1-Amaliy ish.
Jins hosil qiluvchi minerallar bilan tanishish.
Ishning maqsadii:
Minerallar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun tog’
jinslarini
hosil qiluvchi asosiy minerallar bilan tanishish.
Minerallar- Bu tarkibi jihatidan bir xil turdagi bo’lgan tabiiy qotishmalar bo’lib Yer
qobig’ida ro’y beradigan rurli xil fizikaviy va kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’ladigan
kimyoviy birikmalardir.
Minerallarni ко'zdan kechirganda ulaming rangi, qattiqligi, yaltiroqligi, yaxlitligiga e'tibor
berib ta'riflash kerak. Minerallarlaming rangi ulaming kimyoviy tarkibi va qotishmalar borligi
bilan belgilanishini yodda tutish zarur.
Tabiatda ko'p uchraydigan minerallar jins hosil qiluvchi asosiy minerallar deb ataladi. Tog'
jinsi esa bir yoki bir necha minerallardan tashkil topgan bo'lib, o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi.
Mineral esa bir yoki bir necha kimyoviy elementlardan tashkil topgan bo'lib, ma'lum bir fizikaviy,
kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo'ladi. Hozirgi vaqtda uch mingdan ortiq turdagi minerallar
ma'lum, lekin bularning faqat 100
ga yaqini, aniqrog'i 20-30 tasi tog' jinsi hosil qiluvchi
hisoblanadi.
Minerallarning turi 2,5 mingdan ortiq. Ular tabiatda har xil miqdorda tarqalgan. Aksariyat
qismi kam uchraydi. Tog` jinslarini tashkil qiluvchi minerallar yerning ustki qismi - litosferaning
asosini tashkil etadi. Bulardan dala shpatlari -55; piroksen va amfibollar - 15; kvars - 12; slyudalar
- 3; gil minerallari -1,5; kalsit - 1,5; oksidlar va gidroksidlar - 3; fosfatlar - 0,75; xloritlar va
ftoritlar - 0,5; sul'fidlari bilan sul'fatlar - 0,3, sof tug`ma elementlar - 0,1 foizni tashkil etadi.
Ushbu ma`lumotlardan ko`rinib
turibdiki, faqat silikatlar bilan kremniy oksidi og`irligi
bo`yicha yer qobig`ining 67% ni tashkil qiladi. Qolgan minerallar kam miqdorda bo`lishiga
qaramasdan xalq xo`jaligida katta ahamiyatga ega.
Tabiatda suyuq kalloid, gazsimon holdagi minerallar ham mavjud. Suyuq mineral
geometrik shaklga ega emas. Simob, neft, suv shular jumlasiga kiradi. Kalloid (grekcha
yelimsimon degani) minerallar murakkab dispers sistemalar hosil qiladi va ma'lum
moddaning
juda mayda (10-4 dan 10-6 mm) zarrachalaridan tashkil topgan bo'ladi. Kalloidlar zollarga va
gellarga bo'linadi. Zollar-dispers muhiti dispers fazaga qaraganda ko’proq bo'lgan kalloid
eritmadir (ular sekin-asta kristallanib qotishi mumkin). Masalan Opal
minerali-qumtuproq geli
shunday yo’l bilan hosil bo'ladi. Koaliniy, montmorilloniy va boshqa kalloid minerallar ko'p
tarqalgan. Gellarda dispers faza juda ko'p, ular yondoshib, shishasimon massa hosil qiladi. Ularga
qurum, gillar, limoniy va boshqalar misol bo'ladi.
Gazsimon minerallarda zarrachalar orasidagi bog'lanish juda kuchsiz bo'lib, ular issiqlik va
tovushni yaxshi o'tkazmaydi. Bularga karbonat angidrid, sulfit angidrid, metan, propan, butan va
boshqa minerallar misol bo'la oladi.
Yer qobig'ida eng ko'p tarqalgan minerallarga silikatlar (dala shpati, slyuda, amfibol, gil
minerallari va boshqalar); oksidlar (kvars, limonit va boshqalar); karbonatlar (kaltsit, dolomit va
boshqalar); sulfatlar (gips, angidrit va boshqalar) hamda ko'pgina boshqa minerallar mansubdir.
Misol tariqasida kimyoviy tarkibiga ko’rra murakkab va muhim jins hosil qiluvchi
minerallar sifatida dala shpatlari oilasiga kiruvchi minerallardan ayrimlari bilan tanishamiz.
Plagioklazlar-anortit (Ca[Аl
2
Si
2
О
3
]) va albit (Na[AlSi
2
O
8
])
minerallarining izomorf
aralashmasidan iborat. Anortitni (An), albitni (Ab) ko'rinishda belgilasak, plagioklazlar tarkibini
An20 Ab80 tarzida yozish mumkin. Bu plagioklaz tarkibida 20% anortit va 80% albit borligini
bildiradi. Plagioklazlar kislota yoki asos xususiyatli bo'lishi mumkin. Bu anortitning miqdoriga
qarab aniqlanadi. Agar anortitning miqdori 10-30% bo'lsa, plagioklazlar kislota xususiyatli, 30-
50% bo'lsa-o'rtacha, 50% dan ko'p bo'lsa, asos xususiyatli hisoblanadi.Ortoklaz K[AlSi
2
0
8
] o'z
tarkibiga ko'ra kislota xususiyatli dala shpati hisoblanadi.
Minerallarning xususiyatlarini ularning kimyoviy tarkibi bilan bog'lamay va kristall
tuzilishlarini sinchiklab o'rganmay turib tushunish mumkin emas.
Lekin minerallarning eng
muhim fizik xossalari, murakkab asboblar va ko'p mehnat talab qiluvchi usullarni qo'llamasdan
asosiy tog' jinsi hosil qiluvchi minerallarni muhim xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyat kasb
etadi.
Topshiriq
- labaratoriyada mavjud bo'lgan 100 ga yaqin minerallar bilan tanishib chiqib,
ularni Moos qattiqlik talablariga asoslanib, quyidagi tartibda: mineral nomi, rangi, yarqiroqligi
bo'yicha ta'riflab berish.
Buning uchun:
l.Ish daftari;
2.Qalam, ruchka, chjizg'ich;
3.Minerallar ro'yhat jadvali zarur bo'ladi.
Minerallarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish lozim.
Topshiriq vazifasini bajarish tartibi:
1. Minerallar bilan tanishish va ularni ta'riflash.
Hisobot turi:
Mashg'ulot yakunida talabalar hisobot topshiradilar.
Minerallar ta'sniflanishi quyidagi
tartibda amalga oshiriladi, masalan:
l.Opal rangsiz, ammo minerallarning turli yo'nalishlarida har xil ranglarga osonlik bilan
bo'yaladi, yarqiroqligi - shishasifat, mo'msifat.
2.Muskovit- oq, rangsiz, yaltirashi shishasifat.