1-amaliy mashg‘ulot Terish va bajaruvchi guruh bloklarini joylashtirgan holda stansiyani signallashtirish



Download 441,83 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi441,83 Kb.
#935086
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg‘ulot


1-amaliy mashg‘ulot


Terish va bajaruvchi guruh bloklarini joylashtirgan holda stansiyani signallashtirish


Mashg‘ulot maqsadi: stansiya rejasi bo‘yicha bloklarni joylashtirish funksional sxemasini qurish tartibini o‘rganish. Belgilangan variant asosida terish va bajaruvchi guruh bloklarini joylashtirgan holda bir ipli stansiya sxemasini tuzish
1. Ish tartibi:
- bir ipli stansiya rejasini qurish usulini o‘rganish;
- ushbu usul asosida terish va bajaruvchi guruh bloklarini joylashtirgan holda bir ipli stansiya sxemasini tuzish;
- nazorat savollariga javob berish;
- hisobotni tayyorlash.
2. Boshlang‘ich ma’lumotlar: Talabalar ro‘yxati tartibiga bog‘liq holda o‘z variantining chizmasini tanlab boshlang‘ich ma’lumotlarni olish mumkin.



Variant №1



Variant №2



Variant №3



Variant №4



Variant №5



Variant №6



Variant №7



Variant №8



Variant №9



Variant №10



Variant №11



Variant №12



Variant №13



Variant №14



Variant №15



Variant №16



Variant №17



Variant №18



Variant №19





3. Ishni bajarish uchun nazariy ma’lumotlar


3.1. Bir iplik stantsiya rejasi

Stantsiyaning sxematik rejasi bir iplik chizmada masshtabsiz ko’rsatilgan. Stantsiya ikki yo’nalishda toq va juft harakatlanish ega, peregondan stantsiyaga va peregonga yo’naltirilgan asosiy yo’llar, maxsuslashtirilgan va nomsiz (obezlichenno’e) yo’llar, maxsuslashtirilgan yo’llardan faqat bir yo’nalishda harakatlanish, nomsiz yo’llardan ikkala yo’nalishda harakatlanish mumkin.


Stantsiya poezdlarni qabul qilish, o’tkazish va jo’natishga, yo’lovchilarni chiqishiga va tushishiga, yuklarni ortish va tushirishga mo’ljallangan.
Shuningdek, stantsiya rejasida izolyatsiyalovchi tutashmalarni, svetoforlarni, strelkalarni, yo’llar elektrifikatsiyasini, rele va batareya shkaflarini, yo’lovchilar binolari, ETs posti, yo’llar raqamlanishi, chegaraviy ustunchalar va nazoratlanuvchi barcha harakat ob’ektlari sxematik ravishda ko’rsatiladi.
Misol uchun kurs ishi topshirig’ida yarim stansiya berilgan bo’lib, ya’ni u stansiyani toq (N) tomonidir. Stansiyani jixozlashda 13 ta svetofor: kirish svetofori N, chiqish svetoforlari Ch1, Ch3, Ch5, Ch4 va Ch6, manevr svetoforlari M1, M3, M5, M7, M9, M11 va M13 dan foydalanildi. Stansiyada IP, 2P, 3P, 4P, 5P va 6P yo’llar va 1/3, 5/7, 9, 11, 13, 15 strelkalar mavjud. Stansiyani bir ipli rejasi 1.1-rasmda ko’rsatilgan.

1.1-rasm. Stansiyaning bir iplik chizmasi

Temir yo’l transportida signalizatsiya harakatlanuvchi sostavni harakatlanishda havsizlikni ta’minash uchun va aniq uchastkada poezd harakatlanayotgan tezligida harakatni davom ettirish lozimligi, tezlikni kamaytirib, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi yoki butunlay to’xtashi lozimligi ko’rsatishi uchun mo’ljallangan. Shunga muvofiq poezdga berilayotgan signallar ham uch hil belgida bo’ladi: “yo’l ochiq”, ehtiyotkorlik bilan davom ettirilsin” va “to’xta”.


Belgilarning ko’rinishi va ma’nosi:
Agar peregondagi uchbelgili svetoforda:
• yashil chiroq - «poezdga o’rnatilgan tezlikda davom etishiga ruxsat beriladi, keyingi svetofor ochiq»;
• sariq chiroq - «poezdga to’xtashga tayyor holda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor yopiq»;
• bitta qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi».
Agar besh belgili kirish svetoforida:
• bir yashil chiroq - «poezdga bekatga asosiy yo’ldan o’rnatilgan tezlikda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) ochiq»;
• bir sariq yonib-o’chuvchi chiroq - «poezdga stantsiyaga asosiy yo’ldan o’rnatilgan tezlikda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) ochiq va undan pasaytirilgan tezlikda o’tish talab etiladi»;
• bir sariq chiroq - «poezdga stantsiyaga asosiy yo’ldan to’xtashga tayyor holda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) yopiq»;
ikki sariq chiroq, ulardan tepadagisi yonib-o’chuvchi - «poezdga stantsiyaga pasaytirilgan tezlikda yon yo’ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) ochiq»;
• ikki sariq chiroq - «poezdga stantsiyaga pasaytirilgan tezlikda, to’xtashga tayyor holda yon yo’ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) yopiq»;
• bir qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi».
Taklif qiluvchi signal - oq (lunno-belo’y) yonib-o’chuvchi signal – kirish va chiqish svetoforlarida qo’llaniladi (guruhlardan tashqari). Ushbu signal poezdga qizil chiroqli (yoki o’chirilgan) svetofordan keyinga svetoforgacha (yoki chiqish svetofori bo’lmagan yo’lga qabul qilinayotgan bo’lsa chegaraviy ustungacha) o’tishga 20 km/soat tezlikda ogohlikda va harakatga to’sqinlik uchraganda zudlik bilan to’xtashga tayyor holda xarakatlanishga ruxsat beriladi.



Download 441,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish