1 Amaliy mashg'ulot intellektual transport tizimi (itt)


Intellektual transport tizimi



Download 16,84 Kb.
bet2/4
Sana15.05.2023
Hajmi16,84 Kb.
#939126
1   2   3   4
Bog'liq
1 Amaliy mashg\'ulot intellektual transport tizimi (itt)

Intellektual transport tizimi – o’z ichiga, zamonaviy axborot, kommunikatsion va telematik texnologiyalarni, boshqaruv texnologiyalarni va transportdan foydalanuvchilar va ekspluatatsion jarayonlarida qatnashadigan personalning (xodimlar) qulayligi uchun, transport jarayonini samarali tashkil etish va xavfsizlikni oshirish, transport-yo’l tarmog’ining foydalanish ko’rsatkichlarini maksimal darajada oshirish, axolini belgilangan xarakatlanish (mobilьnostь) darajasini ta’minlash maqsadida, konkret transport vositasi yoki transport vositalari guruxi tomonidan xudud (shahar, yo’llar) transport tizimini yuqori (maksimal) samarali boshqarish ko’rinishlarini (stsenariy) amalga oshirishni avtomatik tarzda qidirishni oladi.
ITT infrastrukturasiga kuyidagilar kiradi: – transport-yo’l majmuasining barcha kichik tizimlari, shu jumladan: boshqaruv yechimlarini amalga oshirish vositalari, tizimlarning funktsional vazifalariga mos ravishda qarorlarni qabul qilish va uning tahlili, monitoringning texnik vositalari; – vaziyatli, dispetcherlik va tezkor markazlar; – kichik tizimning funktsional vazifalari bajarilishini ta’minlovchi simli aloqani amalga oshiruvchi vositalar; – tashqi axborot tizimlari bilan himoyalangan axborot almashuvini ta’minlovchi axborot – telekommunikion vositalari; – transport vositalarida joylashmagan va ITT funktsiyalarini amalga oshiruvchi aloqa kanallari va hududiy uskunalar, texnik vositalar majmuasi.
ITTning tezkor vazifalaridan biri moslashuvchan tamoyillarga asoslangan xolda barcha transport jarayonining sub’ektlarini real vaqtdagi avtomatik va avtomatlashtirilgan o’zaro xamkorlikni amalga oshirish va qo’llab quvvatlashdan iborat. ITTning qurilishida asosiy bo’lib yo’l-transport, transport-texnologik, transport-servis va axborot infrastrukturalari hisoblanadi. Amaliyotda bu dispetcherlik, tezkor va vaziyatli funktsiyalarni bajaradigan xizmatlar, idoralar va boshqa sub’ektlarni muvofiqlashtiruvchi tizimlar yahlitligidan shakllangan majmua sifatida aks ettirilgan. Bunday xamkor faoliyatni amalga oshirish uchun xududiy dispetcherlik markazlarni tashkil etish lozim. ITT qurish uchun simli (yuqori-tezlikli optovolokon tarmoqlar), simsiz (uyali aloqa operatorlarining aloqa standartlari, radio- va tranking aloqa, Internet) barcha aloqalarni xisobga oluvchi aloqa majmuasini shakllantiruvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish talab etiladi. Hududlar manfaatini xisobga olgan xolda (transport tizimini faoliyati parametrlari bo’yicha), hamda axborot va boshqa xizmatlarga muxtoj iste’molchilar uchun mo’ljallangan ITTni loyihalash, qurish va kengaytirish, kichik tizimlarning samarali monitoring indikatorlari yordamida va ilmiy tamoyillarga asoslangan holda amalga oshirilishi lozim. Jaxon amaliyotida ITT telematika yutuqlarining ilg’or umumtransport integratsion g’oyasi sifatida tan olingan va kuyidagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechishga qaratilgan – yo’l-transport xodisalarni kamaytirish, yuk tashishlarni va jamoat transporti samaradorligini oshirish, umumiy transport xavfsizligini ta’minlash, ekologik ko’rsatkichlarni yaxshilash.

Download 16,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish