Sex boshliqlari va ustalarning vazifalari:
- barcha ishchilarning mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi me’yor va qoidalarga rioya qilishlarini ta’minlash, ish vaqtida xavfli va zararli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq barcha ehtiyot choralarini nazorat qilish;
- ishlab chiqarish sharoiti bilan mos holda amaldagi mehnat muhofazasi me’yor va qoidalari asosida xavfsiz ish usullari bo‘yicha yo‘riqnomalar tuzishda qatnashish;
- barcha ishchilarni xavfsiz ish usullariga o‘qitish qo‘l ostidagi bo‘lim xodimlari bilan xavfsizlik texnikasidan yo‘riqnoma o‘tkazish;
Mehnat muhofazasi muxandisi vazifalari:
kirish yo‘riqnomasi o‘tkazish;
barcha sex, bo‘limlar boshliqlari tomonidan mehnat muhofzasi bo‘yicha amaldagi qonun va qoidalarni hukumat va vazirliklarning qaror va nizomlarning hamda yo‘riqnomalarning bajarilishini nazorat qilish;
-xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni to‘g‘ri ishlatilayotganligini nazorat qilish va ularni ishlab chiqishda qatnashish;
- mehnat muhofazasi bo‘yicha buyruq va farmoyishlarni tayyorlash va hisobot xujjatlarini olib borish;
-mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab
chiqish, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tashkiliy-texnik rejalar loyihasini tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
-xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yangi zamonaviy konstruksiyalarni ishlab chiqishda va tadbiq qilishda qatnashish hamda ilg‘or korxonalarning va ilmiy tadqiqot institutlarining takliflarini ishlab chiqarishga tadbiq etishda jonbozlik ko‘rsatish;
-korxonani qishki va yozgi ish sharoitlariniiga tayyorlash tadbirlarida va ularning bajarilishida qatnashish;
-jamoa shartnomasida belgilangan mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni bajarilishini tekshirish;
-bino va inshootlarni, uskuna va apparatlarni qurish, ta’mirlash loyixalarini ko‘rib chiqish va ularni qabul qilish komissiyalarida qatnashish;
-ishchilar bilan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazish, muxandis-texnik xodimlar va xavfli mehnat sharoitlarida ishlovchilar bilan o‘quvlar tashkil qilish;
-tibbiy ko‘riklarning o‘z vaqtida o‘tkazilib turilishini nazorat qilish;
-sexlarda va ish xonalarining ko‘rinib turuvchi joylarga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha amaldagi qaror, qoida va yo‘riqnomalar osib qo‘yilishini nazorat qilish;
-tibbiy ko‘riklarning o‘z vaqtida o‘tkazilib turilishini nazorat qilib turish;
-sexlarda va ish xonalarining ko‘rinib turuvchi joylariga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha amaldagi barcha qaror, qoida va yo‘riqnomalar osib qo‘yilishini nazorat qilish;
-xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xonalarni jixozlash, plakat va ogohlanirtuvchi yozuvlarni osib qo‘yish;
-ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarning sabablarini aniqlashda, taftish qilishda va ularni ogohlantirish va bartaraf qilish tadbirlarida qatnashish;
-baxtsiz hodisalarni hisobga olish, rasmiylashtirish va tahlil qilish;
-korxona rahbariga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan hodimlarni taqdirlash, talab va qoidalarni buzgan xodimlarni javobgarlikka tortish haqida ma’lumotnoma berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |