o’simlik va grunt qatlami maydonli shartli belgilarda areallarda
tasvirlangan. Bunda kartadagi yer usti muzlik qatlamlari va botqoqliklar areallar
usulida, muzliklarning suzish chegaralari esa chiziqli shartli belgilar usulida
tasvirlangan.
9-rasm. Kartada muzliklarning tasvirlanishi (grunt qatlami)
Aholi yashash punktlari karta punsonlarda tasvirlangan. Bunda ularning
siyosiy-ma’muriy mavqei inobatga olingan holda belgilanmagan, bunday holat
faqat siyosiy-ma’muriy kartalarda ko’rsatilgan. O’rganilayotgan karta tabiiy
bo’ganligi uchun aholi yashash punktlari bir xil kattalikda tasvirlangan.
10-rasm. Kartada aholi yashash punktlarining bir xil
punsonlarda tasvirlanishi
Kartada bundan tashqari belgilar (geometrik belgilar) usulida