Maktab o`lkashunosligi tarixiy obidalarni saqlash va himoya qilish, qadimiy manzilgohlarni topishda ham katta rol’ o`ynaydi. U jamoa bo`lib yashash, ishlash va ijod qilishga o`rgatadi. O`quvchilarda sinchkovlik, tirishqoqlik, tevarak-atrofga havas bilan boqish, tadqiqotga qiziqish, Vatanni sevish va uni ardoqlash hislari shakllanib boradi.
Darhaqiqat, maktab o`lkashunosligi o`quvchilarda o`z Vataniga mehr uyg`otish bilan birga, ularni estetik ruhda tarbiyalashga xdm munosib hissa qo`shadi.
Vatanga bo`lgan mehr tuyg`usi o`z o`lkasini o`rganishdan boshlanadi. Maktab o`lkashunosligida ana shunday tuyg`u shakllanadi.
2. Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi. 1917 yilga qadar o`lkani o`rganish masalasi.
Rus olimi M. V. Lomonosov o`z o`lkasini mukammal o`rganish maqsadida 1761 yili 30 savoldan iborat javob varaqasi tuzib, aholi o`rtasida tarqatgan edi. Ayni vaqtda bu bilan o`lkashunoslik faniga asos solingandi. O`lkani o`nganish masalasi O`rta Osiyo, shu jumladan O`zbekiston hududida Rossiyadan anchagina keyinroq, ya`mi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi.
Rus olimlari O`rta Osiyoning chorizm tarafidan bosib oliiishidan ancha ilgari bu o`lkani o`rganishbo`yicha bir qancha ishlar qilgan edilar. Biroq, XIX asrning birinchi yarmidagi o`lkani o`rganish, ya`ni mahalliy tarixchilik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi biqiqliqka mos bo`lib, feodal tuzum manfaatlari uchun xizmat qilar edi. Tarix fanidan feodal sinfining manfaatlari, xonlar va ular sulola-sining taxtga egaligi va «odilligi»ni mafkuraviy jihatdan asoslash uchun foydalanib kelindi. Saroy tarixchilari o`zlarining asosiy e`tiborlarini siyosiy voqeliklarni xonlarning faoliyati va o`z raqiblari ustidan qozongan g`alabalarini ko`klarga ko`tarib maq-tash, saroydagi an`analarni tasvirlashga qaratdilar. CHunki zamon o`zi shunaqa edi. Natijada bu davr tarixchiligining mavzui jahon tarixchiligi mavzusidan bir qadar ajralib qoldi. X—XV asrlardagi mahalliy tarixchilar Muhammad Narshaxiy, Tabariy, Rashididdin, Nizomiddin Jomiy, Abulg`ozixon va boshqalarning asarlari o`zining mazmundorligi, faktik materialga boyligi bilan bu davrda yozilgan tarixiy asarlardan sezilarli darajada ajralib turadi. SHarqshunos A. A. Romaskevich Rashididdinning «Jome ut-tavorix» nomli asari ustida so`z yuritar ekan, haqli ravishda bu asar o`zining mazmuni va hajmi jihatidan muhimligini ko`rsatib, biz bu asardan keyin eron tarixchiligida voqealarni bu xilda bayon qilish uchun bo`lgan intilishni ko`rmaymiz, deb yozgan edi. Bu O`rta Osiyo tarixchiligiga ham xos narsa edi. SHunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida tarix fani ham, boshqa fanlar singari, hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qildi.
X1X asrning 30-yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad YOqub yozgan «Gulshan ul-muluk» nomli asar o`sha davr tarixiy manbalaridan biri hisoblanadi. Bu asar fors-tojik tilida yozilgan bo`lib, unda qadimgi zamonlardan to XIX asrning 30- yillarigacha bo`lgan Buxoro amirligidagi siyosiy voqealar bayoni beriladi. Asarda saroy voqeliklari, xukmron sinflar tarixi, o`zaro urushlar, unda erishilgan g`alabalar, xonlikning keyingi sulolasining genealogiyasi (nasabnomasi) ifodalanib, jamiyatning rivojlanishida asosiy kuch bo`lgan xalq ommasining ahvoli, uning tilak-orzulari, xalq harakatlari va bu harakatning tub mohiyatini yoritishga bo`lgan intilishni deyarli ko`rmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |