Windowsning ishlash shartlari
Hozirda aksariyat kompyuterlar Windows 98 OT da ishlatilib kelinmoqda komp’yuter bu OTda ishlashi uchun quyidagicha jihozlangan bo’lishi zarur:
-Windowsga ko’maklashadigan monitor(EGA,VGA, SVGA bo’lsa yanada yaxshi);
-Windowsga ko’maklashadigan printer;
-Windowsda ishlashga yordam beradigan «sichqoncha».
Windows operatsion tizimidan chiqish
Windows OT dan chiqish uchun Пуск tugmachasining Завершение работы bandiga kirib, undan kompyuterni o’chirish bandi tanlanadi. Bunda yana kompyuterni qaytadan ishga tushirish, MS DOS OT rejimida ishga tushirish yoki kompyuter ishini vaqtincha to’xtatish kabi ishlarni bajarish mumkin. [Alt][F4] tugmachalarini birgalikda bosib ham Windows OT dan chiqish mumkin, bunda chiqish haqidagi kompyuter so’roviga OK ni «sichqoncha» ko’rsatkichi orqali tanlab javob berish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |