Qо‘llarda turish. Qо‘llar oldinga – yuqoriga uzatilgan holatdan bajariladi: bir vaqtning о‘zida qо‘llar bilan polga tayangan holda oldinga qadam tashlab, boshqa oyoqni siltab, qо‘llarda turishga chiqiladi, oyoqlarni birlashtirib rostlanadi. Muvozanat saqlab qolinadi.
Himoyalash va yordam: siltanadigan oyoq tomondan turib, bir qо‘l bilan yelka ostidan tutib, boshqa qо‘l bilan siltanadigan oyoqning tizzasidan yuqoriroq qismidan tutib, turishga tо‘g‘ri chiqish tuchun yordam beriladi. Turishni о‘tirish va boshqa holatlardan kuch bilan bajarish mumkin. Asosiy variantni egallab olgach, turishni oyoqlar orasini ochish, bukish bilan murakkablashtirish, shuningdek, turishning boshqa turlarini ham bajarish mumkin: tor, birlashtirilgan, keng va boshqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |