ALT tuzish uchun quyidagi texnik xujjatlarni ishlab chiqiladi:
-ALT tuzishni tadqiq etish va asoslash;
-xomaki va texnik loyihasi;
-ishchi xujjatlar;
-loyihalashni avtomatlashtirishda seriyali bo’lmagan narsalarni tayyorlash;
-ishga tushirish.
ALT tuzishni tadqiq etish va asoslashda quyidagi ishlar bajariladi:
1.Loyihalovchi tashkilotni tekshirish. Bunda loyihalash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlarini va maqsadga muvofiqligi o’rganib chiqilib, asoslanadi va ALT tuzish uchun qaror qabul qilinadi.
2.Tizimga dastlabki talablarni ishlab chiqish va ro’yxatdan o’tkazish. Oldingi bosqichda ALT tuzish uchun qaror qilingan bo’lsa, bu bosqichda kerakli hamma xujjatlar ishlab chiqiladi va tugallanadi.
Buni amalga oshirish uchun quyidagicha bosqichlar bajariladi: texnikaviy
topshiriq, xomaki loyiha va texnikaviy loyiha ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |