1-Amaliy mashg’ulot: abt yoki art ni adabiyotlar tahlili asosida prinsipial sxemasini tanlash, funksional elementlarga ajratish, funksional sxemasini tuzish



Download 96,5 Kb.
Sana20.01.2022
Hajmi96,5 Kb.
#392602

1-Amaliy mashg’ulot: ABT yoki ART ni adabiyotlar tahlili asosida prinsipial sxemasini tanlash, funksional elementlarga ajratish, funksional sxemasini tuzish
ABTning sifatli ishlashi tizim elementlarining to‘g‘ri tanlanishiga bog’liq. Buning uchun boshqaruvchi obyekt va boshqarish qurilmasining barcha elementlarini xarakteristikalarini bilish kerak.

Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun talaba birinchi navbatda o‘xshash turdagi ABT(yoki ART)larning prinsipial sxemalari asosida ularning tuzilishi va ishlashini bilishi talab etiladi. Avtomatik boshqarish qurilmalari (ABQ) ma’lum bir vazifalar (funksiyalar)ni bajaruvchi alohida elementlardan tashkil topgan. ABT yoki ART funksional elementlarga ajratishda tizimdagi avtomatik boshqarish yoki avtomatik rostlashda ishtirok etuvchi har bir elementning nomi, tuzilishi va ishlashi o‘rganiladi, elementlarning vazifasiga ko‘ra funksional elementlarga ajratadi. Sxemalarda funksional elementlar ichiga nomlarning bosh harflari ko‘rsatilgan holda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida (bundan faqat taqqoslash elementi mustasno, u element o‘rtasida kesishuvchi ikki chiziq chizilgan aylana shaklida) ifodalaydi.

Tizimning funksional sxemasini tuzishda funksional elementlar ajratib olingandan so‘ng, ularning kirish va chiqish kattaliklari va bu kattaliklarini elementlararo uzatish yo‘nalishi aniqlab olish va shartli belgilar bilan ifodalash lozim bo‘ladi.

Umumiy holda ABT funksional sxemasini tuzish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1) tizimni tashkil etuvchi funksional elementlarga ajratib olinadi;

2) har bir funksional elementlar, hamda BO uchun kirish va chiqish kattaliklari aniqlanadi;

3) bu kattaliklarning bir elementdan boshqasiga o‘tish yo‘nalishi va tartibi aniqlab olinadi;

4)yuqorida aniqlangan elementlarning qisqacha nomi va kattaliklarning fizik ko‘rinishidagi belgilari aniqlanib, ularning sxemalari tuziladi. Barcha elementlar sxemalaridan foydalanib va kirish hamda chiqish kattaliklarining uzatish yo‘nalishlarini hisobga olgan holda tizimning funksional sxemasi tuziladi.

Ushbu vazifani idishdagi suyuqlik satxini ART misolida ko‘rib chiqamiz.

Idishdagi suyuqlik satxini elektr rostlagichli ARTning prinsipial sxemasi 1-rasmda keltirilgan [1].



ART ni ishlash prinsipi tavsifi.Qalqovuch(1)ning richagi elektr manbaga ulangan potensiometr(4)ning qo‘zg‘aluvchan kontakti bilan bog‘langan. Potensiometrning qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas kontaktlari neytral (bir-biriga ro‘paro, 1-rasmdagidek), ya’ni tarmoq elektr manbadan uzilgan holatda bo‘lganda suyuqlik satxi kerakli me’yorga sozlanadi. Bu me’yor topshirgich element(5) yordamida belgilanadi. Suyuqlik satxi ushbu belgilangan me’yordan oshsa yoki kamaysa qalqovuch qo‘zg‘aluvchan kontakt holati o‘zgartiradi, ya’ni neytraldan o‘tib siljiydi


1- rasm. Idishdagi suyuqlik satxini elektr rostlagichli ART ning prinsipial sxemasi: 1- qalqovuch; 2- to‘sgich; 3 – elektrdvigatel; 4-potensiometr; 5 - topshirgich.
Bu holatda potensiometrdan ma’lum qiymatli elektr kuchlanish elektrdvigatel(3)ga keladi. Elektrdvigatel reduktor orqali to‘sgich(2) bilan bog‘langan. Elektrdvigatel vali kerakli tomonga aylanib to‘sgichni mos tomonga siljitadi. To‘sgich o‘z navbatida rezurvuar(bak)ga kelayotgan suyuqlik miqdorini o‘zgartiradi, natijada suyuqlik satxi o‘zgarib qalqovichni, u esa richagi orqali qo‘zg‘aluvchan kontaktni avval siljigan yo‘nalishga teskari tomonga siljitadi va qo‘zg‘aluvchan kontakt yana qayta neytral holatga kelganda elektrdvigatel vali aylanishdan to‘xtaydi.

ARTni funksional sxemasini tuzish uchun boshqariladigan ob’ektni, boshqarish qurilmasining funksional elementlarini va ularning kirish va chiqish kattaliklarini, shuningdek, ushbu kattaliklarining uzatish yo‘nalishlarini aniqlab olamiz va shartli belgilar bilan ifodalaymiz.

1) Boshqariladigan ob’ekt(BO) - suyuqlik solingan idish (rezervuar), uning uchun kirish kattaligi to‘sgichning siljishi yoki elektrdvigatel valini aylanish burchagi( ) bo‘ladi, chiqish kattaligi - ARTning boshqariladigan kattaligi- idishdagi suyuqlik satxi(N )



2)Qabul elementi(QE) - qalqovuch, kirish kattaligi idishdagi suyuqlik satxi(N ), chiqish kattaligi qo‘zg‘aluvchan kontaktni siljishi(lqk).



3) Topshiriq beruvchi element(TE)- topshirgich. Topshirgich potensiometrning qo‘zg‘almas kontaktini holatini o‘zgartirish yo‘li bilan chiqish kattaligi uchun etalon qiymat hosil qilib beradi. Qo‘zg‘almas kontakt holati koordinatasi yoki siljish kattaligi (lqsk) TE uchun chiqish kattaligi bo‘ladi.




4)Taqqoslash elementi(TqE)- potensiometr, ikkita kirish kattaligiga ega, bular qo‘zg‘almas(lqsk) va qo‘zg‘aluvchan(lqk) kontaktlar siljishlari, chiqish kattaligi- ular orasidagi farq( l).

5)Kuchaytiruvchi element(KE) vazifasini ham potensiometr bajaradi, KE uchun kirish kattaligi – potensiometrning qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas kontaktlari siljishlari farqi( l), chiqish kattaligi - potensiometr chiqishidagi elektr kuchlanish(U)



6)Ijro elementi(IE) vazifasini ushbu ARTda elektrdvigatel bajaradi, uning uchun kirish kattaligi potensiometrdan kelayotgan kuchlanish(U), chiqish kattaligi esa elektrdvigatel valining aylanish burchagi( ) bo‘ladi.



Aniqlangan funksional elementlar sxemalaridan foydalanib, kirish hamda chiqish kattaliklarining uzatish yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ARTning funksional sxemasini tuzamiz.




2–rasm. Idishdagi suyuqlik satxini elektr rostlagichli

ART ning funksional sxemasi
Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish