1-Amaliy mashg’ulot bo’yicha



Download 163,44 Kb.
Sana12.12.2022
Hajmi163,44 Kb.
#883929
Bog'liq
1 Web ilova yaratishga xizmat qiluvchi web dasturlar haqida umumiy ma’lumotlar-1


1-Amaliy mashg’ulot
Web ilovalar ishlab chiqishga xizmat qiliuvchi web dasturlar
Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o’rganishni Web-dizaynning
quyidagi uchta tushunchasini o’rganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server. Web-sahifa – o’zining unikal manziliga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brauzer) ko’riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika,ovoz, video yoki animatsiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin. Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni mijozga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. Biz Internet tarmog’idagi Web-sahifalarni ko’rishimiz uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi Internet xizmatdan foydalanamiz. World Wide Web (WWW, Butun dunyo o’rgimchak to’ri) – bu mijoz-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir. Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni belgilili til tasnifi bilan boshlaymiz. Bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar belgili tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipermurojaatlar) ta’minlashdan iborat.

1-rasm Web texnologiyalarining sinifikarsiyasi


HTML (HyperText Markup Language). Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotlarni va HTML hujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni tahrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW dagi eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar o’z ichiga matnli fayllar, grafik ma’lumotlar va boshqalarni oladi. Hujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi. Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-hujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi.


PHP (Personal home page). PHP – bu serverda qayta ishlanuvchi ssenariylar tilidir. ASP kabi PHP kodlar ham bevosita HTML-hujjatni tarkibiga qo’shiladi. Ushbu tilning nomi Personal Home Page Tools so’zlarining qisqartmasidan olingan. PHP da C va Perl tillarida uchragan bir qator muammolar
hal etilgan, bundan tashqari, PHP ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun juda qulay vositadir. Umuman olganda Perl, PHP – ochiq tizimli tillar hisoblanadi va ularni dasturchilar modernizatsiyalashtira oladi.

XML (eXtensible Markup Language). XML tili ham HTML tiliga o’xshash til hisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o’zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma’lumotlar joylashtiradi. XML- teglar harflar katta kichikligini farqlaydi.


XHTML (eXtensible HyperText Markup Language). XHTML tili HTML va XML tillarining birlashmasini tashkil etadi. XHTML tilida yozilgan hujjatning tashqi ko’rinishi platformaga bog’liq (Windows, Mac yoki Unix) ravishda o’zgarib ketmaydi. Shunga qaramay XHTML tarkibida HTML diskriptorlardan foydalaniladi. Bugungi kunda mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun yangi til ishlab chiqilgan bo’lib, u WML (Wireless Markup Language) deb ataladi; CDF (Channel Definition Format) - Microsoft ishlab chiqqan brauzerlarda push-kanal hosil qilishda qo’llaniladi.


HTML nima?





  • HTML kengaytmasi Hyper Text Markup Language degan ma'noni anglatadi

  • HTML veb-sahifalarni yaratish uchun standart belgilash tillaridan biri hisoblanadi

  • HTML Web-sahifaning tuzilishini tavsiflaydi

  • HTML elementlari brauzerga kontentni qanday ko'rsatishni tavsiflaydi

  • HTML elementlari "sarlavha", "paragraf", "havola (link)" va boshqalar kabi kontentlarini qismlarini belgilaydi.

HTML dasturida yozilish tartibi



1-Amaliy mashg’ulot bo’yicha


Assalomu alaykum Hurmatli talabalar

Mening birinchi amaliy mashg’ulot bo’yicha vazifam

hujjatning tanasini belgilaydi va sarlavhalar, paragraflar, rasmlar, giperhavolalar, jadvallar, ro'yxatlar va boshqalar kabi barcha ko'rinadigan tarkiblar uchun xizmat ko’tsatadi.


  • Element 

    katta sarlavhani belgilaydi

  • Element 
    matn (ma’lumotlarni) yozishga xizmat qiluvchi element

    Eslatma: Ba'zi HTML elementlarida tarkib yo'q (masalan,
    elementi). Bu elementlar bo'sh elementlar deb ataladi. Bo'sh elementlarning yakuniy yorlig'i yo'q hisobi!




    Notepad yoki TextEdit, Sublime yordamida HTML tilida yozish kerakmi ???

    Professional HTML muharrirlari yordamida veb-sahifalarni yaratish va o'zgartirish mumkin. Biroq, HTMLni o'rganish uchun Notepad (PC) yoki TextEdit (Mac) Sublime kabi oddiy matn muharririni tavsiya qilamiz. Oddiy matn muharriridan foydalanish HTMLni o'rganishning yaxshi usuli deb hisoblaymiz.


    Bloknot yoki TextEdit yordamida birinchi veb-sahifangizni yaratish uchun quyidagi amallarni bajaring.

    1-qadam: Bloknotni (Wordpad, Notepad++) ochamiz Windows 8 yoki undan keyingi versiyalarida ishlatilganda: Pusk menyusini oching (ekraningizning pastki chap tomonidagi oyna belgisiga). Bloknot deb yozing.


    2-qadam: Bloknot oynasiga quyidagi HTML kodni bloknotga yozing yoki nusxa ko'chiring:





    My First Heading



    My first paragraph.

  • Download 163,44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:




  • Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish