Reanimasiya ( jonlantirish) narkoz, operasiya, tasodifiy travma zaharlanish bilan bog’liq asoratlar natijasida yuz beradigan klinik o’limda organizmni tiriltirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi tushiniladi. Turli a’zolarning o’lishi asta-sekin ro’y berishi va qon aylanishi to’xtashi bilan bir vaqtda sodir bo’lmasligi aniqlangan. Gipoksiyaga bosh miya eng sezuvchan.Bosh miya hujayralari qon aylanishi to’xtagandan so’ng 5 – 6 minut o’tgach qaytmas o’zgarishlarga uchraydi. Shunga ko’ra klnik va intensiv o’lim farq qilinadi..
Klinik o’lim deganda yurak va nafasning to’xtashi tushiniladi. Bunday holatda hayot hali so’nmagan bo’ladi va hayot faoliyatini to’la tiklash imkoniyati bo’ladi. Klinik o’lim intensiv o’limga o’tishi mumkin, organizmning protsess endi qaytmaydigan holatidir. Nafas olish va yurak faoliyatining to’xtashidan tashqari, murda dog’lari va murdaning qotishi biologic o’limning alomati hisoblanadi.Klinik o’lim birdaniga yuz bermay balki bir qator fazalar agonal va agonal oldi fazalar o’tadi.
Agonal oldi fazasida es-hushi saqlangan, biroq tormozlanish bo’ladi, arterial bosim past, tomir urishi sust, tez, hansirash, nafas ritmi buzilgan bo’ladi. Bu faza bir necha minutdan bir necha sutkagacha davom etadi.
Agonal faza es – hushi kirarli- chiqarli bo’lib ko’z qorachiqlari kengaygan, yorug’likni sezmaydi. Arterial bosim aniqlanmaydi, tomir urishi qo’lga urinmaydi, yurak tonlari bo’g’q, nafas siyrak va yuzaki bo’ladi. Bu holat bir necha minutdan bir necha soatga cho’zilishi mumkin.
Klinik o’lim yuz berganda nafas va pulsni aniqlab bo’lmaydi.Bosh miyada gipoksiya boshlanayotganini qorqchiqning keskin kengayishidan payqash mumkin. Davo tadbirlarini qoraqchiqnining kengayishiga qadar boshlash zarur. Klinik o’lim davri 5-7 minit davom qiladi.
Terminal holat- yig’ma tushuncha bo’lib, hayitiy funksiyalarning haddan tashqari pasayib ketishi bilan xarakterlanadi va predagona, agonal fazalar, shuningdek klinik o’limni oz ichiga oladi.
Yurak-o’pkanihg reanimasiya qilish bir necha bosqichdan iborat:
Nafas yo’llari o’tkazuvchanligini tiklash;
Shikastlangan odam o’pkasiga havo ( kislorod)ni aktiv puflash metodi bilan o’pkani sun’iy ventilyasiya qilish:
Yurakni tashqaridan massaj qilish yo’li bilan qon aylanishini sun’iy ravishda quvvatlab turish.
Dori vositalarini kiritish, elektrokardiogramma qilish, defibrillyasiya qilish.
Organizmning hayotiy muhim funksiyalarini quvvatlab turish va barqarorlashtirishga q1aratilgan reanimasion davrdan keyingi ntensive terapiya.
Reanimasion tadbirlar vaqtida o’pkaning suniy ventilyasiyasi bilan yurak massajini birga qo’shib olib borilishi kerak. Bu ishni 2 kishi bajarsa 1:5 bo’lishi kerak. Reanimasion tadbirlar otkazishda brigade aniq, tez harakat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |