247. Jism 49 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan. Qanday balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyaga teng bo‘ladi?
248. Katta bo‘lmagan jism sferaning eng yuqori nuqtasidan pastga tomon sirpanmoqda. Qanday balandlikda jism sfera sirtidan ajraladi? Sferaning radiusi R. Ishqalanish hisobga olinmasin.
249. Massasi 10 go‘q 600 m/s tezlik bilan uchib borib ballistik mayatnikka tegadi va uning ichida qolib ketadi. Mayatnikning massasi 5 kg. Mayatnik qo‘zg‘alib qanday balandlikka ko‘tarilgan?
250. Massasi 80 kgva radiusi 30 cm disksimon maxovik tinch holatda turibdi. Maxovikni ν = 10 ayl/s chastota bilan aylantirish uchun qanday ish bajarish kerak?
251. Kinetik energiyasi W = 8000 J bo‘lgan maxovik o‘zgarmas ν = 10 ayl/s chastota bilan aylanmoqda. Maxovikka qo‘yilgan kuch momenti 50 N⋅m, qancha vaqtda maxovik tezligini ikki marta oshira oladi?
252. Maxovikning aylanish qonuni ko‘rinishda berilgan. Bunda A = 2 rad, B = 32 rad/s, C = -4 rad/s2. Agarda maxovikni inertsiya momenti J = 100 kg·m2 bo‘lsa, maxovikni aylanishida ta’sir etuvchi kuchlar hosil qilgan o‘rtacha quvvat topilsin.
253. Massasi 280 kg, radiusi R = 1 m disksimon platforma berilgan. Uning chekkasida massasi 60 kg odam turibdi. Agar t = 30 s da platforma ν =1,2 ayl/s chastotaga erishsa, platformani aylantiruvchi dvigatelni foydali quvvati topilsin.
254. Inertsiya momenti 40 kg·m2 bo‘lgan maxovik tinch holatidan boshlab kuch momenti M = 20 N⋅m ta’sirida tekis tezlanuvchan harakat qiladi. Tekis tezlanuvchan harakat 10 s davom etgan. Maxovikni erishgan kinetik energiyasi topilsin.
255. Velosiped haydovchining velosiped bilan birgalikdagi massasi 78 kg, bunda g‘ildiraklarning massasi 3 kg. G‘ildirakni gardish deb oling. Shu velosipedchining tezligi 9 km/h bo‘lganda, uning kinetik energiyasini topilsin.
256. Massasi 80 kg va radiusi 40 cm bo‘lgan disksimon maxovik tinch holatda turibdi. Maxovikni ν = 10 ayl/s chastota bilan aylantirish uchun qanday ish bajarish kerak?
257. Massasi 10 g va tezligi 800 m/s bo‘lgan o‘q o‘z o‘qi atrofida ν = 3000ayl/s chastota bilan aylanib uchib bormoqda. O‘qni diametri 8 mm bo‘lgan silindr deb hisoblab, uning to‘la kinetik energiyasi topilsin.
258. Maxovik 20 N⋅m kuch momenti ta’sirida tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat qila boshladi. O‘ninchi sekundning oxirida W = 500 J kinetik energiyaga ega bo‘ldi. Maxovikning inertsiya momenti nimaga teng?
259. Massasi 1000 kg, radiusi 1 m disksimon stabillashtiruvchi giroskopni 1minoraliqda burchakli tezligi 30 s-1bo‘lsa, uni harakatga keltiruvchi motoring quvvati qanday bo‘lishi kerak? Havoning qarshiligi va ishqalanish hisobga olinmasin.
260. Massasi 1 kg, diametri 60 cm disk (disk yuzasiga perpenendikular va markazdan o‘tuvchi) o‘q atrofida 20 ayl/s chastota bilan aylanmoqda. Diskni to‘xtatish uchun qanday ish bajarish kerak?
261. Massasi 5 kgva radiusi 5 cm disk ν = 10 ayl/min chastota bilan aylanma harakat qilib turganda, qo‘zgalmas turgan massasi 10 kg, lekin radiusi yuqoridagidek bo‘lgan diskka tekkizilgan. Agarda ular tekkizilganda sirpanish yo‘q bo‘lsa, disklarni qizdirish uchun sarf bo‘ladigan energiya qismi topilsin.
262. G‘ildirak o‘zgarmas ε = 0.5 rad/s2burchakli tezlanish bilan aylanmoqda. Harakat boshlangandan 15 s vaqt o‘tgach 73.5 kg·m2/s impuls momentiga ega bo‘lgan. Harakat boshlangandan keyin 20 so‘tgach uning kinetik energiyasi qanday bo‘ladi?