Lirikaning kichik janrlari
Fard (arabcha so‘z bo‘lib, yakka, yolg‘iz, toq ma’nolarini beradi) “shoir tomonidan ma’lum mavzu va g‘oyaviy maqsadda ijod qilingan mustaqil she’riy baytdir. Fard bir bayt hajmidagi, shaklidagi she’riy asardir. Unga berilgan janr atamasi ham baytning yakkaligiga asoslanadi. Binobarin, baytning yakkaligi uning janriy belgisini ham anglatadi. Shu nomning lug‘aviy, istiholiy ma’nosida uning ixcham, o‘ta mo‘jaz she’r shakli ekanligi ham anglashib turiladi: qisqalik va siqiqlik unda chuqur mazmunni, pandu hikmat va donolikni ifodalashni taqozo etadi” (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari va poetikasi, II kitob, Samarqand, SamDU nashri, 1999, 4-bet):
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitdi ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.
Muammo (a r. “ko‘r qilingan”, “berkitilgan”) - bir, ba’zan esa ikki baytdan iborat mustaqil she’r bo‘lib, a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Muammoda biror ism yoki narsa-buyum nomi berkitiladi. Berkitilgan so‘z shoirning turli-tuman ishoralari: ma’nodosh yoki shakldosh so'zlarni topish, bir tildagi so‘zningikkinchi bir tildagi muodili (ekvivalenti)ni qo'llash, so'zlardagima’lum bir harflarni tizib, yangi so‘z yasash, ba’zan esa abjadhisobini ishlatib, raqamlar asosida so‘z tuzish va boshqalar asosida topiladi. Muammoni yechish uchun dastawal asosiy e’tibornmatnda ishora qilingan kalit so‘zga qaratish lozim bo‘ladi.Turkiy adabiyotda muammo janri Alisher Navoiy ijodidanboshlangan. Uning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida 52 tamuammo mavjud bo‘lib, ularning barchasi kulliyotdagi ikkinchi devon “Navodir ush-shabob”ga kiritilgan. Alisher Navoiymuammolari asosan bir baytli bo‘lib, faqat “Qosim” va “Zahir”ismlariga bitilgan muammolar 2 baytdan iborat.Navoiyning ba’zi muammolarini ko‘rib chiqsak:
Qasdi jonim g ‘a chu mujgoning ikki saf tuzdi,
B iri qosh yosi, biri g'am zang o'qin ko‘rguzdi.
Ruboiy(ar. - to‘rtlik) – “ikki baytli she’r”(Qabul Muhammad) bo‘lib, uning yuzaga kelishiga,xalq she’riyatidagi to‘rtliklar asos bo‘lgan” (B.Sarimsoqov, N.Hotamov). Aruz hukmronlik qilgan davrlarda “hazaj bahrining “ahram” va “ahrab” shajaralaridagi 24 sho‘bada yaratilgan... uning yetakchi janr belgisi – undagi chuqur mazmunni hazaj bahri vaznlarida ifodalash” (R.Orzibekov) sanalgan.“Odatdagi ruboiyning birinchi misrasi tezis, ya’ni shoir keyin isbot etishi lozim bo‘lgan fikrning da’vo shaklida o‘rtaga tashlashidir. Ikkinchi misra antitezis, avvalgisiga zid, uning aksidek jaranglaydi. Biroq, dastlab qo‘yilgan tezisning isbotiga xizmat qiladi. Uchinchi misra qofiyasiz bo‘lib, moddai ruboiyya deb ataladi. Shoir xulosa chiqarishga tayyorlanar ekan, bu guyo asosiy maqsadga, xulosaga olib keluvchi ko‘prik burchini o‘taydi. Nihoyat so‘nggi misra, maqsadni ochiq, ravshan aytib tugatilishi sintezdir. Ruboiy, to‘rt misraga sig‘dirilgan butun bir she’riyat dunyosi, insonning g‘oyat xilma-xil va juda boy fikr-hislari, “qalb dialektikasi”ning ajoyib tarjimonidir” (M.Yunusov. Barhayot an’analar, T., 1969, 77-bet).\Ruboiy qofiyalanishga qarab ikki xil bo‘ladi. Agar u a-a-b-a tarzida qofiyalansa xosiy ruboiy, -a-a-a-a tarzida qofiyalansa taronai ruboiy deb yuritiladi.Bugungi poeziyamizda ham ruboiylar ko‘plab yaratilmoqda “... inson hayotida, ichki kechinmalarida yuz bergan eng teran va keskin momentlardagi mulohaza va fikrlarni quyma satrlarda gavdalantirishi” (A.Hayitmetov. Navoiy lirikasi, T., “Fan”, 1961, 186 bet) va uning falsafiy mohiyatini g‘oyatda chuqur va qabariqli, ixcham va lo‘nda aks ettirish hazaj bahridan keyingi yetakchi belgiga aylandi.
TUYUQ (ar. – tuslash, tuymoq) – turkiy xalqlar mumtoz sheʼriyatidagi lirikaning o‘ynoqi, shoirning so‘z san’atini yaqqol ko‘rsatuvchi janrdir. Tuyuq - lirik janr. Tuyuq 4 misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; aaba, baʼzan abvb tarzida va favqulodda xillarda - aaaa oʻlchovida qofiyalanadi. Tuyuq soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz tuyuqlar ham bor. Tuyuqning dastlabki namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan tuyuqlar Burhoniddin Sivosiy (14-asr) qalamiga mansub.
"Qutadgʻu bilig" da ham tajnisli toʻrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan. Alisher Navoiy "Mezon ulavzon" asarida tuyuqni birinchi marta janr sifatida belgilab oʻtgan va shakllantirgan. Bobur oʻzining "Aruz risolasi" asarida tuyuq ni turkiy sheʼriyat shakllaridan biri sifatida baholagan.
Uning tadqiqotchilaridan R.Orzibekovning ta’kidlashicha:tuyuq “to‘rt misradan iborat mustaqil va to‘liq ma’noga ega bir butun asar ekanligi;ko‘proq a,a,b,a ba’zan a, a, a, a shaklidagi qofiyalanish;xuddi ruboiydagi singari tezis (1-misra), antitezis (2-misra), moddai tuyuq (3-misra) va sintez (4-misra) kompozitsiyasiga ega bo‘lishi;
murabba’ she’rlaridan farqli o‘laroq so‘nggi misralarda shoir taxallusining ko‘rsatilmasligi kabi xususiyatlari bilan ruboiylarga o‘xshasa ham, ammo o‘ziga xos yagona vazn-“ramali musaddasi maqsur” (foilotun foilotun foilun)da yozilishi va shu “vazn bilan o‘z badaniga noz libosini kiyishi” (A.Jomiy) aksar qofiyalarining tajnisli so‘zlardan iborat bo‘lishi bilan farq qiladi” (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari, Samarqand, 1999, 98-bet).To‘rtlik – ruboiy va tuyuq janri talablari(vazni)ga javob bermaydigan to‘rt misralik barcha she’riy asarlarni to‘rtlik(qorishiq) janri deb yuritish asoslidir. To‘rtliklarning mavzu va mundarijasi – hayotning barcha jihatlarini qamrab oladi; ularda bu jihatlar siqiq tarzda poetiklashadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |