Turli darajadagi (satxdagi) telefon tarmoqlarining tuzilish prinsiplari
Shaharlararo telefon tarmog‘ining tuzilish prinsiplari. Shaharlararo telefon tarmog‘ini tuzishga asos qilib xududni territorial bo‘lish prinsipi olingan. Unda quyidagilar xisobga olinadi:
-xudud chegaralari va birlamchi (transport) magistral tarmoq strukturasi;
-xududning ma’muriy bo‘linishi;
-texnik – iqtisodiy ko‘rsatgichlar.
Shaharlararo telefon tarmog‘ining tuzilish sxemasi 3-rasmda keltirilgan.
Bunday tarmoq ierarxik prinsipda quriladi va ikkita ierarxiya darajasiga ega:
-quyi ierarxiya - zonaviy ShATS lar;
-yuqori ierarxiya - AKU–I va AKU-II lardan iborat.
Mamlakat telefon xududlariga bo‘linadi. Xar bir xududda avtomatik kommutatsiya uzeli AKU yoki AKU vazifasini bajaruvchi, oxirgi-tranzit stansiya (OTS) va AKU va OTS larni “xar birini xar biri bilan” prinsipi bo‘yicha bog‘lovchi telefon kanallari bog‘lanmasi tashkil qilinadi.
AKU va OTS larda telefon kanallarini tranzit ulash amalga oshiriladi. Telefon xududi bir nechta nomerlangan zonasiga ega bo‘lib, xar bir zonada bitta yoki bir nechta ShATS o‘rnatiladi.
3-rasm. Shaharlararo telefon tarmog‘ining tuzilish sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |