10-rasm. Chiqarish klapani (zil-130) va uni burish mexanizmi:
a-chiqarish klapani, b-klapan yopiq, v-klapan ochiq, g-mexanizm detallari; 1-burish mexanizmining korpusi, 2-shariklar, 3-tayanch shayba, 4-qulfli xalqa, 5-klapan prujinasi, 6-prujinaning tirak shaybasi, 7-suxariklar, 8-disk prujina, 9-qaytarish prujinasi, 10-yo’naltiruvchi vtulka, 11-metall natriy parashogi
9. Klapan egari (1-rasm, 12): yumshoq va issiqlikga bardoshli cho’yandan tayyorlanadi. Klapan faskasi va klapan egarining tayanadigan yuzalari bir-biriga jips tegib turishi uchun pritirka qilinadi. Chunki siqish va kengayish jarayonlarida silindrning ichgi qismi germetik bo’lishi kerak
dekompressiya mexanizmi.
Dekompressiya mexanizmi (11-rasm) dizel tirsakli valining aylanishini yengilashtirish uchun silindrdagi klapanlardan birini ochiq holatda tutib turadi.
Dekompressiya mexanizmi qo’shilib tisakli val aylantirilganda dizel sekin asta qiziydi, moyning qovushqoqligini kamayishi natijasida qarshilikni yengish uchun kuch kam sarf bo’ladi.
11- rasm. Dekompressiya mexanizmi:
a-valik turtgichga ta’sir qiladi, b-valik shtanga orqali koromisloning kichik yelkasiga ta’sir qiladi, v –valik koromisloning uzun yelkasiga ta’sir qiladi, 1-valik, 2-turtgich, 3-shtanga, 4-koromislo, 5-dekompressiya mexanizmining shtangasi, 6-bolt (vint), 7-qo’sh gayka.
Klapan sterjeni bilan koromislo stoykasi yoki turtgich orasidagi issiqlik tirqishini rostlash
Issiqlik tirqishini rostlash dvigatel savuq bo’lganda ya’ni uning temperaturasi 60oS dan past bo’lganda bajariladi.
D-144 dvigatelida klapanlarni issiqlik tirqishini rostlash tartibi:
1.Silindr kallagining qopqog’i yechib olinib uni qotirish shpilkalari va koromislo stoykalari gaykalarining tortilganligi tekshiriladi, zarur bo’lsa ular tortib qotiriladi.
2. Birinchi silindrda siqish taktining boshlanishi topiladi.
Buning uchun dekompressiya mexanizmi qo’shiladi va 1-silindrning kiritish klapanini ko’z bilan kuzatib, tirsakli val soat strelkasi yo’nalishda aylantiriladi. Birinchi silindrning kiritish klapani ochilib yopilgandan so’ng unda siqish takti boshlanadi.
3. Siqish taktida birinchi silindr porsheni Yu.Ch.N ga olib kelinadi. Buning uchun shkivdagi VMT belgini, hamda blokdagi belgini topib tirsakli valni soat strelkasi yo’nalishida aylantiramiz, toki shkivdagi VMT belgi blokdagi belgi qarshisiga kelguncha.
4. Klapanlarning issiqlik tirqishi rostlanadi. Uni amalga oshirish uchun uchun oldin dekompressiya mexanizmi ajratiladi, so’ng shchup bilan issiqlik tirqishi tekshiriladi. Kiritish klapanida issiqlik tirqishi 0,25, chiqarish klapanida esa 0,3 mm bo’lishi zarur. O’lchov shchup issiqlik tirqishi oraqali salgina ko’l kuchi bilan o’tishi kerak. Uni rostlash uchun koromisloning kichik yelkasidagi rostlash vintining kontrgaykasini bo’shatib vintni otvyortka bilan burash kerak. Tirqish keraklicha o’rnatilgandan so’ng vint qayta kontrgayka bilan burab qotiriladi.
5. Navbatdagi silindr klapanlarining issiqlik tirqishini rostlash uchun to’rt taktli dvigatellarda 7200 ni silindrlar soniga bo’lamiz va aniqlangan son qiymatiga mos ravishda tirsakli valni soat strelkasi yo’nalishida aylantiramiz. So’ng dvigatel silindrlarining ishlash tartibiga mos ravishda navbatdagi silindr klapanlarini issiqlik tirqishini rostlaymiz.
D-144 dvigatelida silindrlar soni to’rt dona demak 720/4=1800 silindrlarning ishlash tartibi 1-3-4-2 .
Dvigatel tirsakli vali 1800 ga aylantirilib 3-silindr klapanlarini issiqlik tirqishi (dikopressiya mexanizmi ajratilib) rostlanadi va yana tirsakli val 1800 ga aylantirilib 4-silindrni va yana tirsakli valni 180o ga aylantirib navbatdagi 2-silindr klapanlarini issiqlik tirqishi rostlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |