Disketni formatlash
Asosan yumshoq disketlarni birinchi marta ishlatishdan oldin disk bilan operatsion tizim orasida muloqatga imkoniyat yaratish diskni formatlash lozim. Disketni formatlashdan asosiy maqsad:
yangi disketni ishga tayyorlash, sistemali disket tayyorlash, disketni tozalash va uning yaroqsiz qismlarini belgilash. Qatiq disk(vinchester)ni ishlatishga tayyorlashni sistemachi dasturlovchi bajarishi lozim.
Windows OTda A: disketni formatlash uchun uning
ishchi stolidagi Мой компьютер yorlig’iga kiriladi va
belgisida sichqonchaning o’ng tugmachasi bosiladi. Ekranda paydo bo’lgan buyruqlar to’plamidan Форматировать buyrug’i tanlanadi va muloqat oynasidan formatlash o’lchami(1.44 MB(3,5) yoki 720 KB(3,5)) va usuli tanlanadi, hamda Начать tugmachasi bosiladi.
Disketni formatlashda tezlikda(disk mundarijasini tozalash) yoki to’liq(buzilgan sektorlarni sozlaydi) formatlash usullaridan birini tanlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |