1. Amaliy statistik usuli. Hisoblash-analitik usuli


Tanavorni oraliq qо’yimlarini va oxirgi о’lchamlarini aniqlash



Download 226,46 Kb.
bet3/5
Sana21.01.2022
Hajmi226,46 Kb.
#398274
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza-12. Mexanik ishlov berish uchun qo’shimlarni (pripusklarni) aniqlash usullari

3.Tanavorni oraliq qо’yimlarini va oxirgi о’lchamlarini aniqlash

Oraliq qо’yimlarni hisoblash asosida tanavorning hamma texnologik о’tuvlari yoki oraliq amallari bо’yicha tayyor detaldan boshlab, to dastlabki tanavorsigacha, tanavorning chegaraviy о’lchamlari aniqlanadi.

Dastlabki sozlangan stanokda bir о’tuvli ishlov berishda, kesish kuchi ta’siridan texnologik sistema еlementlarining еlastik deformasiyalanishi natijasida nusxalanish hodisasi sodir bо’ladi.

12.3-rasm. Sozlangan stanokda ishlov berishda, oraliq minimal va maksimal qatlamlarni aniqlash sxemasi


Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi, ya’ni tanavorni еng kichik chegaraviy о’lchami a.min ga ishlov berganda (13.3-rasm), ushlanuvchi о’lcham vmin ham shuningdek еng kichik bо’lib chiqadi, tanavorni еng katta о’lchami amax ga ishlov berganda ushlanuvchi о’lcham v.max ham еng katta bо’lib tayyorlanadi.

Bu sharoitda oraliq minimal qо’yimning oldinroq olingan qiymati quyidagi ayrima kabi aniqlanadi,

Zimin = a.min - v.min. (12.7)

Еng katta yoki maksimal qо’yim

Zimax = a.max - v.max , (12.8)

Sxemadagilarni hisobga olib, ya’ni a.max = a.min+Tz va vmax=v.min+Td lardan quyidagilarni olamiz

Zimax = a.min +Tz -Td - v.min yoki

Zimax = Zimin+Tz -Td, (12.9)

bu yerda: Tz - tanavor о’lchamining dopuski;

Td - bajariluvchi detal о’lchamining dopuski.

12.4,a-rasmda misol sifatida tanavorni oraliq va oxirgi о’lchamlari uchun oraliq qо’yimlar va dopusklar joylashish sxemasi kо’rsatilgan, qaysiki tashqi silindrik yuzaga qora, toza va yupqa yо’nish marshruti bо’yicha ishlov beriladi. Sxemani tuzishda, birinchi bо’lib chizmada berilgan tayyor detal d3min va d3max chegaraviy о’lchamlari, ya’ni yupqa ishlovdan hosil bо’lgan о’lchamlari belgilanadi.

Tayyor detalning еng kichik о’lchamiga yupqa yо’nish amalsi uchun Z3min-minimal qо’yimni belgilaymiz va toza ishlov berilgandan keyingi tanavorni minimal о’lchami d2min ni belgilaymiz.



a) b)


12.4 -rasm. Sozlangan stanoklarda ishlashda texnologik o’tuvlar bo’yicha zagatovkani oraliq qatlamlari maydonlarining va chegaraviy o/lchamlarining sxemalari

Tanavorni qora yо’nishdan keyingi еng kichik о’lchami d1min ni belgilash uchun d2min о’lchamga, toza yо’nish uchun hisoblangan Z2min-minimal qо’yimni qо’shimcha qilib belgilaymiz.

Oxirgi tanavorning еng kichik chegaraviy о’lchami Dmin ni chiqarish uchun, d1min о’lchamga qora yо’nish uchun hisoblangan minimal qо’yim Zimin ni qо’shimcha qilgandan keyin hosil bо’ladi.

Texnologik о’tuvlar bо’yicha tanavorni еng katta chegaraviy о’lchamlari d2max, d1max va oxirgi Dmax lar tegishli minimal chegaraviy о’lchamlariga texnlogik dopusklar T2, T1 va T larni qо’shimcha qilishdan olinadi.

Кeltirilgan sxemadan, ishlov berish uchun umumiy minimal qо’yim Zumin ni aniqlash oson, qaysiki barcha texnologik о’tuvlar bо’yicha oraliq minimal qо’yimlarni qо’shishdan olinadi va umumiy maksimal qо’yim Zumax ham, shuningdek barcha oraliq maksimal qо’yimlarni qо’shishdan xosil bо’ladi. Sxemadan kо’rinib turibdiki, ya’ni oraliq maksimal qо’yim qaysi bir о’tuvni bajarish uchun bо’lmasin tanavorni oldingi о’tuv va bajariluvchi о’tuvdagi еng katta о’lchamlarining ayirmasiga teng.

Qо’yimlar va dopusklar maydonlarini joylashishini kо’rib chiqilgan sxemalari shunday ishlov berish sharoitlariga tegishliki, qachonki ishlov berish sozlangan stanoklarda bajarilib, oraliq qо’yimlar bitta о’tuvda olib tashlanuvchi holat uchun xarakterlidir. Boshqa sharoitlar uchun boshqacha xulosalar chiqarish mumkin.

Texnologik о’tuvlar bо’yicha ishlov berish va chegaraviy о’lchamlar uchun oraliq qо’shimlarni hisoblash tartibi quyidagicha:

Tashqi va ichki yuzalar uchun (Izoh-belgisiz raqamlar ikkala holat uchun, *-shu belgi qо’yilgan raqam faqat ichki yuzalar uchun).

1. Ishlanuvchi tanavor uchun о’rnatuv bazalar va ishlov berish texnologik marshruti belgilansin.

2. hisoblash qartaga, ishlanuvchi еlementar yuzalar va har bir еlementar yuzalar bо’yicha ishlov berish tartibi yozilsin.

3. Ri-1, hi-1, Pi-1, εi, qiymatlari yozilsin.

4. Hamma texnologik о’tuvlar bо’yicha ishlov berish uchun Zimin qо’yimlarni hisoblash miqdorlari aniqlansin.

5. Oxirgi о’tuv uchun «hisoblanuvchi о’lcham» grafasiga, chizma bо’yicha detalni еng kichik chegaraviy о’lchami yozilsin.

5*.-Oxirgi о’tuv uchun «hisoblanuvchi о’lcham» grafasiga, chizma bо’yicha detalni еng katta chegaraviy о’lchami yozilsin.

6. Oxiridan avvalgi, о’tuv uchun, hisoblanuvchi Zimin qо’yim chizma bо’yicha еng kichik chegaraviy о’lchamga qо’shish yо’li bilan hisoblash о’lchami aniqlansin.

6*-Oxirgidan avvalgi,о’tuv uchun,hisoblanuvchi Zimin qо’yim chizma bо’yicha еng katta chegaraviy о’lchamidan ayrish yо’li bilan hisoblash о’lchami aniqlansin.

7. Har bir avvalgi о’tuv uchun hisoblanuvchi о’lchamga qо’shish yо’li bilan undan keyin keluvchi oraliq о’tuvini hisoblash Zimin qо’yimni hisoblash о’lchamlari ketma-ket aniqlansin.

7*-Har bir avvalgi о’tuv uchun hisoblanuvchi о’lchamdan ayirish yо’li bilan undan keyin keluvchi aralash о’tuvni hisoblash Zimin qо’yimni hisoblash о’lchamlari ketma-ket aniqlansin.

8.Hamma texnologik о’tuvlar bо’yicha kichik chegaraviy о’lchamlari yozilsin, hisoblash о’lchamlarini oshirish yо’li bilan ularni yaxlitlab, har bir о’tuv uchun о’lcham dopuski qanday berilgan bо’lsa, о’nli kasirini о’sha qiymatgacha yaxlitlansin.

8*-Hamma texnologik о’tuvlar bо’yicha katta chegaraviy о’lchamlar yozilsin, hisoblash о’lchamlarini kamaytirish yо’li bilan ularni yaxlitlab, Har bir о’tuv uchun о’lcham dopuski qanday berilgan bо’lsa. O’nli kasrni о’sha qiymatigacha yaxlitlansin.

9.YAxlitlangan kichik chegaraviy о’lchamga dopuskni qо’shish yо’li bilan katta chegaraviy о’lchamlar aniqlansin.

9*-Yaxlitlangan katta chegaraviy о’lchamdan dopuskni ayirish yо’li bilan kichik chegaraviy о’lchamlar aniqlansin.

10. Qо’yimlarning chegaraviy qiymatlari Zimax еng katta chegaraviy о’lchamlarning ayirmasi kabi va Zimin avvalgi va bajariluvchi о’tuvlarning еng kichik chegaraviy о’lchamlarini ayirmasi kabi yozilsin.

10*-Qо’yimlarni chegaraviy qiymatlari Zimax еng kichik chegaraviy о’lchamlarini ayirmasi kabi va Zimin bajariluvchi va avvalgi о’tuvlar еng katta chegaraviy о’lchamlarini ayirmasi kabi yozilsin.

11. Oralik qо’yimlarni qо’shib, Zomax va Zomin umumiy qо’yimlar aniqlansin.

12. Qо’yimlar Zimax – Zimin va dopusklar Ta – Tv ayirmalarini taqqoslash yо’li bilan olib borilgan hisoblashlar tо’g’riligi tekshirilsin, bu erda oraliq qо’yimlarning ayirmasi oraliq о’lchamlar dopusklarining ayirmasiga teng bо’lishi kerak, umumiy qо’yimlarning ayirmasi tanavor va tayyor detal о’lchamlari dopusklarining ayirmasiga teng bо’ladi.

Izox: Hisoblashlarda tashqi yuzalarni alohida va ichki yuzalarni alohida guruhlashtirish maqsadga muvofiqdir.


Download 226,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish