1-amaliy mashg’uot
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning klassifikatsiyasi
Tabiiy resurslar-tabiat elementlari bo’lib,ijtimoiy ishlab chiqarishning xozirgi rivojlanish darajasida jamiyat extiyojlarini kondirishda foydalanilaѐtgan (yoki foydalanishi mumkin bo’lgan) tabiiy sharoitlar majmuasining bir qismi , tabiiy muxitning muxim komponentlari xisoblanadi.
Tabiiy resurslar tabiatdan foydalanishning bosh ob’yekti xisoblanadi va ulardan foydalanishga va qayta ishlash jarayonlariga jalb etiladi. Tabiiy resurslardan foydalanish bilan birt qatorda ularni muxofaza qilish va saqlashga (tabiatni muxofaza qilish muammolarining xal etilishi) yunaltirilgan faoliyat yonma-yon ro’y beradi.
Tabiiy resurslarni paydo bo’lishining tabiiy jarayon ekanligini va ulkan iqtisodiy axamiyatini xisobga olib,quyidagicha klassifikatsiya ishlab chiqilgan : 1.Tabiiy (genetik) klassifikatsiya –tabiiy resurslarning tabiiy guruxlarga kura klassifikatsiyasi :mineral ( foydali kazilmalar),suv ,yer (shu jumladan tuprok),o’simlik (shu jumladan o’rmon),hayvonot dunyosi,iqlim resurslari , tabiiy jarayonlar energiyasi resurslari ( quyoshning nur sochishi va issikligi ,yerning ichki energiyasi ,shamol energiyasi va boshkalar). O’simlik va hayvonot dunyosini biologik resurslar xam deb yuritiladi. 2.Tabiiy resurslarning ekologik klassifikatsiyasi-ularning tugashi va tugamasligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi.
Tugamaydigan tabiiy resurslar –xozir va yaqin kelajakda inson tomonidan o’zlashtirish natijasida tugamaydigan resurslar (quyosh energiyasi ,yerning ichki energiyasi ,suv va xavo energiyasi )
Tugaydigan tiklanmaydigan tabiiy resurslar-uzluksiz ishlatilishi natijasida zaxiralari iqtisodiy maqsadlarga qo’llab bo’lmaydigan va keyin tiklanmay qoladigan resurslardir. Mineral resurslar ana shunday resurslar jumlasiga kiradi. Tugaydigan tiklanadigan tabiiy resurslar- tiklanish xususiyatiga ega bo’lgan resurslardir. Masalan, suv, o’simlik va hayvonot resurslari shular jumlasiga kiradi. Bu guruxga uta sekinlik bilan tiklanadigan resurslar (yerning xosildorligi va unumdorligi, yuqori sifatli yog’och beruvchi o’rmon resurslari) xam kiradi.
Tabiiy resurslar xo’jalikda foydalanish imkoniyatlariga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi: Foydalanishning texnik imkoniyatlariga qarab tabiiy resurslar:
Real-ishlab chiqarish kuchlarining xozirgi rivojlanish darajasida foydalanilaѐtgan tabiiy resurslar.
Potensial-ilmiy tadqiqot va kuzatish ishlari asosida aniqlangan , jamiyatning texnik rivojlanish darajasi xozirgi kunda ulardan foydalanish imkoniyatini beradigan va shu bilan birga vaktincha ulardan foydalanish imkonini bermaydigan resurslar xam kiradi.
Resurslarning almashtirishi iqtisodiy jixatdan maqsadga muvokligiga kura mukobili mavjud va mukobili mavjud emas turlarga bo’linadi. Mukobili mavjud tabiiy resurslarga yokilgi- energetika resurslarining boshka turlari bilan almashtirlishi mumkin.
Mukobil mavjud tabiiy resurslarga yokilgi- energetika resurslari kiradi .U yokilgi resurslarining boshka turlari bilan almashtirish mumkin.
Mukobili yuk tabiiy resurslarga atmosfera xavosi chuchuk suvlar kiradi
Tabiiy Tabaian foydalanish asoslarida ularning ana shu xususiyatlariga e’tibor berish lozim. Tabiiy resurslarga iqtisodiy baxo berishda va ularning iqtisodiy axamiyatini baxolashda ,ulardan xujalikda foydalanish turi va yunalishiga qarab klassifikasiyalashtiriladi .Bu klassifikasiyalashning mezoni sifatida resurslarning moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy soxalarga ya’ni tovar ishlab chiqarish va xizmat kursatish soxalarga mansubligiga qarab bo’linadi. Bu belgiga kura tabiiy resurslar sanoat va kishlok xujaligi ishlab chiqarishi resurslariga bo’linadi .
Sanoat ishlab chiqarishi resurslariga sanoatda foydalaniladigan barcha tabiiy resurslar kiradi.Lekin shu yerda ta’kidlab utish kerakki,sanoat ishlab chiqarishning juda kup tarmokli ekanligi sababli tabiiy resurslar kup turlarga bo’linadi .
1. Energetik tabiiy resurslarga energiya ishlab chiqarishda
ishlatiladigan tabiiy xom- ashѐning bacha turlarini kiritish mumkin Bularga :
-Yonuvchi tabiiy kazilmalar (neft,gaz,kumir va boshkalar );
-Gidroenergiya resurslari (darѐ suvi energiyasi va boshkalar );
-Bioenergiya manbaalari (ѐgoch,kishlok xujaligida olinadigan biogaz va
boshkalar ); -Yadro energiyasi manbalari (uran va boshka radiaktiv elementlar)
2 Noenergetik resurslar sanoatning turli tarmoklariga xom-ashѐ beruvchi va ishlab chiqarishning texnik xususiyatlariga qarab unda ishtirok etuvchi resurslar :
-Rudali va ruda bulmagan tabiiy resurslar (kaustobiolitlar guruxi)
-Sanoat ishlab chiqarishida kullaniladigan suv resurslari; -Sanoat ob’yektlari va infrasturukturalar tagidagi yerlar ;
-Sanoat axamiyatiga ega o’rmon resurslari ;
-Sanoat axamiyatiga ega biologik resurslar ;
Kishlok xujaligi ishlab chiqarish resurslariga kishlok xujalik maxsulotlarini ishlab chiqarishda ishtirok etadigan tabiiy resurslar kiradi.Bular quyidagilar :
*Agroiqlim resurslari-madaniy o’simliklarning rivojlanishi va chorvani ozuka bilan ta’minlashda zarur buladigan issiklik va namlik resurslari .
*Tuprok- yer resurslari-biomassa ishlab chiqarish xususiyatiga ega yer va tuprokning ustki katlami. *O’simlik biologik resurslari-ozuka resurslari ;
*Suv resurslari –sugorishda ishlatiladigan suv.
Nomoddiy (xizmat kursatish )soxasi resurslariga (bevosita va bilvosita noishlab chiqarish extiyojlari uchun zarur )tabiiy muxitdan olinadigan resurslar va shu bilan birga rekreatsion (dam olish,istiroxat ) xujalik,kurikxona xududlari va boshkalar kiradi.
Tabiiy resurslarni tabiiy va iqtisodiy jixatdan klassifikatsiyalash ulardan turli maqsadlarda foydalanish yoki ularning mukobillarini topish imkonini beradi Tabiatdan oqilona foydalanish va ulaning ayrim turlarini saqlash yullarini kursatadi.
Tabiiy resurslardan foydalanish turlarining uzaro aloqadorligiga qarab tabiiy resurslar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
*Bir maqsad yulida ishlatiladigan tabiiy resurslar ;
-Kup maqsadli tabiiy resurslar .Bularga:suv va yer resurslari kiradi .Tabiiy resurslarning boshka guruxlarini xam ajratib kursatishmumkin .Bunga xujvalikdagi axamiyati va zaxiralarining katta kichiqligiga qarab tabiiy resurslarning quyidagi shartli guruxlari kiradi:.
*Uta yirik (davlat axamiyatiga ega);
*Yirik(tumanlararo va mintikaviy axamiyatga ega );
*Uncha katta bulmagan (maxalliy axamiyatga ega )
Yukoridagilar bilan birgalikda tabiiy resurslarning tabiiy xususiyatlarini va xujalikdagi axamiyatini xisobga olgan xususiy klassifikatsiyalari xam ishlab chiqilgan.Ularga misol sifatida meliorativ klassifikatsiyani ,darѐlarning okimini tartiblash darajasiga kura guruxlari va boshka klassifikatsiyalarni keltirish mumkin.
Sanoatda foydalanish yunalishlarini uzida aks ettiruvchi geologik-iqtisodiy klassifikatsiya xam keng kullaniladi. Bular :
*Yoqilgi-energetika xom-ashѐsi (neft’,gaz,ko’mir,uran va boshkalar);
*Qora,legirlovchi va qiyin eriydigan metallar (temir rudalari ,marganets,xrom,kobalьt,volьfram va boshkalar ) *Noѐb metallar (oltin,kumush va platinoidlar)
*Ximiyaviy va agronomik xom- ashyo (kaliy tuzlari,fosforitlar,appatitlar va boshqalar )
*Texnik xom-ashyo (olmos,asbest,grafit va boshqalar ).
Ichki bozor resurslari .Ular keng tarkalganligi bilan tavsiflanadi.(Mineral kurilish xom ashѐlari )
Yukoridagilardan kurinib turibdiki,tabiiy resurslarni klassifikatsiyalashdan foydalanish ularning turli guruxlari , genetik tavsifi,xujalikda foydalanish imkoniyatlari ,urganilganlik darajasi va ulardan oqilona foydalanish va saqlash yullarini topish imkonini beradi. Masalan , ishlab chiqarish jarayoniga tiklanmaydigan resurslarni jalb etishda ulardin oqilona foydalanish ,tulik va majmuali qayta ishlashga e’tiborni karatish kerak buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |