O‘zgaruvchilarni va foydalaniladigan funksiyalarni aniqlash
MathCAD tizimida boshqa istalgan dasturlash tillaridagidek, xotiraning har bir uyachasiga
bitta nom identifikator mos keladi. U esa tizimning o‘rnatilgan so‘z tartibiga monand holda
tanlanadi. MathCADda identifikatorlari lotin yoki grek alfavitining harflaridan va raqamlaridan
tuzilgan bo‘lishi, ammo boshlang‘ich holatda faqat harf turishi mumkin.
Identifikator tizimdagi xizmatchi so‘zlar bilan ustma-ust tushmasligi darkor. MathCAD
kichik va bosh harflarni ajrata olishini ko‘zdan qochirmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |