1-amaliy mashg’ulot: Boshlang’ich sinflarda imlo qoidalari fanining predmeti va vazifalari. To’g’ri yozish tamoyillari . To‘g‘ri yozishni o‘rgatish yo‘nalishlari
QO‘SH UNLILAR Arab-fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarda unli tovushlar yonma-yon va qo‘shaloq holda kelishi mumkin. Masalan: A) faoliyat, faol, jamoa, itoat, shoir, majmua, memuar, voqea, doimo, mushoira. B) badiiy, inshoot, matbaa, mudofaa, mutolaa, manfaat, murojaat, taalluqli, taassurot, taassuf
UNDOSH TOVUSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI. Undosh tovushlar turlari va ovozning ishtirokiga ko‘ra belgilanadi. Undosh tovushlar tarkibida shovqin miqdori ovozga nisbatan ko‘p bo‘lsa yoki ovoz mutlaqo qatnashmasa, bunday tovushlar shovqinlilar deb nomlanadi. Agar ovoz miqdori ustunlik qilsa, bunday tovushlar sonor (ovozdor) sanaladi. Bular m, n, ng, l, r undoshlaridir. Shovqinli undoshlar ovozning ishtirokiga ko‘ra jarangli va jarangsizlarga bo‘linadi. Jarangli undoshlar tarkibida shovqin bilan birga ma’lum darajada ovoz ham ishtirok etadi: b, v, g, d, j, z, y, g‘. Jarangsiz undoshlar ovoz mutlaqo qatnashmaydigan, faqat shovqindangina iborat bo‘lgan tovushlardir: k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h. Nutq paytida ba’zan jarangli tovushlar jarangsizlar bilan o‘rin almashadi: sabab-sabap, maqsadmaxsat, miting-mitink kabi. Undosh tovushlar nutq a’zolarining biror yerida to‘siqqa uchrab, shu to‘siqda portlab yoki sirg‘alib o‘tib ketishiga ko‘ra ham tavsiflanadi. Ikki nutq a’zosining ji pslashuvi natijasida o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining zarb bilan portlab o‘tishidan portlovchi undoshlar hosil bo‘ladi. Bular b, g, d, j, k, p, t, ch, q tovushlaridir.
Portlovchilar portlashning xususiyatiga qarab sof va qorishiq portlovchilarga ajraladi. Sof portlovchilar bir usul — portlash usuli bilan paydo bo‘ladi: b, g, d, k, t, p, q.
Qorishiq portlovchilar ikki usul asosida — to‘la bo‘lmagan portlash va undan keyin sirg‘alish natijasida vujudga keladi: d+ j – dj, t + sh – ch. Ikki nutq a’zosining o‘zaro jipslashmasidan, bir-biriga yaqinlashishi natijasida havo oqimining ular orasidan ishqalanib-sirg‘alib chiqishidan sirg‘aluvchi undoshlar hosil bo‘ladi. Bular v, f, j, sh, z, s, y, x, h, g‘ tovushlaridir.
B—P UNDOSHLARI B(b) harfi lab-lab, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So‘z o‘rtasida va, asosan, so‘z oxirida jarangsizlashib p tarzida aytilsa ham doimo b yoziladi. Masalan: sababsabap, javob-javop, zarb-zarp, mubtalo-muptalo, ibtido-iptido kabi. P(p) harfi lab-lab, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Bu tovush ko‘pincha b va f undoshlari o‘rnida talaffuz qilinsa ham, asliga ko‘ra b va f yoziladi. Qarang: kelib-kelip, g‘arb-g‘arp, insof-insop, ulfat-ulpat kabi.
V—F UNDOSHLARI V(v) harfi lab-lab, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Sof o‘zbekcha so‘zlarda va so‘z boshida kelmaydi, arab-fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarda esa turli o‘rinlarda kela oladi: vaqt, vafo, tavsif, sovun, qovurg‘a kabi. Hozirda bu tovushning lab bilan tish orasida aytiladigan varianti keng qo‘llanmoqda. Shuning uchun so‘z oxirida keluvchi v so‘zlashuv nutqida p yoki f ga o‘tadi, ammo qoidaga muvofiq v yoziladi. Masalan: Norqulov-Norqulop, OlimovOlimof, avtomat-aptomat, kooperativ-kooperatip kabi.
F(f) harfi lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Talaffuzda ba’zan p ga o‘tsa ham, f yoziladi. Masalan: fasl, safar, futbol, latif, isrof, insof kabi.
G—K UNDOSHLARI G(g) harfi til orqa, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So‘z oxirida jarangsiz k kabi eshitiladi, ammo yozuvda g tarzida yoziladi. Masalan: barg, tug, pedagog, eg kabi. Imlo qoidasiga ko‘ra, oxiri g bilan tugagan so‘zlarga g undoshi bilan boshlanuvchi -ga, - gacha, -gach, -gan, -gina kabi qo‘shimcha qo‘shilganda k tarzida talaffuz qilinsa ham asliga muvofiq g yoziladi. Qarang: bargga, egguncha, dialoggacha, tuggin. K(k) harfi til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Oxiri k bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda k jaranglashadi va g tarzida aytiladi hamda shunday yoziladi. Masalan: yurak-yuragim, tilaktilagim, bek-begim kabi.
D—T UNDOSHLARI D(d) harfi til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So‘z oxiridagi d doimo jarangsiz talaffuz qilinadi. Biroq asliga muvofiq d yozilaveradi: band-bant, xursand-xursant, avlod-avlot kabi. So‘zning oxirida d tovushidan oldin n kelsa va bunday so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilsa d talaffuz etilmaydi, ammo yoziladi: payvanchi-payvandchi, balanroq-balandroq, xursanchilik-xursandchilik kabi. T(t) harfi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh. So‘z oxiridagi t talaffuzda ko‘pincha tushib qoladi. Biroq asliga muvofiq yozilaveradi: do‘st-do‘s, daraxt-darax kabi. Bunday so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilganda ham talaffuzda t undoshi eshitilmay qoladi, ammo bu hol ham imloda aks etmaydi: do‘slik-do‘stlik, dasro‘moldastro‘mol, mashinisga-mashinistga kabi. Jonli nutqda t bilan tugagan so‘zlarga ch undoshi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar qo‘shilganda t ning ham ch ga aylanish hodisasi yuz beradi: sutchi-suchchi, yigitcha-yigichcha, uyatchan-uyachchan kabi.
Z—S UNDOSHLARI Z(z) harfi til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Jonli nutqda so‘z oxirida kelgan z tovushi jarangsizlanib, s tovushiga moyil talaffuz qilinadi, biroq asliga muvofiq z yozilaveradi: boramiz-boramis, og‘izog‘is kabi. Bu holatni z bilan tugallangan o‘zakka jarangsiz undoshlar qo‘shilganda ham kuzatish mumkin: yuz so‘m-yusso‘m, so‘zsiz-so‘ssiz, izchilischil kabi. S(s) harfi til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. E, i unlilaridan oldin kelganda yumshoq talaffuz etiladi: sezgi, sekin, silamoq, sim kabi.
J—SH UNDOSHLARI J(j) harfi til oldi, qorishiq, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Sof o‘zbekcha so‘zlarda qorishiq tovush tarzida, forscha-tojikcha va ruscha o‘zlashmalarda sirg‘aluvchi tovush kabi talaffuz qilinadi. Qiyoslang: jon, ajoyib, jajji, ajdar, mujda, janr. Jonli nutqda ch yoki sh tovushlariga moyil aytiladi, ammo asliga muvofiq j yoziladi. Masalan: toj-toch, boj-boch, ijtimoiyishtimoiy, garaj-garach, massaj-massash kabi. 2—Ona tili va adabiyot (koll.) 34 Sh(sh) harfi til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Til oldi undoshlari bilan kelganda yumshoq, orqa qator unlilar bilan yonma-yon kelganda esa qattiq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Masalan: shirin, ishkal, shol, sho‘x kabi. Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda yumshoq va cho‘ziqroq aytiladi va doim sh yoziladi: meshchan, plash, borsh, obshina kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |