1. Agrоgеоgrafik qishlоq хo’jalik maqsadlarida оlib bоriladigan landshaft tadqiqоtlari



Download 49,5 Kb.
Sana26.06.2021
Hajmi49,5 Kb.
#102044
Bog'liq
15.BiletOdilbekAshirov fe6b23736d34477372a9f63fd7546385


15.Bilet

1.Agrоgеоgrafik – qishlоq хo’jalik maqsadlarida оlib bоriladigan landshaft tadqiqоtlari

2.Muhandislik gеоgrafik yo’nalishi.

3.Fоydali qazilma kоnlarini izlash ishlarida landshaft-gеоkimyoviy izlanishlar.

1. Agrogeografik ( “agro” – yunoncha so’z bo’lib, dala ma’nosini bildiradi) tadqiqotlar natijasida yer resurslari qishloq xo’jalik maqsadlari nuqtayi nazaridan baholanadi. Agrogeografik tadqiqotlar davomida olingan ma’lumotlar asosida har bir hudud uchun yerdan foydalanishning aniq choratadbirlari ishlab chiqiladi. Qishloq xo’jalik yerlariga ekin ekiladigan yerlar, bo’z yerlar, ko’p yillik daraxtzorlar, pichanzor va yaylovlar kiradi. Qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirishda relyef va uni tashkil qilgan yotqiziqlar muhim ahamiyatga ega. Joyning relyefi hududning tuproq, grunt suvlari va yer usti suvlari me’yorini, o’simlik qoplami va iqlim xususiyatlarini belgilaydi. Madaniy ekinlar ham joy relyefiga mos ravishda tabaqalashtiriladi. Masalan, daryolarning (Sirdaryo, Amudaryo, Qoradaryo, Norin, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon va h.k.) yuqori terrasalari sug’oriladigan yerlardan iborat bo’lib, ularda paxta, g’alla, yem-xashak ekinlari yetishtiriladi. Daryolarning quyi terrasalarida (I – II) sholi va boshqa suvni ko’p talab qiladigan ekinlar yetishtiriladi. Adirlarda, o’rtacha balandlikdagi tog’larning yonbag’irlarida lalmi ekinlar, cho’llrda va tog’ yonbag’irlarida yaylov va pichanzorlar joylashgan. Shunga ko’ra, O’zbekistondagi yerlar terrasali, deltali, yoyilmali, adirli, tog’ yonbag’irli yerlarga ajratilishi mumkin.

2. Geografik bashorat - tabiiy muhit va xududiy i. ch. sistemalarining oʻzgarish yoʻnalishlariga ilmiy asoslangan holda oldindan koʻra bilish. G. b. tadqiqot predmeti yoki jarayonning oʻzgarishi mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishdan iborat. Bashorat muddatlari maqsadga qarab 1 sutkadan 15 yilgacha, goho 15 yildan ham koʻp bulishi mumkin. G. b.da umumilmiy (mantiqiy, sistemali, mutaxassislar bahosi va b.) va maxsus geografik (sistemalararo, sistemali, davriylik, landshaft indikatsiyasi, paleogeografik va h. k) usullar keng qullaniladi. G. b. da global (sayyoraviy) miqyosdagi bashoratlashtirish amaliy ahamiyatga ega, chunki inson xoʻjalik faoliyati natijasida turli xil chiqindilar chiqarilayotganligi tufayli havo va suv havzalarining ifloslanish darajasi tobora xavfli boʻlib bormoqda. Havoga koʻplab uglevodorod, oltingugurt, chang va b. kimyoviy chiqindilarning chiqarilishi sababli Yer yuzida havoning oʻrtacha temperaturasi 1890 y.dagi 14,5" dan 1980 yil 15,2° gacha oshishiga sabab boʻldi, bu miqsor 2001 y.da 1,2° va 2050 yilda 4° gacha koʻtarilishi bashorat qilinmokda. Bu hol, odatda, dunyo "issiqxona effekt" bilan bogʻliq. Havo temperaturasi ortib borishi qutblardagi muzliklarning erishini tezlashtiradi va Dunyo okeani sathining koʻtarilishiga taʼsir etadi. Havoda uglerodning ortib borishi nam tropik oʻrmonlarning ayovsiz kesilishi, organik yoqilgʻilarning kuplab yoqilishi va avtomobil transporta faoliyati bilan bogʻliq. Ayniqsa, ozon qatlamining yupqalanishi, choʻl zonalarining kengayib borayotganligi, dunyo okeanining ifloslanishini tadqiq qilishda sayyoraviy bashoratning ahamiyati nihoyatda katta. Oʻlka miqyosidagi bashorat natijalari maʼlum hududlar boʻyicha amalga oshiriladi (Oʻrta dengiz, Kaspiy dengizi, Orol dengizi, "ishqorli" yomgʻir muammolari). Mahalliy bashorat ayrim sanoat korxonalari, suv havzalari, shaharlar, vohalar boʻyicha tayyorlanadi. G. b. natijalariga koʻra oldindan tegishli chora-tadbirlarni qoʻllash ehtimol tutilayotgan noxush hodisa va jarayonlarning oldini olish imkonini beradi.

3. Orol dengizi fojiasi – eng katta global ekologik halokatlardan biri bo‘lib, xususiyati va ko‘lamiga ko‘ra turli ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Aynan shu bois Orol dengizi tanazzulining salbiy oqibatlarini bevosita boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari, birinchi navbatda, O‘zbekiston jahon hamjamiyatini tobora qurib borayotgan ushbu dengizni qutqarish, mintaqadagi ekologik ahvolni barqarorlashtirish va eng muhimi, bu yerda yashayotgan aholi hayotini yaxshilashga da’vat etib keladi. 

Bugungi kunda Orol dengizining katta qismi Orolbo‘yi mintaqasini shafqatsizlarcha qamrab olayotgan 5,5 million gektardan iborat qum-tuz sahrosiga aylangan. Olimlarning ta’kidlashicha, har yili atmosferaga qurib borayotgan dengiz tubidan 75 million tonnadan ziyod chang va zaharli tuzlar ko‘tarilib, 400 kilometrlik maydon bo‘ylab tarqalmoqda. Orol dengizining G‘arbdan Sharq tomonga esadigan kuchli havo oqimi yo‘lida joylashgani va bu aerozollarning atmosfera yuqori qatlamlariga ko‘tarilishiga yordam berayotgani atrof-muhit ifloslanishi oqibatlarini yanada kuchaytirmoqda. Tuz oqimlari alomatlari butun Yevropa va hatto Shimoliy muz okeanida ham kuzatilmoqda. 

Yaqin vaqtlargacha kattaligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi ko‘l bo‘lgan Orol dengizi tabiiy zaxiralarga boyligi bilan mashhur edi. Orolbo‘yi mintaqasi esa rivojlanayotgan va biologik jihatdan boy tabiiy muhit hisoblanardi. Orolning o‘ziga xosligi va xilma-xilligi hech kimni befarq qoldirmasdi. Mahalliy aholining aytishicha, Orolbo‘yi bir paytlar Qoraqum va Qizilqum sahrosi o‘rtasida joylashgan najotbaxsh maskan bo‘lgan. 

Mutaxassislarning fikricha, daryolarning Orolga quyilish hajmi keyingi ellik yil ichida qariyb 4,5 barobar, suv yuzasi maydoni 8 va suv hajmi 13-martadan ko‘proqqa kamaygan. Sho‘rlanish darajasi esa 13-25 barobar ortib, bu Tinch okeanining o‘rtacha minerallashuv darajasidan 7-11-marta ko‘pdir. 



Suvning ifloslanishi, dengizning qaqragan tubidan katta miqdorda tuz va chang ko‘tarilishi Orolbo‘yi mintaqasi aholisi orasida turli kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, bu yerdagi xavfli ekologik holat bolalarga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Orol dengizining halokatga uchrashi tabiatga ham katta zarar yetkazayotir. Mintaqada hayvonot va nabotot olami genofondining deyarli yarmidan ko‘pi, ya’ni baliqlarning 11, sut emizuvchilarning 12, qushlarning 26 va o‘simlikning 11 turi yo‘q bo‘lib ketgan. 

2.M uhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o‘rtasidagi o ‘zaro ta ’sir natijasida vujudga kelishi m um kin bo‘lgan oqibatlam i baholash va bashorat qilish ham da ularning oldini olish m uam m olari bilan shug‘ullanadi. M uhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos b o ‘lib xizmat qiladi. M uhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini joylashtirishda, gidrotexnik inshootlam i (kanallar, to ‘g‘onlar, suv omborlari va h.k.), yo‘llam i loyihalashda, foydah qazilma konlarini qidirishda ohb boriladi. Sanoat korxonalarini joylashtirishda m uhandis-geografik tadqiqotlar ikki bosqichda o'tkaziladi. Birinchi bosqichda korxona H_______________1________________I________________к ________________L_______________ M_______________ N_______________ t _ qanday xomashyo asosida mahsulot ishlab chiqarishi va atrofm uhitga qanday chiqindilar tashlashi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda korxona uchun joy tanlanadi va mazkur joyning tabiiy-geografik sharoitining asosiy xususiyatlari aniqlanadi geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, suvlari, tuprog‘i, o ‘simlik va hayvonot dunyosi, aholisi, xo‘jaligi). Sanoat korxonasi zararli chiqindilam i ko‘proq chiqaradigan bo‘lsa (ko‘m ir asosida ishlaydigan issiqlik elektrostansiyalari, sement, kimyo zavodlari), ularni aholi m anzilgohlaridan olisda, shamol yo‘nalishiga teskari b o ‘lgan hududlarga joylashtirish zarur. M asalan, Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi, Qashqadaryo viloyatidagi Sho‘rtang gazni qayta ilshash zavodi cho‘lda, ya’ni aholi zich yashaydigan hududlardan ancha olisda joylashgan, shuning uchun ulam ing tabiat va insonga ta ’siri kam. G idrotexnik inshootlarni loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar olib borishda quyidagilarga e ’tibor beriladi: suv inshooti va tabiiy m uhit o ‘zaro ta ’sirining asosiy qirralari, suvning kirishchiqishi, sho‘rlanganlik darajasi, loyqaligi, bug‘lanishi, to ‘lqinlar ta ’sirida qirg‘oqlam ing yemirihshi, suvning shimilishi va suv inshootining samaradorligi, botqoqlanish, tuz to'planishi, o ‘simlik va tuproq qoplamining o ‘zgarishi kabilar aniqlanadi, ayrim noxush hodisalaming oldini olish bo‘yicha choralar ishlab chiqiladi. M asalan, Amudaryo suvi loyqa bo‘lganligi (1 kub m da 3500 g loyqa bor) sababli, undan suv oladigan Am u—Buxoro, Qarshi, Shovot, Toshsoqa, Qizketken va boshqa kanallarda «o‘tirib» qoladigan loyqa nasoslar yordam ida qirg‘oqqa chiqarib tashlanadi. Y o‘l qurilishini loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar asosan relyefning tahliliga yo‘naltirilgan bo'ladi. Chunki ko‘p hollarda loyihalanayotgan yo'lning yo‘nalishini, uzunligini, kengligini, arzon-qim m atligini relyef sharoiti belgilab beradi. Shuning uchun yo'llam i loyihalashda relyefning qiyaligi, qanday tog‘ jinslaridan tashkil topganligi, m utlaq balandligi birinchi navbatda tahlil qilinadi. Avtomobil yo‘llarining qiyaligi 12—15° dan oshmasligi lozim. Baland va qiyaligi yuqori bo‘lgan joylarda yo‘llar yer osti tunnellari orqali o ‘tkaziladi. M asalan, Toshkent—Andijon avtomobil yo'lining qam chiq dovonida uzunligi 2,5 km li tunnel qazilgan (5- rasm). B undan tashqari, yo‘llam i loyihalashda surilmalar, sellar, qor ko‘chkilari, daryo toshqinlari ham hisobda olinadi.

Shunga ko'ra, 0 ‘zbekistondagi yerlar terrasali, deltali, yoyilmali, adirli, tog‘ yonbag‘irli yerlarga ajratilishi mumkin. M a’lum bir davlat, viloyat, tum an yoki hududda yer resurslari bo‘yicha m untazam ravishda o ‘tkazilgan kuzatishlar natijasida yig‘ilgan m a’lum otlam ing jam lanm asi kadastr deb ataladi. K adastr yer, suv, qazilma boylik, yaylov, o ‘rm on va boshqalar bo‘yicha ham tuzilishi mumkin. Davlat yer kadastri quyidagi m a’lum otlam i o ‘z ichiga oladi: yerning kimga qarashli ekanligi; uning m iqdor va sifat xususiyatlari; tuproq bonitirovkasi; yerning iqtisodiy baholanish natijalari. Yer kadastri mamlakat bo‘yicha yagona tizimga ega bo‘lib, unda yerning aniq maydoni va sifati, tabiiy, xo‘jalik va huquqiy holati to ‘g‘risida to ‘liq m a’lum ot bo‘ladi. Yer kadastri asosini tuproq bonitirovkasi tashkil qiladi. Yer resurslarini sifat jihatdan qiyosiy baholash tuproq bonitirovkasi deb ataladi. Tuproq bonitirovkasi tuproq hosildorligiga qarab belgilanadi va odatda 100 balli shkala asosida amalga oshiriladi.

3Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishini baholash va bashorat qilish bilan shug'ullanadi. Insoniyat paydo bo'lgan davridan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va labiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlai murakkablashib bormoqda. Buning nalijasida mahalliy, mintaqaviy hamda umumsay-yoraviy ekologik muammolar va inqirozlar paydo bo'lmoqda. Ana shunday ekologik muammolar va inqirozlarni o'rganish, bahoiash va ularning sodir bo'lishini oldindan bashorat qilishda geografiya fanining o'rni va ahamiyati nihoyatda muhimdir. Mazkur muammolami o'rganish va ularning yechimini topish davomida geografiya fanlari tizimida yangi yo'nalish, ya'ni amaliy geografiya fani paydo boldi va u hozirgi paytda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Amaliy geografiyaning maqsadi tabiiy muhit va resurslarni baholash, tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishini bashorat qilishdan iboratdir. Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:Xo'jalik maqsadlarida foydalanish nuqtayi nazaridan tabiiy sharoit va resurslarni o'rganish va baholash;Tabiiy geografik jarayonlarni o'rganish, baholash va bashorat qilish;Inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgartirilishi jarayonini baholash va bashorat qilish;Umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning yuzaga kclish sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab chiqish;Ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish muammolari va aholi joylashuvi masalalarini yechish.Amaliy geografiya fani geografiyaning rivojlanib kelayolgan yangi tarmoqlaridan biri bo'lsa ham, uning ildizi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar amaliy geografiyaning rivojlanishiga muhim hissa qo'shganlar. Masalan, Ahmad al-Farg'oniy Nil daryosining suv sarfini o'iganish va bashorat qilish bo'yicha amaliy geografik ishlarni olib borgan. Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoyning uzunligini aniqlab, Yerning asosiy o'lchamlarini hisoblashga juda ulkan hissa qo'shgan.

2.Amaliy geografiyaning tadqiqot usullari. Amaiiy geografiya tabiiy va ijtimoiy muhitni o'rganishda turli tadqiqot usullaridan foydalanadi. Mazkur tadqiqot usullariga quyidagilar kiradi: sistemali, ekologik, landshaftli va iqtisodiy. Ushbu usullarni yondashuv deb atash ham mumkin.

Sistemali usul (yondashuv). Mazkur usulda o'rganilayotgan hudud ma'lum bir sistema sifatida qaraladi. Bu sistema esa bir-biri bilan bog'langan qator kichik sistemalardan iborat bo'ladi. Masalan, Chirchiq vodiysini ma'lum bir yaxlit sistema sifatida oladigan bo'lsak, u bir-biri bilan bog'langan quyidagi sistemalardan iborat: geologik tuzilishi; relyefi; suvlari (daryolari, ko'llari, muziiklari, botqoqliklari, yer osti suvlari); iqlimi; tuproqlari; o'simlik va hayvonot dunyosi; qishloq xo'jaligi; sanoati; transporti; aholi manzilgohlari (slahar va qishloqlar); gidrotexnik inshootlar va h.k. (Ushbu sistemalar bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Bu sistemalaming biri o'zgarsa, boshqalari ham o'zgaradi. Masalan, iqlim yoki suv sistemasi o'zgaradigan bo'lsa, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi ham o'zgaradi.

Ekologik usul (yondashuv). Ushbu usulda ma'lum bir hudud yoki muammo o'rganilayotganda, unga tirik mavjudotlarning (o'simlik va hayvonot dunyosi), insonning atrof-muhit bilan bo'ladigan o'zaro aloqalari nuqtayi nazaridan qaraladi. Masalan, Chorbog' suv ombori qurilishi munosabati bilan vodiyning ancha qismi suv ostida qoldi, yer osti suvlari sathi ko'tarildi, tuproq va havoda namlik miqdori oshdi (2-ra.vm). Buning oqibatida tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi o'zgarishga uchradi. Suv ostida qolgan qishloqlar aholisi ko'chirildi, yangi, shinam va go'zal Chorbog' shaharchasi, dam olish zonalari vujudga keldi. Demak, ekologik yondashuvda tabiatda sodir bo'ladigaji o'zgarishlarning tirik organizmga ta'siri oldindan o'rganilar va bashorat qilinar ekan.



Landshafi usuli (yondashuvi). Mazkur usul qo'llanganda, hudud ma'lum bir landshaft turlariga bolib o'rganiladi. Masalan, biror tuman hududini o'tganadigan bo'lsak, mazkur tuman hududi avval tabiiy va antropogen landshaltlarga ajratiladi. Tabiiy landshaftlar o’rmonlardan, yaylovlardan, pichanzorlardan, toshloq va qumlardan, botqoqlardan, sho'rxoklardan. soy vodiylaridan, yonbag'irlardan va boshqa landshaft turlaridan iborat bo'lishi mumkin. Antropogen landshaftlar esa qishloq xo'jalik yerlaridan, sanoat korxonalaridan, yo'llardan, shahar va qishloqiardan iborat bolishi mumkin. Har bir landshaft turi alohida-alohida tahlill qilinadi.Iqtisodiy usul (yondashuv). Bu usulda aniq matematik-statistik hisoblashlar orqali tabiiy sharoitda, tabiiy resurslarga, aholi va xo'jalik korxonalariga baho beriladi hamda ularning o'zgarishi bashorat qilinadi.Masalan, aholi sonining o'sishi yoki kamayishi va h.k.Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi, muhandislik geografiyasi, amaliy landshaftshunoslik fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi. Shu bilan birgalikda. bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usullardan tabiatni muhofaza qilishda, atrof-muhitning tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida o’zgarishini bashorat qilishda boshqa fanlar ham keng foydalanadi.

3. Amaliy geografiyaning ahamiyati. Amaliy geografiya bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgarishi va uni yaxshilashning umumsayyoraviy,mintaqaviy va mahalliy muammolari bilan shug’ullanadi. Shuning uchun amaliy geografiya fanini chuqur o’rganish, uning tadqiqot usullarini bilish bilan tabiyatda yuz berayotgan turli muammolarni sonini kamayishiga erishish mumkin.Hozirgi paytda tabiat vajamiyat o'rtasidagi o'zaro tasirning tobora jiddiylashuvi va buning natijasida kelib cliiqayotgan tabiiy, ekologik oqibatlar tabiatning qashshoqlashishiga sabab bo'lmoqda. Jamiyat ish-lab chiqarish kuclarini keng miqyosda taraqqiy ettirish orqali tabiiy muhitga tasir etar ekan uning o'zi ham aks ta'sirga uchramoqda. Chunki insonning tabiatga ta'siri ko'p hollarda tabiat qonunlarini hisobga olmasdan amalga oshirilmoqda. Shunday ko'ngilsiz hodislarni oldini olish va tabiat mahsuldorligini muntazam ko'paytirib borish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Mazkur muammoning yechimida boshqa fanlar qatori geografiya ham faol ishtirok etmoqda va o’zining munosib hissasini qo’shyapti.Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishi va uni yaxshilashning umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy muam-molari bilan shug'ullanadiTabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan va ayrim hududlarda xavfli ekologik holatlar vujudga kelayotgan bir vaziyatda tabiiy muhitni sof holda saqlab qolish muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur muammoni yechishda amaliy geografik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay ekologik sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada "ozon "tuynugi”ning maydoni qisqarib bormoqda, yo'qolib ketish arafasida turgan ko'plab o'simlik va hayvonlar saqlab qolinmoqda, ifloslangan daryo va ko’llar suvi tozalanib borilmoqda.Sanoatning rivojlanishi natijasida buzilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda.Amaliy geografiya tabiiy resurslardan foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, tabiat va jamiyatning o'zaro ta'sirini yaxsh-lash, tabiiy ofatlarning oldini olish, hududlarning rivojlanishini basho-ratlash, yirik loyihalami ekspertiza qilishning geografik-ekologik asoslab berish muammolarini hal etmoqda. Bu esa amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo ahamiyatida ega bo'lgan muammolarni yechishdagi ishtirokining ortib borishiga sabab bo'lmoqda.
Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish