7-amaliy mashg`ulot
13-variant
, -80 m
,-350mm
Cv, -1,4 mg/m3
VB,-2,0 m/s
Yechish:
Truba uchidan chiqayotgan chiqarilmani massali tezligini aniqlaymiz;
2. Aholi punktidagi havoda changni me‘yorlashtirilgan maksimal bir martalik konsentratsiyasini hisobga olgan holda iflosliklarni samarali chiqarish balandligi N ni topamiz;
m
3. Truba uchidan chiqarilayotgan aralashmani chiziqli tezligini topamiz;
4.Truba uchidan chiqarilayotgan fakel balandligini topamiz. deb olamiz.
Izlanayotgan truba balandligi
8-amaliy mashg`ulot
1.Atmosferaga chiqariladigan gazsimon chiqindilarni tozalash usullari haqida ma’lumot bering.
2. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi «Atmosfera havosini tozalash to‘g‘risida»gi qonunini asosiy qoidalari nimalardan iborat?
1. Atmosferaga chiqariladigan gazsimon chiqindilarni tozalash usullari. Sanoat chiqindilarini gazsimon iflosliklardan tozalash usuli fizik-kimyoviy jarayonlarni qechishi bo‗yicha 5 ta asosiy guruhga bo`lsa bo`ladi:
- chiqindilardagi iflosliklarni eritmalar bilan yuvish (absorbsiya);
- chiqindilardagi kimyoviy bog‗langan iflosliklarni reagent eritmalari bilan yuvish (kimyoviy sorbsiya);
- gazsimon iflosliklarni qattiq aktiv moddalar bilan yutish (adsorbsiya);
-chiqarilayotgan gazlarni termik neytrallash va iflosliklarni katalizatorlar bilan yutish.
Gaz chiqindilarni tozalash texnikasida absorbsiya jarayoni sqrubber deb nomlangan gaz yuvgichlarda amalga oshiriladi, Absorbsiya usuli havo bilan aralashgan toksik gaz va bug`larni suyuq reagentlar bilan yutishga asoslangan. Masalan: suv uglerod ikki oksidini (SO) yutadi, oltingugurt vodorodi (N2S) ni – 3% li soda eritmasi (Na2CO3) yutadi, uglerod oksidi (SO) – miss-ammiak eritmasi (Cu (NH3)2) bilan yutiladi. Kimyosorbsiya usuli – azot oksidlaridan ajralib chiqayotgan gaz va bug`larni ohaq aralashmasi yordamida tozalashga asoslangan. Vannalardagi azot oksidi mavjud gazlar, oltingugurt va boshqa gazlardagi bug`lar skrubberlarga yo‗naltiriladi. U erda ular ohak eritmasiga duch kelib neytrallashtiriladi, keyin atmosferaga chiqariladi. Adsorbsiya usuli zararli gaz va bug`larni qattiq sorbent (aktivlashtirilgan ko`mir, selikagelь,sseolit (CaA), temir oksidi (Fe2O3)) lar, aktivlashtirilgan glinozyom va boshkalar yordamida yutishga asoslangan. Konstruktiv jihatdan adsorberlar vertikal (8-rasm), gorizontal yoki g`ovak adsorbent to`ldirilgan halqa hajmlari ko`rinishida bo`ladi. Ularda tozalanadigan gaz oqimi filtrlanadi.Konstruksiyani tanlashda gaz aralashmasini tezligi, adsorbent zarrachalarini o`lchami va talab etilgan tozalash darajasi muhim ahamiyat qasb etadi. Vertikal adsorberlar, odatda, uncha katta bo`lmagan hajmdagi gazlarni tozalashda qo`llanilsa, gorizontal va halkali adsorberlar katta ish unumdorligi yuqori bo`lgan, o`n va yuzlab ming m3/soat hajmga ega bo`lgan gazlarni tozalashda qo`llaniladi. Gazni filtrlash qo`zg`almas (davriy harakatdagi adsorberlar) yoki adsorbentni qo`zg`aluvchi qatlamida amalga oshiriladi. Davriy ishlaydigan adsorberlar keng tarkalgan bo`lib, tozalanadigan gaz qattiq adsorbent bilan uchrashish davri adsobentni regeneratsiya bo‗lish davri bilan almashadi. Organik iflosliklarni yoqish usuli chiqindilarni ishlab chiqarishga qaytarishni imqoni bo‗lmaganda yoki maskadga muvofiq bo`lmaganda qo`llaniladi. 800-1000 0C haroratda termik yoqish iflosliklarni yuqori konsentratsiyasi va kislorod ko‗paxta bo`lganda qo`llaniladi. Katalitik usul ishlab chiqarish chiqindilarining zaharli komponentlarini atrofmuhit uchun zararsiz yoki kam zararli moddalarga aylantirishda tizimga qo`shimcha modda bo`lgan - katalizatorlarni kiritish yo`li orqali amalga oshiriladi. Ko`p hollarda katalizatorlar sifatida metallar (platina, palladiy va boshqa qimmatbaho metallar) yoki ularni birikmalari (kumush oksidi, marganets oksidi va h.k.) dan foydalanish mumkin. Tozalashni katalitik usulidan avtomobil gazlarini neytrallashda ham foydalaniladi.
2. O`zbekiston Respublikasini 1996 yil 27 deqabrdagi «Atmosfera havosini tozalash to`g`risida»gi qonunini asosiy qoidalari. Ushbu qonunda atmosfera havosi tabiatni muhofaza qilish ob‘ekti sifatida tabiiy resurslarni tarkibiy qismi bo`lib, umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Qonun tomonidan fuqarolar sog`lom hayot kechirishlari uchun toza atmosfera havosi zarurligi belgilab qo`yilgan bo`lib, uni saqlash uchun majburiyatlari ko`rsatilgan. Atmosfera havosini muhofaza qilish va atmosfera havosi sifatini standartlash sohasida davlat boshqaruvi qiritilgan. Qonun tomonidan atmosferani istemol qilish me‘yorlari, shuningdek qo`zg`aluvchan va statsionar manbalar tomonidan atrof muhitga chiqariladigan iflosliklar sifatiga bo`lgan talablar kiritilgan. Qonun korxona, inshootlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va rekonstruksiya qilishda, texnologik jarayon va uskunalarni takomillashtirishda me‘yorlarga amal qilishni talab qiladi. Agar ular atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga javob bermasa ushbu inshootlarni yurgizish taqiqlanadi. Mabodo korxona,ssex aholi sog`ligiga xavf solsa tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligini qaroriga ko`ra ularni faoliyati to`xtatiladi yoki taqiqlanadi. Bundan tashqari korxona, muassasa va har qanday tashkilotni atmosfera havosini muhofaza qilish bo`yicha majburiyatlari tasdiqlanadi, shuningdek atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi nizom tasdiqlangan. Bunda ma‘muriy, intizomiy va jinoiy javobgarlik ko`zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |