1-amaliy mashg’ulot Mavzu: So‘z morfеmik tarkibini o‘rganish darslari rеjasini va ishlanmasini tuzish Reja



Download 196,66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.03.2022
Hajmi196,66 Kb.
#518539
Bog'liq
1-amaliy mashgulot



1-amaliy mashg’ulot 
Mavzu: So‘z morfеmik tarkibini o‘rganish darslari rеjasini va 
ishlanmasini tuzish 
Reja: 
1. So„z morfеmik tarkibini o„rgatishda o‟qituvchining vazifalari. 
2. So„z morfеmik tarkibini o„rganish dars rejasi va ishlanmasini tuzish. 
Adabiyotlar: 
1. Qosimova K., Matjonov S., G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Sariyev 
Sh. Ona tili o„qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b. 
2. G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat 
va uni o„qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b. 
3. G„afforova T., Shodmonov E., G‟ulomova X. Ona tili va o`qish 
savodxonligi (1-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2021.
4.Qosimova K., Fuzailov S., Ne‟matova A. Ona tili va o`qish 
savodxonligi (2-sinf uchun darslik). –T.:Cho„lpon, 2021.
5.Fuzailov S., Xudoyberganova M.,Yo‟ldosheva Sh. Ona tili (3-sinf 
uchun darslik). –T.:O„qituvchi, 2019. -152 b. 
6. Ikromova R., G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-
sinf uchun darslik). –T.: O„qituvchi, 2017 -192 b. 
So„zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga 
mos ravishda o'qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. So„zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o'quvchilar so'zning 
leksik ma‟nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda 
o„qituvchining vazifasi o„quvchilar so„zlarning leksik ma‟nosi va 
morfemik tarkibi bir-biriga bog‟liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit 
yaratish, shu asosda ularning lug„atiga aniqlik kiri- tishga maqsadga muvofiq 
rahbarlik qilish hisoblanadi. 
2. So„z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o'quvchilarning 
tilimizning yangi so'zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunish - Iari 
uchun muhimdir. Yangi so„z tilda mavjud bo'lgan morfemalardan, ma‟lum 
usul va modellar asosida vujudga keladi (yasaladi). So„z yasa- lishini 
kuzatish o'quvchilarda so'zga faol munosabatni shakllantirishga ijobiy ta‟sir 
etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishga olib keladi.
3. So„z yasalishi asoslari bilan tanishish o„quvchilar lug„ati ni atrof-
muhit haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, 
voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar so„z bilan ifodalanadi. So„zlar 
o„rtasidagi ma‟no va tuzilish jihatidan bog‟lanishni belgilash o„zaro 
munosabatda bo„lgan tushunchalar o„rtasidagi bog'lanishga tayanadi 
(masalan, traktor va traktorchi so'zlari o„zaro munosabatda bo„lgan 
tushunchalar, shu tufayli ma‟no va tuzilishiga ko„ra bog'langan). O'quvchilar 
so'zlarning ma‟no va tuzilishiga ko„ra o„zaro munosabatini haqiqatan 
bilsalar, atrof-muhitda mavjud bo'lgan predmetlar, jarayonlar, voqealar 
o„rtasidagi bog‟lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar. 


4. So„zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo„- 
shimchalarning semantik ma‟nosini bilish o„quvchilarda nutqning aniq 
shakllanishiga ta‟sir etadi. O'qituvchining vazifasi o'quvchi - laming so'zning 
leksik ma‟nosini tushunibgina qolmay, kontekstda aniq qo„shimchali 
so„zlardan ongli foydalanishlarini ham o„rgatish hisoblanadi. 
5. So„zning morfemik tarkibini o„rganish imloviy 
malakalarni 
shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o„zbek 
imlosining yetakchi tamoyili bo„lib, bunga binoan so„zlar va ularning 
tarkibiy qismi (o„zak va qo„shimchalar) ko„proq talaffuziga muvofiq 
yoziladi. O„zak va qo„shimchalari to„g‟ri yozish malakasini nazariy asosda 
shakllantirish fonetik, so„z yasalishiga oid grammatik bilimlarni maqsadga 
muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. Shuning uchun so'zning morfemik 
tarkibini o„rganishning muhim vazifalaridan biri o„zak va qo„shimchalami 
to„g‟ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo„lgan bilim va 
ko„nikmalar asosini yaratish hisoblanadi. 
6. So„zning morfemik tarkibini o„rganish o„quvchilarning aqliy 
qobiliyatini o„stirishda, xususan, til birligi sifatida so„zni ongli bilib olis h 
uchun zarur bo„lgan maxsus aqliy ko„nikmalarni shakllantirishda ham 
ahamiyatli. O„qituvchining vazifasi ta‟lim jarayonida bilimni o„zlashtirish 
bilan o„quvchilarda aqliy faoliyatni o„stiradigan, analiz, taqqoslash
ko„nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi. 
So‘z morfеmik tarkibini o‘rganish dars rejasi va ishlanmasini tuzish 
Mavzu: Sifat yasovchi qo‟shimchalar. 124-129- betlar. 
Dars maqsadi: 
Ta‟limiy maqsad: o„quvchilarga sifat yasovchi qo‟shimchalar haqida 
tushuncha berish va ularning qanday yozilishini o‟rgatish. 
Tarbiyaviy maqsad: o‟quvchilarni mahnatsevarlik ruhida tarbiyalash, darsda 
o‟quvchilarning faol ishtirokini ta‟minlash. 
Rivojlantiruvchi maqsad: o‟quvchilarning og‟zaki va yozma nutqini o‟stirish 
hamda o‟z fikrini to‟g‟ri ifoda etish malakasini shakillantirish. 
Dars turi: yangi bilim va ko‟nikmalarni beruvchi. 
Darsda fodalaniladigan metodlar. “Klaster”, tushintirish, suhbat, “Ha yoki 
yo‟q” 
o„yini . 
Darsda foydalanilgan jihozlar: daslik, ko‟rgazmali qurollar, tarqatma 
materiallar. 
Darsning borishi: 
I. Darsni tashkil qilish. 
a) O‟quvchilar bilan salomlashish. b) Sinfning davomatini aniqlash. 
c) O‟quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. 
II. O‟tilgan mavzu yuzasidan o‟quvchilar bilimini so‟rab baholash. 
III. Yangi mavzu bayoni: 
Dars rejasi: 
1. Sifat yasovchi qo‟shimchalar. 
2. Sifatlarning yozilishi. 


3. 315-316-317-118-mashqlar. 
O‟tilgan mavzuni mustahkamlashda „Ha yo‟q” o‟yinidan foydalaniladi. 
1.Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‟zlar 
qanday?, qanaqa?
so‟rog‟iga 
javob bo‟ladimi? Javob: Ha 
2. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‟zlar 
qanday?, qancha? 
so‟rog‟iga 
javob bo‟ladimi? Javob: Yo‟q. 
3.Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‟zlar 
nima qildi?
so‟rog‟iga javob 
boladimi? Javob: Ha. 
4. –
ser, be-, -kor
sifat yasovchi qo‟shimchalarmi? Javob: Yo‟q 
IV. Yangi mavzu bayoni: 
Masalan: mevali daraxt, serhosil dala , ishchan bola 
Belgini kuchaytirib yoki ozaytirib ko‟rsatuvchi sifatlar quydagich yoziladi: 
bunday sifatlar chziqcha bilan yoziladi:
to’ppa-to’g’r,
qo‟shib yoziladi: 
oppoq, qopqora
ajratib yoziladi: 
to’q qizil, och pushti
№ 315 –mashq Sifatlarga mos ot tanlab, birikma tuzing. 
Qop-qora it, bus-butun oyna, bo‟m-bo‟sh qop, ko‟m-ko‟k yaylov, tip-tiniq 
buloq, 
oppoq qor, top-toza ko‟ylak, tim qora mushuk, to‟q qizil rang, eng kuchli 
hayvon. 
№ 316 –mashq Matinni oqib, sifatlarni topib, ularni o‟zi bog‟langan ot bilan 
ko‟chirish hamda qavs ichiga ma‟no turini yozish. 
Katta qayrag‟och (hajm bildiruvchi sifat), qalin barglar (hajm bildiruvchi 
sifat), 
yoqimli ovoz(xil-xususiyatni bildiruvchi sifat), poyonsiz qir(hajm bildiruvchi 
sifat), bo‟liq boshoqlar(shakl bildiruvchi sifat), keksa otaxon(xil-xususiyatni 
bildiruvchi sifat). 
№ 317 –mashq. So‟zlarni o‟qib, so‟roqlar yordamida sifatlarni toping. 
Foydali-
qanday?
, sersuv-
qanday?
, aqilli-
qanday
, qaynoq-
qanday.
№ 318 –mashq Matinni oqib, sifatlarni topib, ularni o‟zi bog‟langan so‟z 
bilan ko‟chirish hamda qavs ichiga ma‟no turini yozish. 
Ko‟m-ko‟k bargli(rang-tusni bildiruvchi sifat), mayus kozlari(xil-xususiyatni 
bildiruvchi sifat), juda baquvvat (xil-xususiyatni sifat), chiroyli oyoqlar (xil-
xususiyatni bildiruvchi sifat), qip-qizil lolaqizg‟aldoq(rang-tusni bildiruvchi sifat). 
V. Mavzuni mustahkamlash: topishmoqlar yod olib, sifatlarni o‟zi bo‟langan 
so‟z bilan qo‟shib yozing. 
1.Yer tagida oltin qoziq, u hammaga bo‟lar oziq (Sabzi) 
2. Pishsa bemaza, pishmasa mazali (Bodring) 
3. Uni pishirsang bo‟lar shirin osh, pishirmasang bo‟lar qip-qizil tosh. 
(pamidor) 
Namuna: oltin qoziq, 
Tezkor savol-javob: 
1. Qanday? , qanaqa? sorog‟iga javob bo‟lgan so‟zlar nimani bildiradi va 
qaysi so‟z turkumiga kiradi? Javob: sifat 


2. Maza-ta‟m va shaklni bildirgan sifatlarga misol ayting. Javob: nordon, 
shirin, achchiq; qiyshiq, yumaloq, cho‟zinchoq. 
3. Belgini kuchaytirib yoki ozaytirib ko‟rsatadigan sifatlar qanday yoziladi va 
ularga misollar ayting. Javob: chziqcha bilan yoziladi: 
to’ppa-to’g’r ,
qo‟shib yoziladi: 
oppoq, 
ajratib yoziladi: 
to’q qizil, och pushti
4. Sifat yasovchi qo‟shimchalar so‟zlarga birikishiga qarab qanday 
qo‟shimchalar turiga kiradi? Javob: sifat yasovchi qo‟shimchalar qoshilishiga ko‟ra 
old: serhosil, bemaza, hamda so‟zlar oxirida: mazali, ishchan , guldor kabi turlarga 
bo‟linadi. 
TOPSHIRIQ: 
Mavzularni o`rganib darslarning taqvimiy rejasini va shu mavzuga 
taalluqli 1 soatlik dars ishlanma tuzib joylashtiring.

Download 196,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish