1.Aloqa sohasining tashkiliy tuzulishi.
Aloqa sohasining rivojlanish tarixi
Bugungi kunda radio, televizor, kompyuter, uy va mobil telefonlari eng yaqin do‘stimizga aylangan. Ularsiz kundalik hayotni tasavvur ham qila olmaymiz, ba’zan qisqa muddatga mazkur uskunalar ishlamay qolsa, o‘zimizni qo‘yarga joy topolmaymiz.
Davrimizning o‘ziga xos muhim xususiyatlaridan biri sifatida axborot texnologiya-larining jadal taraqqiy etib borishi, jamiyatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalari va shu bilan birga, kundalik hayotimizning turli jabhalarida ulardan keng foydalanilishi tufayli vaqt tejalib, ish samaradorligi ortib, qulay imkoniyatlar yaratilib borayotganligi borasida juda ko‘p eshitamiz, buni o‘zimizda ham his etamiz. Albatta, mana shu qulayliklar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmagan.
Ularning ham o‘z tarixi mavjud. Mamlakatimizda asrlar ruhini o‘zida jamlagan aloqa sohasi taraqqiyotiga oid mazkur tarixiy ma’lumotlar «Aloqa tarixi muzeyi» eksponatlarida gavdalanadi. Jurnalimizning 2013-yilda chop etiladigan sonlarida yangi rukn tashkil etib, muxlislarimizni mazkur tarixiy ma’lumotlar bilan tanishtirib borishni rejalashtirdik. Shu maqsadda muzeyning «Aloqa tarixi» bo‘limi boshlig‘i M. Valiyeva bilan hamkorlikda sohaga oid qiziqarli ma’lumotlarni jamladik. Mazkur ma’lumotlarimizni aziz muxlislarimiz e’tiboriga havola etish niyatida jurnalimiz sahifalarida bayon etib boramiz. Ilk sahifamiz aloqa sohasining dastlabki rivojlanish bosqichlari va axborot almashish vositalari tarixiga bag‘ishlandi.
Dastlabki axborot almashish vositalari tarixi
Mamlakatimiz tarixidan ma’lumki, qadimgi davrlarda turli davlatlar, shaharlar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatish, xabar va ma’lumotlar almashish va tarqatish ishlari juda qiziqarli tarzda amalga oshirilgan. Dastlabki davrlardanoq xat-xabar almashuvining turlari ko‘p bo‘lib, ulardan vaziyatga ko‘ra foydalanib kelganlar. Zamon talabiga muvofiq, mazkur axborot almashish usullari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, takomillashib borgan hamda hozirgi davrdagi radio, televideniye, yo‘ldoshli, mobil aloqa yoki videokonferensaloqa, Internet kabi mukammal taraqqiy etgan turlari darajasiga yetib kelgan.
Qadimda ajdodlarimiz o‘zaro munosabat va muloqot o‘rnatishda turli vositalar, jumladan, ovozli, ya’ni nog‘ora sadolari, kabutarlar yordamida, shuningdek, savdo karvonlar orqali xabar yetkazish, olovli, tutunli, yorug‘lik nurlaridan foydalanish usullari orqali axborot almashish ishlarini tashkil etganlar.
«Aloqa sohasining rivojlanish shajarasi» daraxtida aloqa sohasining barcha rivojlanish bosqichlari, ya’ni olov, tutun vositasida, kabutar, xabarchilar va chopar-elchilar orqali ma’lumot uzatishning eng sodda usullari, pochta aloqasi xizmati rivojlanishining boshlang‘ich bosqichlari: telegraf, telefon, radio, televideniyadan, to hozirgi zamonaviy aloqa almashinuv usullari — elektron pochta, internet, mobil aloqa, raqamli, interaktiv televideniya va boshqa turlargacha namoyish etilgan. Muzeyning barcha ekspozitsiyalari mazkur «Aloqa sohasining rivojlanish shajarasi»ga muvofiq joylashtirilgan.
2.Lokal tarmoq - axborot, hisoblash, ta'lim va boshqa vazifalarni birgalikda hal qilish uchun bir-biridan (odatda shu binoda) bir-biridan qisqa masofada joylashgan bir nechta kompyuterlar birlashmasi. Kichik bir lokal tarmoqda 10-20 ta kompyuter bo'lishi mumkin, juda katta darajadagi lokal tarmoqlarda esa - 1000 ga yaqin.
Lokal tarmoqlarni tashkil qilish.
Kompyuterlarni bir-biriga ulashning turli xil usullari mavjud bo'lsa-da, asosan ikkita kompyuter tarmoqlari mavjud: peer-to-peer tarmoq va mijoz-server tarmog'i. Peer-to-peer network - teng huquqli kompyuterlar assotsiatsiyasi. Odatda, peer-to-peer tarmog'i 10 dan ortiq kompyuterni birlashtiradi va uylarda yoki kichik idoralarda tashkil etiladi.
Tarmoqli mijoz-server maktablarda, biznesda yoki kutubxonalarda, uyda emas, ko'proq joylarda. Ushbu turdagi tarmoqlarda, server deb ataladigan kompyuter, tarmoqning yuragi hisoblanadi. Ma'lumot va resurslarni saqlaydi va ularni ushbu tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga taqdim qiladi. Ushbu axborotni olish uchun tarmoqdan foydalanadigan kompyuterlarning qolgan qismiga mijozlar deyiladi. Mijoz-server tarmoqlari o'ndan ortiq kompyuterlarni tarmoqqa ulashning eng yaxshi variantidir. Ular qimmatroq, lekin katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash zarur bo'lgan hollarda bu eng yaxshi tanlovdir. Bugungi kunda mutaxassislar va biznes vakillari kompaniyadagi yagona axborot muhitini yaratishning eng samarali usulida Lokal tarmoqlarni qurishni e'tirof etdilar.
Lokal tarmoq (LAN) - umumiy resurslarni taqsimlashga qodir bo'lgan bir-biriga ulangan kompyuterlar guruhi. Ma'lumotlar paketlar shaklida uzatiladi va bu jarayonni nazorat qilish uchun turli xil texnologiyalar qo'llaniladi. Hozirgi kunda eng ommalashgan texnologiya Ethernet - kabel orqali ma'lumotlarni uzatish texnologiyasi. Simli tarmoqdagi ma'lumotlarni uzatish kanalining jismoniy muhiti kabellar, odatda burmalangan juftlik yoki optik tolali kabel. Kompaniyadagi yagona axborot maydoni - uning xodimlari - tarmoq foydalanuvchilari - ma'lumotlarni tez almashishi, turli resurslar va qurilmalarni birgalikda ishlatish va korxona uchun asosiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo'lgan boshqa ko'plab tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Lokal tarmoqlarni tashkil etish tamoyillari.
LANda axborot almashinuvi protokol deb ataladigan ma'lum qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Turli xil protokollar bir xil turdagi aloqa turlarini tasvirlaydi. Bunday holatda, ular birgalikda qabul qilinib, ular protokol to'plamini tashkil qiladi. Lokal tarmoqqa ulangan ish stantsiyalari bir-biriga bog'liq bo'lishi mumkin. Tarmoq konfiguratsiyasi yoki uning elementlarini ulash usuli topologiya deb ataladi. Mutaxassislar lokal kompyuter tarmog'i - "yulduz", "shina" va "xalqasimon" qurilishida kompyuterlarni birlashtirish bo'yicha uchta asosiy sxemani aniqlaydi.
"Yulduz". Eng keng tarqalgan. Topologiyadan foydalanganda, har bir tugun (alohida ish stantsiyasi) o'z kabelidan foydalangan holda LANga ulanadi, ulardan biri ulagichi tarmoq adapteriga va ikkinchisini markazga ulangan. Ushbu tamoyilga muvofiq yaratilgan tarmoqning ishlashi kompaniyaga bir qancha muhim afzalliklarni beradi:
• yangi ish joylarini kiritish uchun juda kam xarajat (taxminan 1000 ga yaqin);
• kompyuterlarning mustaqil ishlashi: agar ulardan biri muvaffaqiyatsiz bo'lsa, qolganlari ishlarini davom ettiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, yulduz topologiyasi o'zining kamchiliklariga ega. Agar uyadagi nuqson bo'lsa, unga ulangan stantsiyalar ham ishlashi mumkin emas. Bundan tashqari, "yulduz" tipidagi lokal tarmoqni yaratishda ancha uzunlikdagi kabel yo'nalishi talab qilinishi mumkin.
3.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – ma’lumotlarni o’zida to’plash, saqlash,
qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin rivojlanishga imkon
yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu texnologiyaning asosini axborot (informatsiya) va ularni
qayta ishlash vositalari (asosan kompyuterlar) tashkil qiladi. Bu texnologiyadan hozirgi vaqtda
deyarli barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shu jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham. Bu
texnologiyadan ayniqsa ta’lim jarayonida boshqa sohalarga nisbatan samaraliroq foydalanish
imkoniyatlari mavjud va dunyo miqyosida keng tadbiq etilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish kabi
zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko’rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy sohalar,
ilm-fan va texnikani rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda jamiyatni yuqori
texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz, global tarmoqqa ulanmasdan va axborot resurslaridan
foydalanmasdan rivojlantirib bo’lmaydi. Ular ijtimoiy hayotning ajralmas qismi va mamlakat
taraqqiyotining mezoniga aylanmoqda.
O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor
yo’nalishlari:
Ixtisoslashgan ilmiy-texnika zonalari tarmog’ini barpo etish, ishlab chiqarish va tadbirkorlik
faoliyatiga yuqori texnologiyalarni samarali joriy etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarida axborot texnologiyalarini qo’llashni kengaytirish, aholi va xo’jalik yurituvchi
subyektlarga ko’rsatiladigan interfaol xizmatlar hajmini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini
yaxshilash, mamlakat axborot xavfsizligi tizimini mustahkamlash, elektron hujjat aylanishi
mexanizmini takomillashtirish.
Mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma’lumot
uzatish tarmoqlari, internet xizmatlarini rivojlantirish, ularni dunyo standartlariga yetkazish va
shu asosda axborotlashgan jamiyat sari jadal intilish maqsadida keng ko’lamli chora-tadbirlar
ko’rilyapti.
Ko’z o’ngimizda ro’y berayotgan taraqqiyot odimlarini barcha sohalarda bo’lgani kabi
telekommunikatsiya tizimida yaqqol kuzatishimiz mumkin. Avvallari faqatgina so’zlashuv
uchun ishlatilgan telefon simidan bugun internet, tovushli aloqa va ma’lumotlar uzatish kabi turli
qo’shimcha xizmatlardan foydalanish, videotelefoniya va hatto teleko’rsatuvlar ko’rish imkoni
bor. Bularning barchasi so’nggi yillarda telekommunikatsiya tarmog’ining izchillik bilan
modernizasiya qilinishi natijasida yuzaga keldi. Hukumatimiz tomonidan mazkur sohaga eng
zamonaviy vositalar joriy qilinishiga katta e’tibor qaratilgani bois, bugun yurtdoshlarimiz
ko’plab qulayliklarga ega bo’lmoqdalar.
Axborot asri deya e’tirof etilayotgan bugungi kunimizda axborot kommunikatsiya tizimi
izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bugun zamonaviy axborot texnalogiyalarisiz hayotimizni
tasavvur etib bo’lmaydi. Mamalakat darajasida soha rivoji muhim omillardan biriga aylangan.
Shu bois ham mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratib kelinmoqda. Ayniqsa sohani xalqaro andozalarda mexanizasiyalashtirish va rivojlantirish
ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilab olingan. Prezidentimizning ”O’zbektelekom” aksiyadorlik
kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish
chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori bu borada dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda.
Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari evolyutsiyasi
XIX asrning ikkinchi yarimigacha axborot texnologiyasining asosini pero, siyohdon va buxgalteriya daftari tashkil etgan. Kommunikatsiya (aloqa) paket (rasmiy hujjatlar solingan konvert) yuborish orqali amalga oshirilar edi. Axborotlarni qayta ishlash mahsuldorligi o’ta past bo’lib, har bir xat alohida, qo’lda ko’chirib olingan. Qaror qabul qilish uchun bir ‒ biriga qo’shiladigan hisob ‒ kitobdan boshqa axborot ham bo’lmagan.
«Qo’l» axborot texnologiyasi o’rniga XIX asr oxirida «mexaniq» texnologiya kirib keldi. Yozuv mashinasi, telefon, diktafonning kashf etilishi, jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi – bularning bari avvaliga axborotni qayta ishlash texnologiyasida, so’ng ish mahsuldorligida sezilarli o’zgarishlar yuz berishiga zamin bo’ldi. Mohiyatan, mexaniq texnologiya mavjud muassasalarda tashkiliy tarkibining shakllanishiga yo’l ochib berdi. XX asrning 40 ‒ 60 yillarida «elektr» texnologiyasi paydo bo’lib, u echib almashtiriladigan elementlarga ega elektr yozuv mashinkalari, oddiy qog’ozdan foydalanuvchi nusxa ko’chirish mashinasi, portativ diktafonlardan iborat edi. Aynan shu vositalar hujjatlarni qayta ishlash sifati, soni va tezligini oshirish hisobiga boshqarish faoliyati yaxshilandi. Ko’pgina zamonaviy muassasalar «elektr» texnologiyasiga asoslangan.
60 ‒ yillarning ikkinchi yarmidan esa «elektron (yoki «kompyuter») texnologiyasi yuzaga kela boshladi va axborotlarning shaklini emas, mazmunini o’zgartirishga urg’u berila boshlandi.
Ma’lumki, boshqaruvning axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari axborotlarni qayta ishlash bo’yicha eng kamida quyidagi muhim uchta tarkibiy qismga ega bo’lishi lozim: hisobga olish, tahlil va qaror qabul qilish. Bularni kompyuterlarda amalga oshirish tobora murakkablashib bormoqda. Chunki, o’zida sanoqsiz ma’lumotlarni jamlagan «qog’ozlar dengizi» tobora kengayib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |