1-amaliy mashgʻulot



Download 380,95 Kb.
bet3/7
Sana08.06.2022
Hajmi380,95 Kb.
#643889
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 amaliy mashg'ulot Akkreditlash va muvofiqlikni baholash

II bob. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni va sinov protokollarini e’tirof etish tartibi
8. Muvofiqlik sertifikatlarini va muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni e’tirof etish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
9. Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni e’tirof etish qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq muvofiqlikni baholash ularning muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar turlariga nisbatan amalga oshiriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini e’tirof etish uchun ariza beruvchi (jismoniy yoki yuridik shaxs — import qiluvchi, ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi yoxud ularning vakili) tomonidan ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi.
11. Muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’tirof etish uchun buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:
E’tirof etilayotgan hujjatning asl nusxasi yoki uning tasdiqlangan nusxasi (sertifikatning nusxasi sertifikatning asl nusxasini saqlovchining, ishlab chiqaruvchining rasmiy vakilining yoki sertifikatni bergan organning muhri bilan tasdiqlanishi mumkin);
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi mahsulotga normativ hujjatning nusxasi (agar normativ hujjat xalqaro va/yoki davlatlararo standartlar toifasiga kirmasa yoki normativ hujjatlarning davlat fondida mavjud bo‘lmasa);
vakolatli organ tomonidan berilgan o‘lchov vositalarining turini tasdiqlash sertifikatining nusxasi, o‘lchov vositalari turining tavsifi bilan birgalikda (sertifikatlashtirilgan mahsulot o‘lchov vositasi hisoblanganda yoki sertifikatlashtirilgan mahsulot tarkibida o‘lchov vositalari mavjud bo‘lganda);
O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan normativ hujjatda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya talablari yoki sertifikatda yoxud deklaratsiyada ko‘rsatilgan mahsulotga nisbatan talablar mavjud bo‘lganda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalarining yoki ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (e’tirof etilayotgan hujjatda ekspertizalarning ushbu turlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmaganda);
Tovarga ilova qilinadigan hujjatning nusxasi, unda tovarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelishi to‘g‘risidagi belgi qo‘yiladi (transport yuk xati, invoys, schyot-faktura).
12. Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’tirof etish uchun buyurtmanomaga ishlab chiqaruvchi tashkilotda barqaror sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarning mavjudligini tasdiqlaydigan quyidagi hujjatlar qo‘shimcha ravishda ilova qilinadi:
sinovlarni o‘tkazishning davriyligiga rioya etishning tasdiqnomasi bilan birgalikda zavodda yoki akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida mahsulotni sinashning oxirgi protokollari nusxasi;
xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlarni sinash protokollari;
mahsulot ishlab chiqaruvchining sifat menejmenti tizimiga sertifikat.
13. Sertifikatlashtirish organi 2 ish kun mobaynida, tez buziladigan mahsulotlar uchun — 1 ish kuni mobaynida buyurtmanomani ko‘rib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini va ularni to‘ldirishning to‘g‘riligini tahlil qiladi, shuningdek mahsulotning tovarga qo‘shib yuborilgan hujjatlarining spetsifikatsiyasi va markirovkasining muvofiqligini tasdiqlash uchun yetarli bo‘lgan belgilari, parametrlari, ko‘rsatkichlari bo‘yicha mahsulotni identifikatsiyalashni amalga oshiradi.
14. E’tirof etilayotgan hujjatda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertizani o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha ravishda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya sinovlarini va ekologik ekspertizalarni o‘tkazish talab qilinmaydi.
15. Taqdim etiladigan hujjatlar tahlilining natijalarini hisobga olgan holda muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’tirof etishni amalga oshirishda sertifikatlashtirish organi qo‘shimcha sinovlar o‘tkazishning zarurligini belgilashi mumkin, agar muvofiqligiga e’tirof etilayotgan hujjat berilgan normativ hujjat talablari O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan xuddi shunday talablarga to‘liq hajmda muvofiq bo‘lmasa.
16. Hujjatlarni tahlil qilish va mahsulotni identifikatsiyalash natijalari bo‘yicha sertifikatlashtirish organi 1 ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’tirof etish, qo‘shimcha sinovlar o‘tkazishning zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki e’tirof etishni rad etishning rasman asoslangan hujjatini beradi.
17. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’tirof etish uni O‘zbekiston Respublikasining muvofiqlik sertifikati yuzasidan qayta rasmiylashtirish va sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning davlat reyestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
18. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatining, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilish muddati va keng ko‘lamda ishlab chiqarishga rasmiylashtirilgan hujjatning muddati o‘tgan bo‘lsa, mahsulot esa uning amal qilish davrida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, u holda ushbu sertifikat e’tirof etish uchun taqdim etilishi mumkin.
19. Xorijiy mamlakatlarning akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida bajarilgan sinovlar natijalari to‘g‘risidagi protokollar yoki shunga o‘xshash hujjatlar e’tirof etiladi.
20. Sinov protokollarini e’tirof etish mahsulotlarni sertifikatlashtirish yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini o‘tkazishda sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
21. Sinov protokollari ariza beruvchida ushbu hujjatlarning asl nusxalari yoki ularning xorijiy sinovlarni o‘tkazgan xorijiy sinov laboratoriyasining yoki saqlovchisi hisoblanadigan tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadigan nusxalari mavjud bo‘lgan taqdirda e’tirof etiladi.
22. Sinov protokollarini e’tirof etishda protokolda keltirilgan sinovlar talablari va natijalarining O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tahlil qilinadi.
23. Tahlil natijalari bo‘yicha sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirishda yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishda sinovlar protokolini hisobga oladi yoxud 1 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga protokolni e’tirof etishni rad etishning asoslangan sabablari ko‘rsatilgan hujjatni yuboradi.
24. Muvofiqlik sertifikatini, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani va sinovlar protokolini e’tirof etish maqsadida taqdim etiladigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bo‘lishi kerak. Agar ular boshqa tillarda bayon qilingan bo‘lsa, u holda hujjatlarga ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradigan aynan o‘xshash tarjima ilova qilinadi.

Download 380,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish