1-amaliy mashgulot. Guruh zukkolarini tanlash metodikasi


Tajriba natijalarini ishlash



Download 37,7 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2022
Hajmi37,7 Kb.
#569660
1   2   3
Bog'liq
1-аmaliy mash

Tajriba natijalarini ishlash
Olingan ma’lumotlar tajriba maqsadiga qarab ikki usulda qayta ishlanadi:
Birinchi usul: Agar tajriba maktab doirasida sinf zukkolarini saralash maqsadida o’tkazilgan bo’lsa, unda javob varaqalarining ishlovi tajriba o’tkazilgan maktabning o’zida psixologlar, o’qituvchilar yoki ilmiy bo’lim mudiri, metodistlar tomonidan bajarilishi mumkin. Shubhasiz, tajriba bir nechta sinfda o’tkazilgan bo’lsa, har bir sinfning natijalari alohida umumlashtiriladi.
Dastlab, birinchi savolga berilgan javoblar alohida ishlanadi, ya’ni birinchi savolga sinf bo’yicha qayd qilingan barcha familiyalar alohida jadvalga (matritsaga) ko’chiriladi. Agar bir familiya har xil o’quvchilar tomonidan qayta — qayta ro’yxatga olingan bo’lsa, ikkinchi martadan boshlab, o’sha familiya qarshisida navbatdagi javob varaqasidagi uning tartib raqami qo’yiladi. Buni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.
Jadval 1.

Ismi va familiyasi

A. Matematika va fizika fani
K o’ r s a t g i ch l a r

“N”

“M”

“K”


1.I. Ch.

1,1,2,2,1,2,1,1,2,1,1,1,1,3,1,1,1,1,1,1,1,2,1,1,3,1,1;

29

38

1,31

2.G’. A.

2,2,3,1,3,1,3,3,3,3,3,1,3,3,1,3,3,2,2,2,1,2,2,2;

24

53

2,21

3.K. U.

3,2,2,2,3,2,2,2,2,3,3,3,2,3,3,2,3;

17

42

2,48

4.S. M.

2,3,2,3,2,2,2,3,2,3,3,3,3,1,2;

15

36

2,40

5. K.Yu.

1,1,2,3;

4

7

1,75

Sinfda o’ttiz bola o’tirgan bo’lsa, shulardan, masalan, birinchi savolga javoban jami bo’lib 10—12 kishi tilga olipgan bo’lsin deylik. Yuqoridagi jadvalda har bir bolani necha kishi va nechanchi o’rinda tilga olgani ko’rinib turibdi; ba’zi bolalarni 20 — 25 kishi, boshqalarini 1 — 2 kishi qayd etgan bo’lsa, bir qancha o’quvchilar mutlaqo tilga olinmagan bo’lishlari ham mumkin.


Xuddi shu tartibda boshqa savollarga berilgan javoblar ham maxsus varaqalarga, matritsalarga ko’chiriladi. Shunday qilib, yetti savolga berilgan javoblardan yettita birlamchi matritsalar tuziladi. Shu bilan javob varaqalarini ishlashning birinchi bosqichi tutaydi.
O’quvchilar to’lg’azgan javob varaqalari yettita jadvalga ko’chirilgach, ikkinchi bosqich ishlovlari boshlanadi. Ma’lumki, matritsalarda har bir sinfdan ko’pchilikning nazari tushgan, faol o’quvchilar ro’yxati va ular olgan ovozlar miqdori ko’rinib turibdi. Endi bu ovozlarga tartib bilan ishlov bersak, biz istagan ma’lumotlarni olamiz. Yuqorida, 1—jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida, uning davomida quyidagi amallar bajariladi: jadvalda keltirilgan har bir o’quvchining olgan ovozlarini sanab chiqamiz va bu son "N"ni, ya’ni mazkur o’kuvchining sinf o’kuvchilari tomonidan tilga olinish sonini tashkil etadi. Bizning misolda birinchi o’quvchi 29 marta tilga olingan ekan.
So’ng o’quvchi olgan ovozlarning tartib o’rinlari (ya’ni 1, 2, 3 raqamlari) jamg’ariladi. Yig’indi "M" ko’rsatkichini beradi. Bu ko’rsatgich yaxlit holda biron bir mazmunga ega emas, bola to’plagan ballarni ko’rsatadi, xolos. Endi "M" ko’rsatkichining "N" ko’rsatkichiga nisbatidan "K" ko’rsatkichini topamiz. Ya’ni "M"ni "N"ga bo’lamiz. Shunda bo’linma "K" muxim psixologik mazmunga ega bo’ladi. Jadvaldaga "K" ko’rsatkichida ifodalangan natija ayni bir familiyaning sinfda tutgan mavqeining sonlarda ifodalangan o’rtacha qiymatini aks ettiradi. Ravshanki, bu ko’rsatkich qanchalik 1ga yaqin bo’lsa, ya’ni kichik bo’lsa, demak bu o’quvchi ko’pchilik o’quvchilar tomonidan yuqori darajada tan olingan, yakdillik bilan unga ovoz berganlar, degan xulosani beradi. Aksincha, olingan "K" natija 3 ga yaqin bo’lsa, unda shu familiyali bola mavqeiga nisbatan sinf barqaror fikrda emas va demak, ishonarli fikrning yo’qligidan darak beradi.
Shu tarzda har bir jadvaldagi ahamiyatga sazovor, ya’ni sinfning ko’pchilik ovozini olgan o’quvchilarning ma’lumotlariga ishlov beriladi, ya’ni ulardan ham N, M, K ko’rsatkichlari chiqariladi. Har bir jadvalga har xil yo’nalishdagi bolalar saralanganini inobatga olsak, eng ko’p ovoz olgan bola sinf bo’yicha shu sohaning eng ilg’or o’quvchisi ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Lekin "eng ko’p ovoz olgan" degan iborani aniqlashtirish jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldiki, agar sinfning yarmidan ko’p qismi ushbu o’quvchi uchun ovoz bergan bo’lsa, unda shu o’quvchi aynan shu sohaning zukko o’quvchisi deb tan olinishi mumkin. Ko’p yillik tajribalar shuni kursatmoqdaki, matritsalarda 50 va undan ortiq foiz ovoz olgan o’quvchilar aksariyat paytda o’quvchilar va maktab jamoatchiligi nazariga tushgan, faol, shu soha predmetlari bo’yicha ilg’or o’quvchilardir Shu sababli, har bir matritsada tajribada ishtirok etgan barcha o’quvchilarning yarmi va undan ko’pining ovozini olgan (yoki N ko’rsatgichi o’quvchilar sonining 50 foizidan ortiq bo’lgan) o’quvchining natijalari belgilab qo’yiladi. Bir matritsada N ko’rsatgichi 50 va undan ortiq foizni tashkil qiladigan o’quvchilar ba’zan 2—3 nafar yoki ko’proq bo’lishlari mumkin, ba’zan esa matritsada shu sinfda 50 foiz ovoz olgan o’quvchi chiqmasligi ham mumkin. Shuni nazarga olganda eukkolikning 50 foizlik mezoni biroz yuqoriroqdek tuyuladi. Lekii haqiqatan ham zukkolar miqdori ko’psonli o’quvchilar guruhini taxlil qilib chiqqanda 10—15 foizdan ortmaydi. Bu ko’rsatgich normal taqsimlanish qonuniyati doirasida ekanligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, yettita birlamchi jadval—matritsaga ma’lum tartib bilan barcha o’quvchilardan olingan ma’lumotlarni kiritgan bo’ldik va har bir matritsaning oxirida N, M, K ko’rsatgichlarini chiqarib ularning orasidan 50 va undan ortiq foiz ovoz olgan o’quvchilarning «N» ko’rsatgichlarini belgilab qo’ydik. Shu bilan ikkinchi bosqich ishlovlari ham tugaydi. Endi navbatdagi bosqich yetti matritsaning har biridan ajratib olinishi mumkin bo’lgan bolalarning saralanishiga qaratilgan bo’ladi.
Buning uchun yana bitta jadval tuziladi. Ushbu sakkizinchi matritsaga yettita jadvalning har birida zukko deb tan olingan, ya’ni faqat 50 va undan ortiq foiz ovoz olgan o’quvchilarning (N, M, K) ko’rsattichlari ko’chiriladi. Shunda matritsa quyidagi tusni oladi (Jadval 2). Ushbu jadval o’tkazilgan tajribaning yakuniy natijalarini aniq aks ettiradi. Endi bu jadvalda faqat uch va undan ortiq matritsada 50 va undan ortiq foiz ovoz olgan o’quvchilar belgilanadi, xolos. Agar bunday o’quvchi bor bo’lsa, sinf yulduzi deb atalishi kerak. Demak, o’quvchini quyidagi mezonlar asosida sinf yulduzi sifatida tan olish mumkin: 1) uch va undan ortiq matritsada sinf zukkosi sifatida qayd etilgan bo’lishi kerak; 2) sakkizinchi matritsaning oxirgi ustunida umumlashtirilgan N ko’rsatgichi yuqoriligi bilan oddiy zukkolarnikidan albatta ajralib turishi kerak.
Jadval 2.
Jadval 2.

F.I.

A

B

V

G

D

Ye

J

Jami

N

M

K

N

M

K

N

M

K

N

M

K

N

M

K

N

M

K

N

M

K

N

M

K

1.I. Ch.

29

38

1,31























































29

38

1,
31

2.G’. A.

24

53

2,21























































24

53

2,
21

3.K. U.










21

40

1,.90














































21

40

1,
90

4.S. M.



















18

34

1,.89










17

26

1,53

23

32

1,39

18

34

1,89

76

126

1,
67

5. K.Yu.




























19

29

1,53




























19

29

1,
53

Ravshanki, bir o’quvchiga sinf bir marta ham ovoz bermagan (bironta matritsaga nomi tushmagan bola mavjud bo’lgan) bir paytda boshqa o’quvchi 15 — 20 ta, uchinchi bola 40 — 70 ta ovoz to’play olgan bo’lsa, bularning fanlarga bo’lgan e’tiqodlarida, intilishlarida o’z kelajaklariga bo’lgan munosabatlarida, shubhasiz, o’zaro farq bo’lsa kerak degan xulosaga kelish asoslidir. Aynan shu ma’noda metodika bergan ma’lumotlar o’qituvchilarning sinf ilg’orlari haqidagi fikrlari bilan taqqoslab ko’rilishi kerak. Bunday taqqoslashlar ko’p martalab amalga oshirilganda metodika ma’lumotlarining hayotiy ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Agar bolalarga berilgan savollarga z’tibor qilinsa:
1-savolda aniq fanlarga;
2-savolda tabiiy fanlarga;
3-savolda gumanitar fanlarga;
4-savolda badiiy did sohasiga;
5-savolda ijtimoiy sohaga;
6-savolda tillarga;
7-savolda boshqaruv sohasi, pedagogikaga layoqat so’raladi.
Ko’pchilik guruxlarda ushbu savollarning xar biriga javoban 1 — 2 o’quvchini ajratib olish mumkin bo’ladi. Yetti yo’nalishning har biridan sinfning ilg’or, zukko o’kuvchisini aniqlash aynan N ko’rsatkichining miqdoriga bog’liq.
Agar bir savol doirasida bir matritsada sinf bo’yicha atigi 4—5 kishining ism — sharifi keltirilgan bo’lsa, demak sinf ushbu savolga javoban uning zukkolari xaqida yakdillik bildira olgan. Aksincha, agar ma’lum bir savol doirasida sinf 15—20 o’quvchiga ishora qilgan bo’lsa, ya’ni matritsada ko’pchilikning familiyasi 1—4 ovozlar bilan qayd qilingan bo’lsa, demak sinfda ushbu savolga nisbatan zukko deb atashga loyiq o’quvchi yo’k yoki yakdillik yo’q. Ba’zan 50 foizlik ovoz olgan, ya’ni sinf tan olgan, ushbu sohalarda ilg’orlik namunalarini ko’rsattan o’quvchilar ko’p bo’lishi mumkin. Lekin boshqa sinfda aynan shu savoldan 50 foizlik mezon talabiga javob beruvchi bironta o’kuvchi chiqmasligi ham mumkin. Shunday qilib, ma’lumotlarni qayta ishlagan o’qituvchi yoki psixolog yetti matritsa ma’lumotlariga asoslanib, har bir sohaning o’z zukko o’quvchilarini ajratib olishi mumkin.
Olingan ma’lumotlar maktab bo’yicha yig’ilganda, yetti yo’nalishning har biridan o’z qiziqishi va yo’nalganligi bilan ajralib turadigan faol o’quvchilar ro’yxati yuzaga keladi. Maktabning ijodiy jamoasiga, tajribali o’qituvchilarga, kasbga yo’naltiruvchi mutaxassislarga, psixologlarga bu o’quvchilarni, ularning umumiy va kasbiy yo’nalishlari doirasida rivojlantirish bilan shug’ullanish topshiriladi. Aynan shu o’quvchilar olimpiada zahiralari va ishtirokchilaridirlar. Xullas, o’z hududi va Respublikada nom chiqargan maktabning faol o’g’il—qizlari aynan shularning orasidan chiqadi.
Ko’rinib turibdiki, agar olingan natijalar donolik bilan ishlansa, ko’pchilik paytda xulosalar boshqa psixologik testlar ko’rsatkichlariga mos keladigan, ob’ektiv ma’lumotlar beradi.
Bizning nazarimizda bu metodikaniig muxim ijobiy tomonlari quyidagilar:
1. Metodikaning oson o’tkazilishi, uni sinfning oddiy o’qituvchisi ham maxsus tayyorgarlik o’tamay bajarishi mumkin.
2. Metodika hayotiydir. Bu yerda sinf o’quvchilarining nazari va xolisona bergan aholari nazarga olinadi. Shu tufayli, maktab o’qituvchilari yoki tashqaridan kuzatuvchilarga tajriba natijalari kutilmagan bo’lishi mumkin.
3. Metodika yetarli darajada ob’ektiv ma’lumot beradi. Saralash mexanizmi undayki, 50—70, ba’zan 90 va undan ortiq marta o’z sinfida «ovoz» olgan bola, ya’ni nomi tilga olinganbola ajratib olinadi, holbuki, o’sha sinfda hech kimning nazariga tushmagan bola xam bo’lishi mumkin. Kuzatuvchi va o’qituvchilar, o’quvchilar bilan tanish bo’lmagan tadqiqotchilar uchun ushbu metodika yordamida sinf «yulduz»larini ma’lum bir o’lchov birliklarida, raqamlarda ifodalagan holda ajratib borishlari mumkin.
Metodikaning kamchiliklari ham yo’q emas. Ba’zan kutilmagan natijalar ham bo’lishi mumkin. Masalan, ushbu metodikani yangi shakllangan sinflarda o’tkazib bo’lmaydi, chunki bolalar o’zaro bir—birlarini yaxshi bilishlari kerak. Ikkinchi tomondan har bir sinfning o’z "yulduz"lari bo’ladi va ular sinfning o’z o’lchamida ajratib olinadi. O’qituvchilar tili bilan aytganda, yaxshi sinfning "yulduz"ini yomon sinfning "yulduz"i bilan tenglashtirib bo’lmaydi, lekin shu "yulduz" shubhasiz, o’z sinfining ilg’or o’quvchisidir.
Bu kamchilik maktabda o’tkaziladigan kundalik tashxis ishlarining sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi, balki, aksincha, olingan natijalar boshqa metodikalar yordamida olingan ma’lumotlarni to’ldiradi. Shu bilan birga hisoblash usulining soddaligi, oson bajarilishi metodika natijalarini qayta ishlash jarayonining psixologdan ko’p mehnat talab qilishi bilan qoplanadi.
Metodikaning "K" yoki «N», «M» ko’rsatgichlari empirik ma’lumotlar bo’lganligi sababli birortasidan ham aqliy imkoniyat saviyasini o’lchaydigan to’laqonli shkala sifatida foydalanib bo’lmaydi. Bu esa olingan natijalarni ilmiy — tadqiqiy maqsadlarda statistik jihatdan miqdoriy tahlil etishga, shaxsning boshqa xususiyatlari bilan o’zaro aloqadorligini keng o’rganishga ba’zan to’sqinlik qiladi. Shu sababli ushbu metodika tadqiqiy maqsadlarda ishlatilganda uning ma’lumotlaridan sifat tahlili usulida foydalanishni
taqozo etadi.

Download 37,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish