3 -rasm. Bir qavatli binoda maishiy xonalarni joylashtirish sxemasi.
Nazorat savollari:
Ishlab chiqarish sexlarning kompanovkasi qanday tuzuladi?
Uskunalarni rejalashtirish usullari?
Uskunalar sexlarda joylashtirish asosiy qoidalar.
O‘lchamlari har xil bo‘lgan uskunalarni bir biriga qanday moslashtirish mumkin?
Namunaviy liniyalarga tushuncha bering.
Kamponovkada uskunalar qanday ko‘rsatiladi?
Liniyalar orasidagi masofa?
Uskunalar orasidagi masofa?
8-Amaliy mashg’ulot
KORXONANING BOSH REJASI
Ishning maqsadi: korxonaning bosh rejasi tug‘risida tushuncha berish, korxonaning tarkibi bilan tanishish.
Ishni bajarish uslubi. Korxona bosh rejasida uning tarkibiga kiradigan barcha inshootlar, binolar va boshqa obyektlar kiradi. Bosh
rejada ishlab chiqarish sexlarning o‘zaro bog‘liqligi va boshqa obyektlar, masalan, omborlar bilan bog‘lanishi ko‘rsatiladi.
Korxonaning bosh rejani tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
-ishlab chiqarish korxonalar aholi turar joylaridan sanitar himoya zonasi bilan ajralib turishi kerak. Konserva va vinochilik korxonalari uchun bu zona 50 m, dudlash, quritish korxonalari uchun 1000 m tashqil etadi;
-obyektlarni iloji boricha umumiy binolarda joylashtirish kerak. Aloxida korpuslar soni minimal bo‘lganda qurilishning umumiy narxi past bo‘ladi. Bundan tashqari bosh reja obyektlari zich joylashganda komunnikatsiyalarning (truboprovod) uzunligi kamayadi. Konserva, vinochilik korxonalarning qurilish zichligi 45% dan, gusht qayta ishlash korxonalarida 42% dan kam bo‘lmasligi kerak;
-binolar tug‘ri turtburchak shaklida bo‘lishi kerak. Bu xolatda tayyor qurilish konstruksiyalardan foydalanish mumkin;
-binolar qavatligi texnologik jarayonlarning talablariga va yong‘inga xaflik darajasiga ko‘ra tanlanadi. Konserva, vino zavodlarining ishlab chiqarish sexlari D kategoriyasiga kiradi, yani binolarning qavatlari chegaralanmaydi. Yog‘-ekstraksiya korxonalari esa eng xavfli A kategoriyasiga kiradi, shu sababli binolari bir qavatli bo‘lishi kerak. Yashik va bochkalarni sozlash sexlari va omborlari V kategoriyaga kiradi, ular ko‘p qavatli bo‘lishi mumkin;
-bosh reja obyektlarini joylashtirishda zavod kommunikatsiyalarining uzunligi minimal bo‘lishiga intilish kerak. Ishchilar, mahsulot, yordamchi materiallarning xarakatlanish oqimlari kesib o‘tmasligi kerak;
-qurilish maydonning relyefi, shamollarning yunalishi etiborga olinishi kerak. Bug‘xona, mexanik sozlash xonalari, sulfitlash bo‘limlari, bug‘, tutun, chang, yoqimsiz xidlar, gazlarni chiqaradigan obyektlar asosiy ishlab chiqarish sexlarga shamol esmaydigan tomondan quriladi;
-bosh reja obyektlarining tashqi ko‘rinishiga, estetikasiga (dizayn) ham etibor berish muhimdir. Binolarni joylanishini, shakli, rangi bir biriga mos kelib, tashqi ko‘rinishi zamon talablariga javob berishi kerak;
-zavod territoriyasida ambulatoriya, yashash uylar va sport inshoatlari qurilishi man etiladi.
Bosh reja obyektlariga qo‘yidagilar kiradi:
1-asosiy binoda ishlab chiqarish sexlari, meva va sabzavotlarni yoki boshqa xom ashyoni kam muddatda saqlash uchun xom ashyo maydonchalari, zavod laboratoriyasi, tayyor mahsulot, materiallar, tunuka idishlar omborlari. Sovutkichlar, maishiy xonalar, transformator elektropodstansiyani ham shu blokda joylashtirish mumkin;
2-yordamchi binolar va xonalarda zavod boshqarmasi, nazorat-o‘tkazish punkti, oshxona, medpunkti, bazida mayishiy xonalar joylashadi;
3-idishlar sexida xom ashyo va tayyor mahsulotlar uchun yashiklar va bochkalar tayyorlanadi.
Bosh rejada bug‘xona, avtomobil tarozi, shisha idishlar, yoqilg‘i, yog‘lar, ammiak omborlari, konteynerlarni saqlash uchun maydonchalari, sport maydonchalari, zavodni suv bilan taminlash inshoatlari (basseyn, suv uchun rezervuar va xokazo) ko‘rsatiladi. Kerak bo‘lganda xom ashyoni uzoq saqlash uchun omborlar quriladi.
Kanalizatsiya inshoatlari, shaxsiy avto va mototransport quyish joylari zavod territoriyasidan tashqarida quriladi.
Topshiriq: plakatlar va rasmlarga (4,5,6) asoslanib ishlab chiqarish korxonanig rejasini tuzish. Korxonaning turi va tarkibi o‘qituvchi tomonidan beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |