Pedagogik dasturiy vosita loyihasini ishlab chiqish.
Birorta pedagogik dasturiy vosita yaratish uchun avvalom bor fanga oid malumotlar to’planishi kerak. Ma’lumotlarni internetdan olish mumkin. Masalan Axborot texnologiyalari fanidan elektron majmua yaratish kerak bo’lsin.
Buning uchun kompyuterni internetga ulanadi. GoogleChrome dasturi ishga tushuriladi. Qidiruv punktiga kerakli mavzu kiritib Enter tugmasi bosiladi va ma’lumotlar yuklab olinadi. (1-rasm)
1-rasm. Internetdan malumot izlash.
Axborot texnologiyalari fan dasturiga oid barcha mavzular birma-bir yuklab olingandan keyin rasm, video va boshqa shunga o’xshash ma’lumotlar jamlanadi.
Ma’lumotlar to’plangandan keyin, uning dezayni ishlab chiqiladi. Dizaynni yaratishda rastrli yoki vektorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan foydalanish zarur bo’ladi. Ular qatoriga Corel Draw, Corel Xara, Corel Photo Paint, Adobe Photo Shop, Adobe Illustrator kabilarni kiritish mumkin. Topshiriqqa ko’ra Axborot texnologiyalari fanining elektron majmuasi dizaynini yaratishda Adobe Photoshop eng maqul sanaladi. Ushbu dastur bo’yicha boshlang’ich ko’nikmalar yo’q bo’lsa, u holda Windows va Officening standart dasturlari MS Paint va MS Photo Editordan foydalanish mumkin.
Adobe Photoshop dasturi ishga tushuriladi. File menyusidan New… bandi tanlanadi. Ochilgan New oynasining Width va Height qismlariga Elektron majmuaning kengligi va balandigi kiritilib OK tugmasi bosiladi. (2-rasm)
2-rasm. Adobe Photoshop dasturida yangi oyna hosil qilish
Yangi bo’sh oyna paydo bo’ladi. Ushbu oynada yaratuvchi o’zining fantaziyasidan kelib chiqib yangi dizayn yaratishi mumkin. Masalan oyna ikki qismga ajratib olinadi va rang beriladi (3-rasm). Buning uchun M tugma bir marta bosiladi, 1 qism belgilab olinadi, G tugma bir marta bosiladi va gradient rangi tanlanadi. Belgilangan qismga sichqoncha yordamida gradient rang beriladi. Ikkinchi qism ham shu ketma-ketlikda bo’yaladi.
3-rasm. Elektron majmua uchun dastlabki fon
Dizayn yaratilayotganda ta’lim oluvchi o’tkir ranglardan toliqmasiligi, soddaligi, milliyligi, betakrorligi va animatsiyon bo’lishligiga etibor qaratish kerak. Shunday ekan fonga uchta tugma va O’zbekiston xaritasini qo’yish mumkin (4-rasm). Buning uchun oldin rasmlar fonsiz holatga keltirib olinadi. Klaviaturadan Ctrl+O tugmalari birgalikda bosilib, rasm turgan papkadan rasmlar yuklanadi. L tugmani bosib rasm chegaralari belgilab olinadi. V tugma bosilib sichqoncha yordamida ajratib olingan rasm dastlabki fonga o’tkaziladi. Tugmalar ham shu tartib olingach quyidagi fon hosil bo’ladi.
4-rasm. Elektron majmua uchun dizayn.
Endi yozuvlar shrifti va rangi tanlanadi. Yozuv rangi fon rangidan ajralib turishi talab etiladi. Klaviaturadan T tugmasi bosiladi. Yozuv rangi va shrifti xususiyatlar panelida o’zgartirilib kerakli matn kiritiladi (5-rasm).
5-rasm. Tayyor dizayn.
Endi struktura ishlab chiqiladi. Bunda MS Word dasturining Вставка bo’limida joylashgan SmartArtdan foydalanish mumkin.
Loyihalashning qolgan bosqichlari pedagogik dasturiy vositani ishlab chiqish jarayonida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |