1. Aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlash doirasida davlat maqsadli jamg’armalarning o’rni


Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi daromadlarining tarkibiy tahlili (foizda)19



Download 153,55 Kb.
bet8/14
Sana30.12.2021
Hajmi153,55 Kb.
#92561
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1. Aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlash doirasida davlat maqsadl

Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi daromadlarining tarkibiy tahlili (foizda)19

5-jadval



Ko'rsatkichlar

2012-yil

2013-yil

2014-yil

2015-yil

2016-yil

2017-yil

1

Yagona ijtimoiy to'lov summasidan 0,1 foizli majburiy ajratma

55,6

81,4

88,1

91,5

90,1

80,4

2

Boshqa daromadlar

44,4

18,6

11,9

8,5

9,9

19,6

Jami daromadlar

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Xususan, yagona ijtimoiy to’lovning daromadlardagi ulushi 2012-yilda 55,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2017-yilga kelib 80,4 foizni tashkil etgan hamda besh yil ichida +24,8 foiz punktga ortgan.

Mazkur jadval ham yuqoridagi fikrimiz asosli ekanligining dalilidir, jamg’arma daromadlarini ko’paytirish uchun uning daromadlar bazasini kengaytirsh va qo’shimcha daromad manbalarini hosil qilish obyektiv zaruratdir. Bundan tashqari mazkur jadvallardan jamg’armaning mamlakatdagi bandlik siyosatidagi o’rni nisbatan past ekanligini ham ko’rish mumkin.



Yagona ijtimoiy to’lov davlatning ijtimoiy jamg’armalari hisoblanuvchi Pensiya hamda Bandlikka ko’maklashish jamg’armalari hamda Kasaba uyushmalari Federsatsiyasining asosiy moliyaviy manbaidir. Shu sababli ham uning oxirgi yillardagi belgilangan stavkalari, hisoblash va undirish mexanizmlarining tahlilini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

2013-2018 yillarda ijtimoiy to’lov stavkalarining o’zgarishi dinamikasi (foizda)20

6-jadval

To’lov nomi

2013-yil

2014-yil

2015-yil

2016-yil

2017-yil

2018-yil

Yagona ijtimoiy to’lov

25

25

25 (1521)

25 (15)

25(15)

25(15)

Shu jumladan Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga ajratma

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi faoliyatini samaradorligini oshirish uchun unga biriktirilgan daromad turlarini ko’paytirish va o’z vaqtida shakllantirilishi fuqarolarning turmush darajasi va hayot tarzi sifatini oshirishga, jamg’arma vazifasini o’z vaqtida bajarishga va aholi bandligining barqarorligini ta’minlashga muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shu sababli, aholi bandligini ta’minlash uchun uning daromad manbalarini ko’paytirish hamda xarajat yo’nalishlari aniq va ravshan yo’naltirilgan bo’lishi kerak.


2018-yilda ish beruvchilarning mehnatga haqi fondidan yagona ijtimoiy to’lov stavkasi22

Ko’rsatkichlar

Ajratmalar miqdori, %da

Yuridik shaxslar mehnatga haq tulash fondidan yagona ijtimoiy tulov stavkasi

25*

Mikrofirma va kichik korxonalar, fermer xo’jaliklari uchun yagona ijtimoiy to’lov stavkasi

15**

Yuridik shaxslarning mehnatga haq to’lash fondidan yagona ijtimoiy to’lov summasi davlat maqsadli Fondlari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o’rtasida belgilangan tartibga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:

Byudjetdan tashqari Pensiya Fondi

-- 24,8

Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat Fondsi

- 0,1

Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi

- 0,1

**Byudjetdan tashqari Pensiya Fondi

- 14,8

Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat Fondsi

- 0,1

Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi

- 0,1

Korxonalar, tashkilotlar faoliyatiga xizmat qilsa, makroresurslar umumiqtisodiy, umumdavlat ehtiyojlariga yo’naltiriladi. Bozor iqtisodiyoti tizimida mikroresurslar birlamchi bo’lib, ular ustuvorlikka ega. Iqtisodiy erkinlik sharoitida xo’jalikning dastlabki bo’g’ini - korxonalar, firmalar, kompaniyalarva boshqa yuridik shaxslar korxonalar moliyasining iqtisodiy tayanchi hisoblanadi. Yagona ijtimoiy to’lovni to’lovchilar quyidagilar hisoblanadi23:

  • yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasi rezidentlari;

  • O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari;

  • jismoniy shaxslar — O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va ishlovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lovchilardir.

Quyidagilar Bandlikka ko’maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalar to‘lashdan ozod etiladilar:

  • nogironlar jamoat tashkilotlariga qarashli o‘quv-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish korxonalari;

  • protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga, nogironlarga protez qo‘yish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan korxonalar;

  • tarbiya va ta’lim muassasalari huzuridagi o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari va o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari;

  • byudjet ta’minotidagi teatr-tomosha tashkilotlari.

  • O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi.

Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining boshqa daromadlari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ish haqi fondidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi majburiy ajratmalari, ushbu xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi;

  • tegishli budjet mablag‘larini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan miqdorlarda respublika va mahalliy budjet mablag‘laridan dotatsiyalar;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar buzilganligi uchun joylardagi mehnat organlari tomonidan belgilangan tartibda solinadigan moliyaviy sanktsiyalar jarimalar va qo‘shilgan penyalar summasi;

  • qo‘shimcha va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kichik biznes sub’ektlarini kreditlash uchun tijorat banklari tomonidan ochilgan kredit liniyalaridan foizlar;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar.24

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish hamda tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi tadbirlarini moliyalashtirishtiradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3001 sonli Qaroriga binoan Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari etib quyidagilardir.



  • mehnat bozorini barqaror va balanslashgan holda rivojlantirish, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash;

  • ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni amalga oshirish;

  • ishsizlar va band bo’lmagan aholiga, birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga va nogironlarga kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha sifatli xizmatlar ko’rsatishni tashkillashtirish bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, mehnat bo’yicha organlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni mablag’ bilan ta’minlashdir.

2015-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari mablag'lari hisobidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar25

7-jadval



Byudjetlar nomi

2015-yil

2016-yil

2017-yil

Daromadlar (mln.so'm)

Jamidagi ulushi (foizda)

Daromadlar (mln.so'm)

Jamidagi ulushi (foizda)

Daromadlar (mln.so'm)

Jamidagi ulushi (foizda)

1

Davlat byudjeti

58443,30

55,86

62728,76

54,61

85820,18

57,91

2

Davlat maqsadli jamg'armalari

46123,75

44,08

52069,12

45,33

62228,78

41,99

3

Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi

57,85

0,06

70,21

0,06

100,28

0,07

4

Jamoat ishlari jamg'armasi

0,00

0,00

0,00

0,00

57,59

0,04

Jami

104624,90

100,00

114868,09

100,00

148206,83

100,00

Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining xarajatlarini va mablag’lari sarfini makroiqtisodiy va tarkibiy tahlil qilish tadqiqot ishining predmetini tashkil etishini inobatga olgan holda, quyidagi 5-jadvalda aynan mazkur jamg’arma xarajatlarining byudjet tizimi byudjetlari xarajtlaridagi tutgan o’rni tahlili keltirilgan.

7-jadval ma’lumotlaridan anglash mumkinki, Bandlikka ko’maklashish jamg’armasining umumiy salmoqdagi tutgan orni juda kichikdir. 2015-yilda atigi 0,06 foiz, 2017-yilga belib birmunch yuqorilash kuzatilgan 0,07 foiz. 2017-yilda tashkil etilgan va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan yana bir jamg’arma Jamoat ishlari jamg'armasining jamidagi ulushi 0.04 foizni tashkil etgan. Bu ikki jamg’armaning jami byudjet tizimi byudjetlaridagi ulushi 2017-yilda 0,11 foizni tashkil etmoqda. Bu mutloq miqdorlarda qaraganda anchayin yuqori, biroq ulush hisobida davlat byudjeti tizimi xarajatlarining atigi mingdan bir ulushidir. Mazkur xarajatlarning aynan qaysi yo’nalishlar bo’yicha tarkibiy tahlilini quyidagi jadvalda aks ettirilgan.



Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi xarajatlarining tarkibiy tahlili (foizda)26

8-jadval

t/r


Download 153,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish