Excelda formulalar satri deb atalgan maxsus satr mavjud bo‘lib, bu satrda ketma-ket
quyidagi obyektlar joylashgan:
yacheyka uchun “Имя” nomli nom maydoni
;
kiritilayotgan
formulani bekor qilish uchun “Отмена” tugmasi
;
formula kiritishni tasdiqlovchi “Ввод”
tugmasi
;
formula uchun zarur bo‘lgan funksiyani qo‘yish uchun “Вставить функцию” nomli
tugma
hamda
formula satrining
o‘zi.
Bunda nomlar maydonida jadval ko‘rsatkichi joylashgan yacheykaning adresi yoki nomi
ifodalanadi. Bu yerda adres deganda shu yacheykaning ustun va satr nomlari orqali ifodalanishi
tushiniladi. Nom deganda foydalanuvchi tomonidan biror yacheyka
yoki yacheykalar guruhiga,
adresni ifodalamaydigan ixtiyoriy nom qo‘yilishiga aytiladi. Ayrim masalalarni hal qilishda
yacheyka yoki yacheykalar guruhining adresi bilan ishlash noqulay bo‘lib qoladi va shuning
uchun ularni tushunarli bo‘lishini ta’minlash maqsadida nomlar orqali ifodalaydilar. Adres
o‘rniga nom qo‘yish uchun biror yacheyka yoki
yacheykalar guruhi ajratilgach, nomlar
maydonidagi adres sichqoncha yordamida tanlanadi va Exceldagi adreslardan farqli nom teriladi,
so‘ngra Enter klavishasi bosiladi.
Formulalar maydonida yacheykadagi ma’lumot yoki formula ifodalanadi. Yacheykada
esa odatda formula yordamida bajarilgan hisob natijasi ifodalanadi. Yacheyka ichidagi ma’lumot
yoki formulalarga bu maydonda o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
Har bir yacheykaka son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Ularning
kiritilishi tartibi bilan tanishib chiqamiz.
Son
– ishorali yoki ishorasiz butun hamda haqiqiy sonlar. Haqiqiy sonlar o‘nli kasr
ko‘rinishida kiritilib butun va kasr qismlari orasiga “,” (vergul) belgisi qo‘yiladi. Ba’zan haqiqiy
sonlar juda katta yoki juda kichik, ya’ni nolga yaqin bo‘lishi mumkin, bunday hollarda ular
eksponensial ko‘rinishda tasvirlanadi. Masalan:
Butun sonlar: 0; 1266; 2008; +129
Haqiqiy sonlar: –0,09; 1,205; +255,1;
Eksponensial ko‘rinishdagi sonlar: 1,00E+09 (aslida 1 000 000 000); 1,20E-07 (aslida
0,00000012).
Har qanday son yacheykaka to‘g‘ri kiritilsa yoki yacheykada biron hisoblash natijasi
ifodalansa, u yacheykaning o‘ng chetiga surilib qoladi.
Formula
– “=” belgisi bilan boshlanadigan har qanday ma’lum
qoida asosida yozilgan
ifoda. Masalan, A1 yacheykasiga “=S4” ifoda kiritilgan bo‘lsa, demak, S4 yacheykasidagi
ma’lumot A1 yacheykasida ham ifodalanishini bildiradi.
Matn
– son va formuladan farqli bo‘lgan ixtiyoriy belgilar ketma-ketligidan iborat
ma’lumot. Bunday ma’lumot kiritilganda, ular yacheykaning
chap chegarasiga taqalib
ifodalanadi. Ayrim hollarda sonlarni ham matn sifatida tasvirlash kerak bo‘lib qoladi. Buning
uchun sonni kiritishni apostrof belgisi bilan boshlash kerak.
Odatda yacheykaka kiritilayotgan matn faqat bitta satr ko‘rinishida kiritiladi. Bu esa
masalan, uzun ma’lumotlar kiritishda, jadval sahifasida ma’lumotlarning
noqulay joylashuviga
sabab bo‘ladi. Shuning uchun bitta yacheykaka bir necha satrli yozuvlar kiritish uchun
Alt + Enter klavishlar kombinatsiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Excelni ishga tushirganda odatda ish sahifasining A1 yacheykasida jadval ko‘rsatkichi
(табличный курсор) deb atalgan qalinroq ramkaga olingan to‘rtburchak shaklidagi element
paydo bo‘ladi. Uning vazifasi ma’lumot kiritiladigan va tahrirlanadigan joriy yacheykani ajratib
turishdan iborat.
Odatda Excelda ma’lumotlarning adreslari nisbiy bo‘lib, ular ishtirokida yaratilgan
formulalar vertikal yoki gorizontal siljitilganda adreslari ham parallel ravishda ko‘chadi, ya’ni
yangi adreslar ustida ham shu formula ta’sirida hisoblashlar bajariladi.
Ba’zan
maqsadga erishish uchun, formulani siljitganda ham ayrim qiymatlarni
siljitmaslikka to‘g‘ri keladi. Buning uchun siljimasligi kerak bo‘lgan yacheyka adresini absolyut
adresli qilib qo‘yish kerak.
Absolyut adresbelgisi sifatida “$” belgi qabul qilingan. Agar ustun siljimas qilinishi
kerak bo‘lsa, u holda ustun nomi oldiga $ belgisi qo‘yiladi, masalan: $S9, $AV2008. Agar satr
siljimas qilinishi kerak bo‘lsa, u holda satr raqami oldiga $ belgisi qo‘yiladi, masalan: D$15,
AC$105. Agar yacheyka siljimas qilinishi kerak bo‘lsa, u holda ham ustun nomi oldiga, ham satr
raqami oldiga $ belgisi qo‘yiladi, masalan: $F$22, $A$10. Buning boshqa bir usuli – shu
yacheyka adresini nom bilan almashtirib qo‘yish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: