Axborotlarning tuzilishi, turlari, shakllari va turkumlanishi. Inson hayotini axborotsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Axborotning esa hayotda har xil ko‘rinishlari va turlari bor. Ma’lumki, har bir inson moddiy ne’matlar bilan birga ular haqidagi axborotlarni ham bilishi zarur. Inson o‘zining qo‘li orqali jismning qattiq va yumshoqligini, tili orqali ovqat ta’mini, burni orqali har xil hidlarni sezadi, quloqlari orqali har xil tovushlarni eshitadi, ko‘zi orqali turli shakllar, manzaralar va ranglarni ko‘radi, umumiy qilib aytganda, sezgi a’zolari orqali turli axborotlarni oladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, axborotni hayotdan har xil ko‘rinishlarda olish mumkin ekan. Masalan:
rasm, chizma, yozuv va fotosurat ko‘rinishida;
nur yoki tovush signallari ko‘rinishida;
radioto‘lqinlar ko‘rinishida;
elektr va nerv impulslari ko‘rinishida;
magnit yozuvlari ko‘rinishida;
mimika ko‘rinishida;
hid va ta’m sezgisi korinishida;
xromosomalar ko‘rinishida va hk.
Informatikada narsalar, jarayonlar, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi.
Axborot ko‘rinishlardan tashqari shaklan turlarga ham ajratiladi: uzluksiz va uzlukli. Uzluksiz axborotlar analog axborotlar deb ham ataladi. Analog axborotlarga ob-havo holati yoki vaqtni misol keltirish mumkin. Ammo shunday jarayonlar ham borki, ular to‘g‘risida hamma vaqt ham axborot ololmaymiz. Masalan, faqat soat va minutlarni ko‘rsatadigan soat yordamida sekundlarni bilib bo‘lmaydi. U uzuq shaklda faqat soat va minutlarni ko‘rsatadi, xolos. Inson hayoti uzluksiz axborotga misol bo‘lsa, uning yurak urishi, nafas olishi uzlukli axborotga misol bo‘ladi.
|
|
|
Analog axborot
|
|
Diskret axborot
|
Uzlukli axborotlar fanda diskret yoki raqamli axborot deb yuritiladi. Amaliy jihatdan zamonaviy kompyuterlarning deyarli barchasu aynan raqamli axborotlar bilan ish ko‘radi. Shu bois kompyuterda ifodalanadigan ma’lumotlar 0 hamda 1 lardan iborat butun sonlar ko‘rinishida bo‘ladi.
Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi. Axborotlar ustida bajariladigan amallarga quyidagilar kiradi:
1) hosil qilish;
|
6) qabul qilish;
|
11) eslab qolish;
|
16) formallashtirish;
|
2) to‘plash;
|
7) o‘lchash;
|
12) tarqatish;
|
17) kodlash;
|
3) izlash;
|
8) qayta ishlash;
|
13) bo‘laklash;
|
18) buzish;
|
4) saqlash;
|
9) nusxalash;
|
14) soddalashtirish;
|
19) ishlatish;
|
5) uzatish;
|
10) his etish;
|
15) birlashtirish;
|
20) boshqa ko‘rinishga o‘tkazish.
|
To‘plangan axborotlardan kerak bo‘lganda foydalanish uchun ularni saqlab qo‘yish kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnit tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb yuritiladi.
Axborotlarni qayta ishlash deganda, bir axborotdan biror-bir amal bajarib boshqa axborotni hosil qilish tushuniladi. Axborotni qayta ishlash axborotlarni ko‘paytirish va ko‘rinishlarini o‘zgartirish uchun zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |