Shamiyon qaytarib birikmasining qanday ma᾽no anglatishini aniqlang.
A) yigʻilib B) fahm, ma᾽no
C) gerdayib, vahima qilib D) qaqqayib
35. Vallamat soʻzi necha doston qahramoniga nisbatan qoʻllangan?
A ) 4 B) 3 C) 1 D) 2
36. Dostonda “Koʻz kuyugi” jumlasi kimga nisbatan qoʻllangan?
A) Alpomish B) Koʻkaldosh
C) Qultoy D) Qaldirgʻoch
37. Dostonda “qaqqayib” ma᾽nosini beruvchi soʻz qaysi qatorda berilgan?
A ) bogʻonag’i B) dabgiridan adashish
C) tangqa taylab D) zinkiyib
38. Chalqaramon yiqitilgan obrazlarning koʻkragiga tizza qoʻyish holati necha oʻrinda mavjud?
A ) 4 B) 3 C) 2 D) 1
39. Hakimbeyning qoʻlida kimdan qolgan qoʻriq bor edi?
A ) Alpinbiydan B) Rustami dostondan
C) Dobonbiydan D) Qultoydan
40. Islom dinining asoslarini ishlab chiqqan 12 imomni kim oʻz nutqida ishlatgan?
A) Barchin B) Alpomish C) Qorajon D) Qaldirg‘och
41. Dostonda tush koʻrilmagan joyni aniqlang.
A ) chodir B) baxmal oʻtov
C) cho‘ponlarning qoʻshxonasi D) gʻor ichida
42. “G‘oz” ma᾽nosini beruvchi kanizak qaysi asarda bor?
A) «Ravshan» B) «Alpomish»
C) «Kuntug'mish»D) «Rustamxon»
43. Dostonda “kulli eranlar” nimaga oʻxshatiladi?
A ) yulduzga B) aydaharga C) oyga D) pirlarga
44. “Ot tort”, deb necha qalmoq ko‘lga ov uchun joʻnab ketadi?
A ) 89 B) 90 C) 88 D) –
45. Yusuf tal’atli, Rustam sifatli, chovkar otli birov yonboshlab yotgan tepa qanday nomlangan?
A ) Murod B) Zil
C) Asqar D) Bobotogʻ
46. “Komilbachcha” ishorasi kimga qaratilgan?
A ) Barchinga B) Alpomishga
C) Qorajonga D) Koʻkaldoshga
47. “Yoʻgʻon tomir” ma᾽nosini bildiruvchi soʻz qaysi qatorda berilgan?
A ) moya B) gala C) chuyda D) suqsur
48. Alpomishning gapiga koʻra yozda qaysi daryo u uchun yaylov hisoblanadi?
A ) Amu B) Sir C) Zarafshon D) Orol
49. Qoʻngʻirot eli va Alpomish qayerda tangqa taylaydi?
A ) Olatovda B) Toʻqayistonda
C) Chilbirda D) Bobotogʻda
50. Boysinlik obrazni toping.
A) Toychixon B) Surxayl C) Alpomish D) Qorajon
51. “Qalaysan?” — deb, siqinqirab yubordi, mahramlarning panjasi bir-biriga yopishib, qapishib, yanchilib ketdi.
Belgilangan soʻzning koʻmakchi morfemasi qanday shakl ekanligini aniqlang.
A ) kelishik B) shaxs-son
C) egalik D) bogʻlama
52. “Alpomish” dostonidagi Barchin shartlariga koʻra sanalmagan shart bajaruvchisini toping.
1) yoyandoz; 2) qoʻriq tashlovchi; 3) chavandoz; 4) qirag‘ay mergan; 5) polvon
A ) 3 B) 2 C) 1 D) 5
53. Boychiborning qoʻltigʻida necha gaz qanot taklam-buklam boʻlib yotgan edi?
A) 4,5 B) 5 C) 6 D) 4
Do'stlaringiz bilan baham: |