Ishning maqsadi: Ekologiyada qo’llaniladigan usullar yuzasidan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.
Kerakli material va jihozlar: Ekologiyaga oid o’quv qo’llanmalari,jadvallar, gerbariylar, slaydlar.
Nazariy material: Dala usuli. Tabiiy sharoitda olib boriladigan va o’tkazila-digan kuzatishlar dala usuli asosida bo’ladi. Dala usuli bo’yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli katta-kichik tirik organizmlar guruhlari tabiiy sharoitda o’rganiladi. Bunday holda floristika, sistematika, geobotanika, fiziologiya kabi biologik hamda nobiologik fanlarning usullari ham keng qo’llaniladi va tirik organizmlarni o’sish, rivojlanish, ko’payish, o’zgarib turish jarayonlari aniklanishi bilan, ularning bir-birlariga hamda muhitga munosabatlari o’rganiladi, olingan materiallarni ekologik tahlil qilish asosida tirik organizmlarning hayot faoliyatiga oid turli ekologik qonunlar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |