1. amaliy ish. Yuk lokomativlarning tormoz sxemasi tuzilishini o‘rganish. Yo‘lovchi lokomotivlari tormoz sxemasi tuzilishini o‘rganish Ishning maqsadi


Yuk lokomotivlarining tormoz uskunalari



Download 1,28 Mb.
bet2/3
Sana08.11.2022
Hajmi1,28 Mb.
#862357
1   2   3
Bog'liq
1 - Amaliy ish

2.1. Yuk lokomotivlarining tormoz uskunalari.


Bir seksiyali eletrovoz va teplovozlar. Misol tariqasida zamonaviy bir seksiyali yuk lokomotivlari uchun namunaviy bo‘lgan M 62 teplovozining va VL 60 elektrovozining tormoz uskunalari sxemalarini ko‘rib chiqamiz.
M62 teplovozi (2.1. - rasm) yuk turidagi avtomatikli tormozi № 394 mashinachi krani va № 270 - 005 - 1 havotaqsimlagichi, shuningdek № 254 yordamchi to‘g‘ri ta’sir qiluvchi tormoz krani bilan jihozlangan. Bundan tashqari har bir mashinachi kranida tegishli telejka g‘ildiragiga ta’sir qiluvchi qo‘l tormozi mavjud.



2.1. – rasm Yuk turdagi M62 bir seksiyali teplovozning tormoz uskunalari sxemasi
Siqilgan havo manbai bo‘lib KT 7 turidagi kompressor 7 hisoblanib, u bosh dizelning kalenli validan keltirgichi bilan jihozlangan. Umumiy hajmi 1110l bo‘lgan beshta bosh rezervuarlar 13 havoni yaxshi sovitish uchun ketma – ket ulangan. Kompressordan bosh rezervuarlarga bosimli havoquvurlarida va kompressor sovitgichlarida uchta № E - 216 saqlash klapanlari 6, ajratish krani 14 (bir rezervuarni yopish uchun) va iste’mol magistraliga 18 quvurli o‘tkazgichda bosh rezervuar ortiga o‘rnagilgan № E - 120 moyajratgichi 15 joylashgan.
Iste’mol magistralidan № 394 mashinachi kraniga 1, № 254 yordamchi tormoz kraniga 2, № EPK - 150 avtostop 4 elektropnevmatik klapaniga, № ZRD bosim regulyatoriga 11 va yordamchi uskunalarga, elektrovozni boshqarish apparatlariga, qum idishiga, signallar va boshqalarga otvodlar mavjud ( ular 4.1 - rasmida ko‘rsatilmagan).
Tormoz magistrali 17 iste’mol magistrali bilan hajmi 20 l tenglashtirish rezervuari 26 ulangan mashinachi krani 1 aloqalanadi.
Tormoz magistraliga ajratish krani orqali № 270 - 005 - 1 havotaqsimlagichi 55 l hajmli g‘amlama rezervuar 9 bilan ulangan, shuningdek № AK-11B bosim regulyatori 12, SL-2M turidagi tezlik o‘lchagich 25 va № EPK-150 avtostopi 4 klapani. AK-11B bosim regulya­tori tormoz magistralidagi bosimni pasayishi 0,3-0,35 MPadan kamayganda teplovoz tortish generatoridan yuklanishni olish uchun mo‘ljallanganligi bu holatda boshqaruvning avtomatik o‘chiruvchisi hisoblanadi va magistraldagi bosim 0,48-0,5 MPa bo‘lmagunga qadar generatorni yuklanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Yordamchi tormoz magistrali 20 № 254 kranlari 2 bilan va aj­ratish krani orqali - havotaqsimlagich 10 va hajmi 6 l qo‘shimcha re­zervuar 8 bilan ulangan.
Tormoz silindrlari 24 magistrali 19 iste’mol magistrali 18 bilan ajratish krani, havoli filtr 3 va № 254 krani 2 orqali ulangan. Komprsssorlarning blokirovka magistrali 5 teplovozning ikki chetidan otvodlarda va iste’mol magistraliga o‘rnatilgan uchta ajratish kraniga ega.
Barcha 5, 17, 18, 19 va 20 magistrallari ikkilamchi tortishli lokomotivda yoki poezd magistrallari bilan tegishli birlashma uchun chetki kranlari 16 bo‘lgan rezina to‘qimali birlashtirish engchalari bilan jixozlangan.
Tormoz uskunalari quyidagicha ishlatiladi.
Kompressor 7 ishlaganda atmosfera havosi filtrlar orqali so‘riladi, siqiladi va bosh rezervuarlarga 13 singdiriladi. Undagi havo bosimi 0,85 MPa ga etsa, bosim regulyatori 11 kompressorni bekor ishlashiga o‘gkazadi va faqat rezervuardagi bosim 0.75 MPaga kamaytirilganda kompressor qaytadan ishga tushiriladi. Saqlash klapanlari 6 ,agar bosim regulyatori qoniqarsiz ishlasa, qaytadan ishlab ketishi uchun 1,05 MPa bosimda tormoz sistemasini ortiqcha yuklaiishdan himoya qilish uchun kompressor va bosh rezervuar orasiga joylashtiriladi. Bosh rezervuarlardan siqilgan havo moy ajratgich 15 orqali iste’mol magistrali 18 bo‘yicha mashinachi kraniga 1 va yordamchi tormozga 2 keltiriladi.
Tormozni zaryadlash uchun mashinachi krani ushlagichini I holatga o‘rnatiladi. Bunda havo iste’mol magistralidan 18 mashinachi krani orqali tormoz magistraliga 17 va undan havotaqsimlagichga 10 va poezd lokomotividagi va vagondagi g‘amlama rezervuarlarga keladi. Bir vaqtning o‘zida drosselli teshikchalar orqali mashinachi kranining tenglashtiruvchi rezervuari 26 zaryadlanadi. Tenglashtiruvchi rezervuar va tormoz magistrali zaryadlanishini bir strelkali ma­nometr nazorat qiladi.
Zaryadlashning so‘ngida mashinachi krani ushlagichini II (poezdli) holatiga o‘tkazadilar, bunda barcha tormoz asboblari va yuk poezdidagi magistral havo o‘tkazgichlarida normal zaryad bosimi 0,53 -0,55 MPa saqlanadi. Bu vaqtda tormoz silindrlari 24 yordam­chi tormoz krani 2 orqali lokomotivda va bevosita havotaqsimlagichlar orqali vagonlarda atmosfera bilan aloqalanadi - tormozlar qo‘yib yuborilgan. Bosh rezervuarlardagi ortiqcha havo bosimi tormoz magistralinikiga nisbatan kattaroq bosimda bo‘lishi, bir xilda zaryadkalash va butun poezd bo‘yicha tormozni tezda qo‘yib yuborish uchun zarurdir.
Tegshovozning poezd bilan yo‘nalganida tormozlar oldingi kabi­na orqali boshqariladi, shuning uchun orqadagi kabinada joylashgan tormoz va iste’mol magistralidagi ajratish 28 va kombinatsiyalangan 27 kranlarini berkitish zarur.
Agar teplovoz ikkilamchi tortishli bo‘lsa, ularning tormoz va iste’mol magistrallarini, shuningdek yordamchi tormoz magistrali va tormoz silindrlarini birlashtirish kerak.
Tormozlash uchun mashinachi krani ushlagichini V holatiga o‘rnatadilar va tenglashtiruvchi rezervuardagi 26 bosimni kamaytira borib, so‘ngra III yoki IV (perekrisha) holatiga o‘rnatadilar. Buning natijasida tormoz magistrali 17 mashinachi krani orqali at­mosfera bilan aloqalanadi va undagi bosim huddi tenglashtiruvchi rezervuardagi kabi kattalikka kamayadi.
Magistral havoo‘tkazgichidagi bosimni kamayishi poezd tormoz tarmoqiga ulangan barcha havotaqsimlagachlarni harakatta keltiradi, ular esa tormoz silindrini atmosfera bilan aloqalanishini to‘xtatadi va ularni g‘amlama rezervuar bilan aloqalaydi Lokomotiv havotaqsimlagichi 10 g‘amlama rezervuarni 9, qo‘shimcha rezervuar 8 va yordamchi tormoz krani 2 bilan birlashtirilgan, magistral 20 bilan aloqalaydi. Bunday holda kran 2 rele kabi, magistraldagi 19 va tormoz silindridagi 24 bosimni havotaqsimlagich orqali magistralda 20 o‘rnatilgan bosimga teng holda avtomatik saqlagan holda ishlay boshlaydi. Bunda tormoz silindrining to‘ldirilishi iste’mol magistrali orqali ro‘y beradi.Silindrdagi 24 va magistraldagi 20 bosimning tenglapggirilishida kran 2 orqali avtomatik aloqalanishi uziladi, ya’ni tormozlash bosqichi tugatiladi. Qo‘shimcha rezervuarning 8 mavjudligi, diametri 356 mm bo‘lgan bir tormoz silindrining normal hajmiga uni yaqinlashtirib, havotaqsimlagich ta’sir qiluvchi hajmni oshiradi. Bu esa poezd tormozlarini mashinachi krani orqali boshkarishda yordamchi tormoz krani ishini yanada stabilligini ta’minlaydi.
Richakli uzatishlar bilan birlashtirilgan tormoz silindrlarini to‘ldirib, siqilgan havo unda porshenni shtoki bilan siljitadi, buning natijasida tormoz kolodkalari g‘ildiraklarga siqiladi.Tormoz silindridagi bosimning oshishi bilan tormoz kolodkalarining siqilish kuchi oshib boradi. Bu kuch silindrlardagi havo bosimi kattaligi bilan aniqlanadi, u esa magistral havoo‘tkazgichidagi bosimni kamayishi darajasiga va havotaqsimlagich ishini uchta - yuksiz, o‘rtacha va yuklangan bosqichlaridan biriga o‘rnatuvchi bosqichli qayta ulagich holatiga bog‘liqdir. Yuklangan bosqichida tormoz magistralidagi bosim 0,38-0,43 MPa dan oshmaydi.
Shunday qilib, lokomotiv mashinachisi, tormoz magistralidagi bosimni to‘g‘irlab, poezddagi zarur tormoz kuchini ta’minlaydi.
Zarurat yuzasidan bosqichli, to‘la hizmatchi yoki tezda to‘xtatish bajariladi. Tez to‘xtatish mashinachi krani ushlagichini VI holatta o‘tkazish bilan bajariladi va bunda tormoz magistralidagi bosim tezda nolgacha pasayadi. Bunda yuk turidagi havotaqsimlagich huddi to‘la hizmat yuzasidan tormozlash kabi harakatlanadi. Leknn poezd bo‘ylab tormozlashning tarqalishi magistralli havoo‘tkazgichnning tez razryadkalanishinn tezlashishi evaziga tezlashadi, yo‘lovchi turidagi havotaqsimlagichlari bilan tormozlashda tez to‘xtatish tezlatgichlari harakatga keltiriladi, ular esa magistralning qo‘shimcha samarali razryadkasini amalga oshiradi, bunga tormoz to‘lqinining tarqalishi sezilarli darajada tezlashadi, demak poezdning tormozlanishi ham.
Tormoz magistralidagi bosimni oshirish bilan to‘la yoki qisman bosqichli qo‘yib yuborishni amalga oshirish mumkin. To‘la qo‘yib yuborish uchun mashinachi krani ushlagichini I holagga o‘rnatadilar va poezdning uzunligi va tormozlash turiga bog‘liq ma’lum muddatgacha ushlab turiladi, so‘ngra II holatiga o‘rnatadilar.
Yordamchi tormoz bilan bittali lokomotiv bilan yurilganda, yoki poezdni buzilgan profil bo‘yicha olib yurilganda foydalaniladi.
Telejkalarga o‘rnatilgan tormoz silindrlari va lokomotiv kuzovida mahkamlangan havoo‘tkazgichlari o‘zaro joylashuvi qulayligi tufayli egiluvchan shlanglar bilan birlashtirilgan. Siqilgan havoni sarflanishini yo‘l qo‘ymaslik va shu shlanglar uzilib ketganda teplovozni tormozlanishini oxiriga etkazish uchun, ularga diametri 5 mm bo‘lgan drosselli teshikchali shaybalar 23 o‘rnatilgan.
Ishlamaydigan holatida transportirovkalashda teplovoz tormoz uskunalariga hizmat ko‘rsatish uchun tormoz uskunalari sxemalarida ajratish krani 21 (“sovuq rezervdagi kran”) va orqaga qaytaruvchi № E-175 klapani 22 ko‘zda tutilgan bo‘lib, u iste’mol va tormoz magistrallari orasida joylashgan 21 kranni ochganda havo, harakatlanayotgan lokomotivdan zaryadlanuvchi tormoz magistralidan orqaga qaytaruvchi klapan 22 orqali iste’mol magistraliga 18 keladi va undan esa faqat beshinchi bosh rezervuarga o‘tadi. Bunday holatda ajratish krani 14 qolgan rezervuarlarni zaryadkalashda siqilgan havoni sarflamaslik uchun yopiq.
Harakatlanayotgan lokomotivdan mashinachi krani orqali tormoz magistralini 17 razryadkalashda havotaqsimlagich 10 ishlab ketadi va ushlagichi poezd holatida bo‘lishi kerak bo‘lgan kranga 2 ta’sir qiladi, bunda havo iste’mol magistralidan 18 kran 2 orqali magistralga 19 kelib, tormoz silindrlarini 24 to‘ldiradi.
VL 60k elektrovozi E- 500 turidagi ikkita kompressor 10 bilan jihozlangan bo‘lib (rasm - 2.2.) undagi siqilgan havo xar birining hajmi 300 l bo‘lgan to‘rtta bosh rezervuarlar 11 kela­di. Rezervuarlarning har guruhidagi singni havoo‘tkazgichlarida orqaga qaytaruvchi № E-155 klapanlari 8 va № E-216 saqlash klapanlari 6 o‘rnatilgan bo‘lib, ular 1MPa bosimga to‘g‘irlab qo‘yilgan. Rezervuarlarda puflash klapanlari 7, ularni har bir komiressorning silindrlari siqish bsqichi orasiga moy ajratgich 9 va bosimi 0,35 MPa ga to‘g‘irlantan № E-216 saqlash klapani o‘rnatilgan. Boshqaruv hajmi 20 lli tenglashtiruvchi rezervuarli №394 mashinachi krani va № 367 blokirovkali uskunasi, shuningdek loko­motiv № 254 yordamchi krani o‘rnatilgan bir xil kabinalarning biridan amalga oshiriladi.

2.2. rasm VL 60 bir seksiyal yuk eletrovozining tormoz uskunalari sxemasi

Har bir kompressor bosh rezervuarlarga 0,9 MPa bosimgacha havo­ni so‘radi. Bunda havo birinchi bosqichli siqish silindridan moy ajratgich 9 orqali ikkinchi bosqich silindriga, so‘ng orqaga qayta­ruvchi 8 klapan orqali - bosh rezervuarlarga 11 keladi; ikkala kom­pressor baravar iste’mol magistralida 13 o‘rnatilgan № AK-11B bosim regulyatori 20 orqali ishga tushiriladi va o‘chnriladi.


Iste’mol magistralidan tashqari elektrovoz bo‘ylab tormoz ma­gistrali 15, shuningdek yordamchi tormoz magistrali 14 (hajmi 7 l bo‘lgan rezervuarы 19 bilan) va tormoz silindrlari 22 joylashtirilgan. Har bir kabinadan iste’mol va tormoz magistralidan № EPK-150 avtostopining klapaniga 5 otvodlarga ulangan.
Lokomotiv va tarkibning tormozlanishi mashinachi krani 3 orqali bajariladi. Tormoz magistralidagi havo bosimi pasaytirilishi bilan poezdning barcha vagonlaridagi havotaqsimlagich ishga tushadi va bevosita tormoz silindrlari bilan birgalikda g‘amlama rezervuarlarga aloqalanadi. Lokomogivdagi havotaqsimlagich 17 yordamchi tormoz magistralli g‘amlama rezervuar 18 bilan va qayta ulovchi № ZPK klapani 21 orqali tormoz silindrlarini 16 is­te’mol magistralidan 13 to‘ldiruvchi kran 4 bilan aloqalanadi.
Bir lokomotivning tormozlanishini kran 4 orqali bajaradilar. Bunda tormoz silindrlarini to‘ldirilishi iste’mol magistra­lidan 13 blokirovkali uskuna 2 va magistral 22 orqali bajariladi.
Rekuperativ va pnevmatik tormozlanishning blokirovkasi (VL22 va VL60K elektrovozlarida) havotaqsimlagich 17 va magistral 14 hamda № E-119B yoki PVU-2 oralariga o‘rnatilgan, hamda tormoz magistraliga 15 joylashtirilgan, № E-104B (KE-44) elektroblokirovkali klapan yordamida amalga oshiriladi. Ikkala tormoz baravar ishlab ketishini oldini olish uchun elektroblokirovkali klapan rekuperativli tormozda tormoz silindrlarini, atmosfera bilan aloqalab, havotaqsimlagichlardan 17 ajratadi. Silindrlarning havotaqsimlagich bilan aloqalari rekuperativ tormozlanish bosimi tormoz magistralida 0,25 MPa ga etganida bajariladi. Bunda reku­perativ tormozning ishi avtomatik o‘chirgichli boshqaruvi o‘chirilgandan so‘nggina, elektrovoz pnevmatik tormozini ishga tushiradi.
Ko‘pgina birliklar ishlatilsa, ular o‘zaro R17 turidagi engchalar bilan, iste’molchilari esa - R13 turidagi qisqartirilgan engchalar (qo‘shimcha engcha orqali) bog‘lanadi. Agar elektrovoz ishlamasa uni tashish uchun bir guruh bosh rezervuarlarni 11 iste’mol magi­stralidan 13 o‘chiriladi, ikkinchi guruhida esa rezervuarlar orasidagi ajratish kranlari yopiladi.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish