Ajratish yo‘lchasi (TSplitter)
Agar Windows Explorerni ochib ko‘rsak oynasi ikkiga ajralgan bo‘lib, o‘rtasida siljitish mumkin bo‘lgan yo‘lchani ko‘ramiz. Mana shu effektni TSplitter komponentasi yaratishga imkon beradi.
TSplitter komponentasidan foydalanishga misol. Formaga panel (TPanel) komponentasini joylashtirib Align xossasiga v alLeft qiymat beramiz va Caption xossasiga «CHap panel » qatorini kiritamiz. Formaga TSplitter joylashtirib Align xossasiga v alLeft qiymat beramiz. YAna bir panel joylashtirib Align xossasiga alClient qiymat beramiz va Caption xossasiga «Ung panel » qatorini kiritamiz. Natija rasmda ko‘rsatilgan
Dasturni ishga tushirib, ajratish yo‘lchasi sichqoncha Bilan harakatlantirilsa panellar kattaligi o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |