Kirgizma funksiyalarni qo‘llash
MathCAD tizimida ko‘pgina kirgizma funksiyalar mavjud. Xato, kamchiliklarga yo‘l
qo‘ymaslik uchun funkstiyaning nomini klaviaturadan kirgizmaslik tavsiya etiladi. Ko‘p
ishlatiladigan sin, cos, tg, ln va boshqalarni “Calculator” instrumentlar panelidan foydalangan
holda berish mumkin. Boshqa funksiyalarni“Insert” yoki “f(x)” buyruqlari bilan kiritish lozim
bo‘ladi. Buyruq taqdim etadigan darchada foydalanuvchi funkstiyaning toifasini belgilashi, uning
yozilish namunasi bilan tanishish, so‘ngra kerakli tanlovni aniqlashtirishi mumkin. Mana
shulardan so‘ng tizim foydalanuvchiga zaruriy parametrlarni yozish lozim bo‘lgan shablonni
taqdim etadi.
Funksiya xususiyati qiymatni qaytarishdir, ya’ni unga yuzlanilganda u o‘zining qiymatini
qaytaradi.
“Insert” -> “Function” qo‘yilma funksiya buyrug‘ining
ishchi darchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |