1. Akademik notiqlikka tegishli atamani toping.
A) axborot
B) xutba
C) maqtov
D) qoralovchi
2. Aristotel "Ritorika" asarining 19-bobida xulosaning necha vaziyat asosida tarkib topishini aytgan?
A)3 B)4 C)5 D)6
3. Qaysi asar Troya voqealari haqidagi rivoyatlar asosida yozilgan va gekzametr-uzun va qisqa bo'g'inlar almashinuviga asoslangan she'riy o'lchovda
yozilgan?
A) "Notiq"
B) "Ritorika"
C) "Odisseya"
D) "Illiada"
4. Movarounnahrda notiqlik san'ati qanday atama bilan yuritilgan?
A) voizlik
B) notiqlik
C) va'zxonlik
D) nutq odobi
5. "Risolalar" asari kimning qalamiga mansub?
A) Forobiy
B) Farg'oniy
C) Beruniy
D) Yugnakiy
6. Madhiya notiqlik san'atining qaysi turiga kiradi?
A) ijtimoiy-maishiy
B) akademik notiqlik
C) diniy notiqlik
D) siyosiy-ijtimoiy notiqlik
7. Yurtimizda nutqimiz rivoji mavzusi o'tkazilgan Birinchi Respublika Konfirensiyasi qachon bo'lib o'tgan?
A)1968
B)1969
C)1970
D)1971
8.Nutq madaniyati terminiga kim quyidagicha ta'rif bergan?
"Filologiya fanining jamiyat taraqqiyotidagi tildan foydalanish jarayonini o‘rganish, kishilar orasidagi aloqa vositasi bo‘lgan tildan foydalanish qoidalarini ilmiy asosda belgilash bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi."
A. Nizomiddin Mahmudov
B. Azim Hojiyev
C. Ernst Begmatov
D. Shonazar Shoabdurahmonov
9. " Ta’lim amaliyotida ko‘rgazmalilik azaldan eng zaruriy omil sifatida qarab kelinadi, shuning uchun o‘qituvchi juda ko‘p vaqtini turli ko‘rgazmali qurollar tayyorlashga sarflaydi. Bu maqul, ammo, unutmaslik kerakki, nutqiy madaniyatni o‘rgatish, chiroyli so‘z zavqini o’stirish, umuman, til estetikasi tarbiyasida asosiy, jonli ko‘rgazmali qurol o‘qituvchining o‘zidir". Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A. A.Hojiyev «Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati»
B. I.A. Karimov " Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch"
C. N.Mahmudov «Marifat manzillari»
D. I.A. Karimov "Barkamol avlod orzusi"
10. Nutq madaniyati haqidagi ta’limot qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, unga qadar qaysi mamlakatlarda paydo bo‘lgan?
A. Qadimgi Yunoniston, Misr, Xitoy
B. Misr, Ossuriya, va Qadimgi Yunoniston
C. Misr, Ossuriya, Bobil (Vavilon) va Hindiston
D. Xitoy, Hindiston va Qadimgi Misr
11. Notiqlik san`ati nima bilan barobar darajada ulug‘langan?
A. Qozilik
B. Haykaltaroshlik
C . Sarkardalik
D. Qilichbozlik
12. “Notiqlik haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlari kimga tegishli?
A. Demosfen
B. Aristotel
C . Sitseron
D. Kvintilian
13. “Odisseya” va “Iliada” dostonlarini kim yozgan?
A. Aristotel
B. Sitseron
C . Demosfen
D. Gomer
14.Kim Aristoteldan keyin “Ikkinchi muallim” unvoniga
sazovor bo'lgan, “Sharq Arastusi” nomi bilan ulug'langan?
A. Abu Nasr Forobiy
B. Ibn Sino
C. Al Farģoniy
D. Al Xorazmiy
15. Qaysi asar Troya voqealari haqidagi rivoyatlar asosida yozilgan va gekzametr – uzun va qisqa bo'g'inlar almashinuviga asoslangan she'riy o'lchovda yozilgan va 24 kitobni tashkil etadi?
A. "Odisseya" dostoni
B " Illiada " dostoni
C. " Notiq" asari
D. "Ritorika" asari
Do'stlaringiz bilan baham: |