Mathcad interfeysini tashkil etuvchi elementlar:
-menyu satri
-uskunalar panellari Standard (standart), Formatting (formatlash), Resources (resurslar) va Controls (boshqarish elementlari)
-Math uskunalar paneli va uning yordamida ishga tushishi mumkin bo`lgan qisqacha matematik uskunalar paneli
-ishchi soha
-holatlar satri
-kontekst menyu
-muloqot oynalari
-Marhcadning qisqacha ma’lumotlari va ichki namunalaridan iborat resurslar oynasi
Ko`plab buyruqlarni menyu yordamida ham, uskunalar paneli yordamida ham bajarish mumkin.
Uskunalar paneli tez-tez ishlatiladi, buyruqlarni bajarisahni tezlashtiradi.
Asosiy panellarga quyidagilar kiradi:
Standard –fayllar ustida boshqarish, tahrirlash, ob’yektlarni qo`yish, ma’lumotnomadan foydalanish kabi ko`plab amallarni bajaradi
Formatting –matnlar va formulalarni formatlaydi
Math –matematik belgilar va operatorlarni qo`yadi
Resources –Mathcad resurslarini tez chaqirish (namunalar, darsliklar, elektron kitoblar va h.k)
Controls –hujjatlarga foydalanuvchi interfeysidagi standart boshqarish elementlarini qo`yish (tekshirish bayroqlari, kiritish maydonlari)
Math paneli yordamida ekranga yana 9 ta panelni chiqarish mumkin
Ulardan birini chaqirish uchun Math panelidan mos tugmani bosish yetarli.
Matematik panellarning vazifalari:
Calculator(kalkulyator) –asosiy matematik amallarni qo`yish uchun hizmat qiladi. Oddiy kalkulyator tugmalari kabi joylashgani uchun shunday nomlangan.
Graph(grafik) –grafiklar joylashtirish.
Matrix(matritsa) –matritsa va matritsa uchun operatorlarni qo`yish.
Evaluation(ifoda) –boshqarish va hisoblash operatorlarini qo`yish.
Calculus(hisoblash) –integrallash va differensiallash, qo`shish operatorlarini qo`yish.
Boolean(bul operatorlari) –mantiqiy operatorlarni qo`yish.
Programming(programmalash) –Mathcad vositalari bilan programmalash.
Greek(grek simvollari) –grek simvollarini qo`yish.
Symbolic(simvolika) –simvolli operatorlarni qo`yish.
Matematik panelning ko`plab tugmalariga sichqoncha ko`rsatkichi keltirilganda suzib chiquvchi yordam paydo bo`ladi, unda qaynoq tugmalar ham ko`rsatiladi. Istalgan panelni Вид (View) menyusining Toolbars (uskunalar paneli) punkti yordamida chaqirish yoki yashirish mumkin.
4. Formula bo`yicha sodda hisoblashlarni bajarish uchun quyidagini amalga oshirining:
1.ifoda yoziladigan joyni aniqlang va shu joyga sichqonchani bosing.
2.ifodaning chap qismini kiriting.
3.= belgisini yoki belgili tenglik > belgisini kiriting.
1-holda ifodaning sonli qiymati, 2-holda analitik qiymati (agar mumkin bo`lsa) hisoblanadi. Masalan, arccos(0) ni hisoblash uchun klaviaturadan arccos(o)= yoki arccos(o)> yozuvini kiritish yetarli, o`ng tomonda natija paydo bo`ladi. arccos(o)=1.571 arccos(o)>pi/2
hisoblashlar o`sha zahoti amalga oshiriladi. Murakkab va uzun hisoblarda uni Esc tugmasi orqali to`xtatib turgan foydali, kerak bo`lganda esa F9 orqali hisoblashni bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |