1. AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Termiziy allomalarining pedagogik ta’limotlari-o’quv fani sifatida.
Termiz va buyuk Termiziylar
Reja:
1. Termiziy allomalarning pedagogik ta’limotlari o’quv fanining maqsadi, vazifalari
va predmeti.
2. Termiz 1220 yilgacha: shaharning kelib chiqishi va taraqqiyoti.
3. Termiz XIII-XX asrlarda: tiklanish va tanazzul.
4. Termiz mustaqillik yillarida.
Talabalarga tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. Alisher Navoiy. Nasoyim ul – muhabbat. (Mukammal asarlar to’plami).17 jild. –
T.:, 2001.
2. Mirzo Kenjabek, Buyuk Termiziylar. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.:
2017.
3. Uvatov U. Ikki buyuk donishmand, T.: “Sharq”, 2005.
4. Tursunov S., Murtazoyev B. Termiziylarning ilmiy tafakkuri. – T. “O’zbekiston”,
2016.
5. Fariddin Attor. Tazkirat ul - avliyo.(M.Kenjabek tarjimasi)- T.:1997.
6. Choriyev Z., Annayev T., Murtazoyev B., Annayev J. Al hakim at -Termiziy T.:
“Yangi asr avlodi”, 2008.
Talabalarni baholash mezonlari:
jami 2 ball.
1)
mavzu rejasidagi masalalarni konspektlashtirish – 0,5 ball;
2)
topshiriqlarni bajarish va savol-javoblarda ishtirok etish – 1,5 ball.
1. “Termiz va buyuk Termiziylar”
mavzusini tahlil etish va o’rganishga
doir kichik guruhlarda
ishlashga doir topshiriq
Talabalarni kichik guruhlarda matn ustida ishlashlari quyidagi metodika
asosida tashkil etildi:
1.
Talabalardan uchta guruh tashkil etiladi va ularni kichik guruhlarda ishlash
qoidalari bilan tanishtiradi:
Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:
1)
sherigingizni diqqat bilan tinglang;
2)
guruh ishlarida o’zaro
faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga
mas’uliyat bilan yondashing;
3)
agar yordam kerak bo’lsa, albatta
murojaat qiling;
4)
agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering;
5)
guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
1-topshiriq.
“
Termiz va buyuk Termiziylar
”ning turli qismlariga oid
material tanlab olinib, uch qismga bo’linadi.
1-guruh.
Termiziy allomalarning pedagogik ta’limotlari o’quv
fanining maqsadi,
vazifalari va predmeti.
2-guruh
. Termiz 1220 yilgacha: shaharning kelib chiqishi va taraqqiyoti.
3-guruh.
Termiz XIII-XX asrlarda: tiklanish va tanazzul. Termiz mustaqillik
yillarida.
2-topshiriq.
“Termiz va buyuk Termiziylar”
yozma
yodgorliklariga doir
ikki qismli kundalik tuzish.
Quyida keltirilgan jadvalning birinchi qismida qadimgi Termizning taraqqiyot
davri keltirilgan. Jadvalning ikkinchi qismida davrlarning o’ziga xos jihatlari bilan
bog’liq bitta jumlani misol tariqasida yozib qo’yish lozim.
Qadimgi Termizning taraqqiyot
davri
Davrlarning o’ziga xos jihatlaridan
namuna
1-guruh
Buddaviylik davrida Termiz
2-guruh
Sharq uyg’onish davrida (IX-XII
asrlar) Termiz
3-guruh
Temuriylar
davrida Termiz
3-topshiriq.
“Termiz va buyuk Termiziylar”
mavzusiga doir blits-so’rov
savollari.
1-guruh
1.
Termiz qadimda qanday nomlar bilan atalgan?
2.
Qachondan boshlab shaharga Termiz nomi berilgan?
3.
“Termiziy allomalarning pedagogik ta’limotlari”
fanning maqsadi ni
ayting?
2-guruh
4.
“Termiziy allomalarning pedagogik ta’limotlari”
fanning vazifalarini izohlab
bering?
5.
“Termiziy allomalarning pedagogik ta’limotlari”
fanning predmetini izohlang?
6.
Nima sababdan Baqtriya “Ming shahar mamlakati” deb ta’riflangan?
3-guruh
7.
Termizda buddizimning asosiy ravnaq topish davri nechanchi asrlarga to’g’ri
keladi?
8.
Nima uchun shaharga “Madinat ar-rijol”(“Mardlar shahri”) nomi berilgan?
9.
Termizda yashab ijod etgan qaysi allomalarni bilasiz?
4-topshiriq.
Yakuniy bosqich. Talabalarni baholash.
Tаlаbаlаrning kichik
guruhlаrdagi faoliyati baholanib, baholar guruhlar bo’yicha taqsimlanadi. Guruhda
faol ishtirok etgan talabalar ham alohida rag’batlantiriladi.