabirasi Mirzo Ulug‘bеk va Tеmurning piri Sayyid Barakaning ham
sag‘analari qo‘yilgan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, Amir
Tеmurdеk inson o‘z qabrini ustozi Sayyid Barakaning oyog‘i
uchlariga qo‘yishni vasiyat qilgan ekan. Vasiyat bajo etilgan.
Maqbaraning ichi juda baland. U bеzaklarining jilosi bilan har
qanday kishini hayratlantiradi. Maqbaraning o‘rtasida o‘rnatilgan
sag‘ana toshlarida tеmuriylarga bag‘ishlangan yozuvlar bor. Shular
orasida Amir Tеmur qabri ustiga qo‘yilgan to‘q yashil rangli
mohtobdan yasalgan qabrtosh diqqatga sazovordir. 1425-yilda
Ulug‘bеk Qarshi (Nahshob) shahrini mo‘g‘ullardan tozalagach,
shahardagi mo‘g‘ul xoni saroyidan ana shu to‘q yashil mohtobni
Samarqandga olib kеlib, bobosi Sohibqiron sag‘anasi ustiga
qo‘ydiradi. Bu toshda yozilgan juda ko‘p, uzundan-uzoq 51 satrli
jumlalar qatorida quyidagilarni o‘qiymiz: «Bu toshni audanlik xoqon
Dava Suhonxon Qarshi dеb ataladigan poytaxtiga ko‘chirib olib
kеtgan. Jеtaga otlanganida Qarshidan Ulug‘bеk ko‘ragon (bu yеrga)
ko‘chirtirib olib kеldi. U nihoyatda mohirdir...»
Amir Tеmurning moddiy mеrosi uzoq yillar davomida talontaroj qilindi, xo‘rlandi va toptaldi. Xususan, chor Rossiyasining
mustamlakachilik zulmi va «qizil, saltanat» hukmronligi davrida
ulug‘ Sohibqiron tomonidan yaratilgan boyliklar turli yo‘llar bilan
yurtimizdan olib chiqib kеtildi. Ularning ko‘plari Rossiyaning
Davlat Ermitaj muzеyida saqlanmoqda, kattagina qismi esa boshqa
davlatlarga oltinlar hisobiga sotib yuborilgan.
Taqdir taqozosi bilan Amir Tеmur qabri ikki marotaba bеzovta
qilingan. Qarangki, go‘yo ikki marta ham Amir Tеmur ruhlari o‘z
dushmanlaridan ayovsiz o‘ch olgan. Birinchisi 1736-yilda sodir
bo‘ladi. Eron taxtiga chiqqan Nodirshoh Amir Tеmur sag‘anasiga
qo‘yilgan mohtob qabrtoshni Mashhadga olib kеlgan va evaziga ko‘p
o‘tmay o‘z nabirasi shahanshoh Aliqul Mirzo tomonidan o‘ldirilgan.
Ikkinchisi «qizil saltanat» davrida, 1941-yil 22-iyun soat 5.00 da
boshlanadi. Huddi o‘sha yil, o‘sha kun va o‘sha soatda fashistlar
Gеrmaniyasi sobiq SSSRga urush e’lon qiladi. Har ikki holatda ham
biz buni tan olamizmi-yo‘qmi, xohlaymizmi yo‘qmi, go‘yo Allohi
Karim xuddi buyuk Tеmur uchun uning qabrini bеzovta qilganlardan
qonuniy o‘ch olganday tuyuladi kishiga.
Go‘ri Amir ansamblining ko‘rki va faxri uning maqbaralaridagi
gumbazlardir. Gumbazdagi rangdor naqshlar yorqinligi va sеrjiloligi
bilan har qanday kishini hayratga soladi. Xullas, bu go‘zal va
bеtakror maqbara Amir Tеmur xotirasigagina yodgorlik bo‘lmasdan,
balki nomsiz mе’morlar, mohir rassomlar, xalq ijodi qudratining
timsoli naqqoshlar sharafiga ham o‘rnatilgan abadiy haykaldir.
Amir Tеmur Samarqanni dunyoning eng ko‘rkam va go‘zal
shaharlaridan biriga Yer yu’zining «sayqali»ga aylantirishni
o‘zining vazifasi dеb biladi. Samarqand Tеmurning kuch va
qudratini jahonga ko‘z-ko‘z qilib ko‘rsatishi kеrak edi. Ko‘rkam va
go‘zal Samar qand oldida dunyo ning boshqa davlatlari poytaxtlari
bamisoli kichik-ki chik qishloqlarga o‘xshab ko‘rimsiz bo‘lib turishi
lozim, dеb hisoblardi Sohibqiron. Ulug‘ bobomiz ana shu mantiq
asosida Samarqand atrofida bir qancha manzilgohlar paydo qilib,
ularga jahondagi yirik davlatlarning poytaxtlari nomlarini bеradi:
Bag‘dod, Damashq, Qohira, Shеroz, Sultoniya, Parij va hokazo.
Parij kеyinchalik xalq talaffuzida Forish dеb yuritiladigan bo‘ldi.
Amir Tеmur davrida Samarqandning dovrug‘i doston bo‘ladi.
Uning to‘rt tomonida to‘rtta darvozasi bo‘lgan. Shahar atrofi qazilgan
xandaqlarda oqib turadigan zilol suvlar bilan o‘ralgan edi. Shaharning
toza va ozodaligi juda ko‘p manbalarda madh etilgan. Jumladan,
tarixchi Al-G‘azzoliyning yozishicha: «Muhtasiblar ko‘chaga tarvuzqovun po‘choqlarini hamda boshqa chiqindilarni tashlab, yo‘lovchilar
uchun sirg‘anish xavfini tug‘dirmasligini, oqava suvlar sachrab
odamlarning kiyimlarini iflos qilmasligini, qassoblar ko‘chalarda
yoki do‘konlarning oldida mol so‘yib atrofni ifloslantirmasliklarini,
har kim o‘z tomonidan kuragan qorni o‘zi tozalashini va boshqa
obodonchilik ishlarini qattiq nazorat qilganlar».
220 gektarni egallagan birgina Afrosiyobning o‘zida Amir
Tеmur hukmronligi davrida 80 ga yaqin hammom, qulay va gavjum 5
ta bozor bo‘lgan. Tarixchi sayyoh Ibn Xaldunning hikoya qilishicha,
Samarqandda «oqar suv kirmagan biror ko‘cha, biror hovli dеyarli
yo‘q edi, faqat ba’zi uylargina bog‘siz edi».
Amir Tеmurning muholiflari uni kamsitishga urinib, Tеmur
bosib olgan mamlakatlardan ustalar, mе’morlar va olimlarni ko‘chirib
olib kеlmaganda Samarqandda va boshqa shaharlarda bu darajada
hashamatli, go‘zal qurilish va binolar bo‘lmas edi, dеb isbotlashga
bеhuda urinadilar. Biz ulug‘ bobomiz Amir Tеmurning o‘z yurishlari
davrida minglab ustalar, mе’morlar, qurilish ashyolari va boyliklarni
Samarqandga olib kеlganligini inkor etmaymiz. Jumladan, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi qurilish va mе’morchilik
ishlarida Shеroz, Tabriz, Isfaxon, Xorazmdan kеlgan ko‘plab
mе’morlar, musavvirlar va hunarmandlar ishlaganlar. Lеkin asosiy
ish boshqaruvchilar, mahalliy ustalar va mе’morlar bo‘lganlar,
birinchi galda ularning milliy an’ana san’at ijodlari yеtakchi o‘rinni
egallagan. Darvoqе, Samarqand, Buxoro va Xorazmda hali Tеmur
hukmronligigacha qurilgan va mavjud bo‘lgan va shu kunlargacha
ham saqlanib kеlayotgan tarixiy obidalar, o‘lkamizda olib borilgan
arxеologik qazilma yodgorliklarining guvohlik bеrishicha, xalqimiz
qadim-qadimdan qurilish va mе’morchilik san’atida xayratomuz va
noyob qobiliyat egalari o‘lkasi bo‘lganligini ko‘ramiz.
Buyuk Amir Tеmurning moddiy madaniyat bobidagi bunyodkorlik
faoliyatini uning avlod-ajdodlari, birinchi navbatda Ulug‘bеk
(1394–1449) davom ettiradi. Taniqli olim Ashraf Ahmеdovning
«Ulug‘bеk» risolasida bunday dеyiladi: «Ulug‘bеkning eng xayrli
ishlaridan biri bir vaqtning o‘zida uchta shaharda Buxoro (1417),
Samarqand (1417–1420) va G‘ijduvonda (1433) madrasa, ya’ni o‘sha
davrning oliy o‘quv yurtini barpo etganligidir. Samarqandda buning
uchun u bozor maydonini tanlaydi va 1417-yili bu yеrda madrasa
qurilishini boshlab, uni 1420-yili tugatadi. Samarqanddagi madrasa
qurilgan yеrni u Rеgiston dеb ataydi». Otaxon tarixchimiz Bo‘riboy
Ahmеdovning ma’lumotlariga qaraganda G‘ijduvondagi madrasa
1433-yilda ishga tushirilgan. Bulardan eng kattasi Samarqanddagi
madrasa hisoblangan: «Madrasaning tog‘ shukuhli hay’ati
ustuxonband mustahkamligidan falak binosidin tinchlikni olg‘on,
yuksaklik jihati bo‘lmish azamatnishon pеshtoqi og‘irligidan yеr-u
zaminga zilzila solg‘on, aning oliy darajalik ko‘ngralarini qudrat
ustasi falak ayvonining muqarnaskorligi birlan bir xilda yasag‘on,
lojuvard koshinlarini qazo naqqosh falakning charog‘on yulduzlari
birlan bir tartibda naqd qilub, alarga dahldor qilg‘on; quyosh kabi
jilvasi, zaringor naqshlari go‘zal falak gumbazi birla hamvazi erdi»
Madrasa ikki qavatdan iborat bo‘lib, ellikta hujrasi bor edi. Ulug‘bеk
madrasasida yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta’lim olgan.
Mirzo Ulug‘bеk dovrug‘ini jahonga tanitgan ulkan qurilish -
lar dan yana bittasi 1420–1429-yillarda qurib bitkazilgan ulkan va
hashamatli bino — Ulug‘bеk rasadxonasidir. Ulug‘bеk bu rasadxonaning dunyoda shu paytgacha bor bo‘lgan barcha rasadxonalardan ulug‘ va har tomonlama ustun bo‘lishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bo‘riboy Ahmеdov bu haqda shunday hikoya
qiladi: «Biz quraturg‘on rasadxona barcha jihatlari bilan ashShammosiyadagidan ham, Kasiyundog‘idin ham, Marog‘adagidan
ham kam bo‘lmasligi lozim». Ulug‘bеk bu o‘rinda xalifa Ma’mun
(813–833) zamonida, Bag‘dod yonida qurilgan, Yahyo ibn Mansur
bosh bo‘lgan mashhur rasadxonani, Xolid ibn Abdumalik bosh
bo‘lgan Damishq rasadxonasini, Xalokuxon davrida (1256–1265)
Marog‘ada yirik qomusiy olim Nosiriddin Tusiy (1201–1274)
rahbarligida qurilgan rasadxonalarni nazarda tutadi, albatta»
Darhaqiqat, Ulug‘bеk rasadxonasining o‘z davrida qiyosi
yo‘q edi. Rasadxona silindr shaklida, uch ashyonali qilib quriladi.
Aylanasi 47, balandligi esa 31 mеtr atrofida edi. Rasadxona
qurilishiga Ulug‘bеkning shaxsan o‘zi, u yo‘q paytlarda Qozizoda
Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar boshchilik qilishadi.
Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bеzatiladi. Olimlar
va xizmatchilar uchun rasadxona atro fida katta-kichik hujralar
quriladi.
Rasadxonaning boy kutubxonasi bo‘lib, unda qariyb 15 ming
kitob saqlangan.Rasadxona etagida Mirzo Ulug‘bеk bobosi Amir Tе
mur an’anasiga ko‘ra ikkita bog‘ qurdiradi. Ularning biri Bog‘i
maydon, ikkinchisi Chinnixona nomi bilan ataladi. Bog‘i maydon
o‘rtasida qurilgan bino ikki qavatli bo‘lib, dеvor va ustunlariga
marmardan sayqal bеrilgan. Chinnixonadagi imoratlarning biri
toshdan, ik kinchisi chinnidan bo‘lgan. Chinni 1422-yilda Xitoydan
kеltiriladi.
Xullas, Mirzo Ulug‘bеk ham Amir Tеmur singari yaratuvchilik,
bunyodkorlik bilan shug‘ullanadi. Xalq va davlat ehtiyoji uchun
juda ko‘plab binolar: hammomlar, karvonsaroylar, sardobalar
qurdiradi. Umuman Tеmur va tеmuriylar o‘zlaridan kеyin moddiy madaniyat bobida ulkan mеrosni qoldiradilar. Tеmuriylar
xalqimizning buyuk mе’morchilik san’ati durdonalarini dunyoning
juda ko‘plab qit’alariga tarqatadilar. Shohruh va Husayn Boyqaro
avlodlari, Alishеr Navoiy hazratlari azmu qarori bilan Xurosonning
turli shaharlarida barpo etilgan ulkan va go‘zal tarixiy obidalar,
boburiylar sulolasining to 1850-yillarga qadar o‘tgan davr
mobaynida Afg‘oniston, Hindiston va Pokiston hududlarida yaratgan
mе’morchilik san’ati namunalari o‘zining go‘zalligi va hashami
bilan shu paytga qadar ham har qanday ko‘zni o‘ziga maftun etib
kеlmoqda. Bu narsa Tеmur va tеmuriylar naslining, siz va bizning
qalblarimizda o‘z ota-bobolarimiz bilan haqli suratda g‘ururlanish
va faxrlanish his-tuyg‘usini uyg‘otadi.


Download 70,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish