1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq simlar


Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi



Download 56,9 Kb.
bet8/9
Sana09.02.2022
Hajmi56,9 Kb.
#439237
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq si

53. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi.
Ushbu gapda nechta so‘z boshqa bo‘laklarga nisbatan faqat tobe qism vazifasini bajara olgan?
A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta *D) 4 ta
54. Ulardan biri akamning qayerdaligini so‘ragan edi, men ertalab o‘sha yerga, anhorga, ketganligini aytdim, o‘zim ham ular bilan oldinma-ketin anhorga jo‘nadim, yarim soatdan so‘ng u yerga yetib bordik.
Ushbu gapda qatnashgan ravishlar haqida berilgan noto‘g‘ri hukmlarni toping.
1) gapda ravishning tuzilishiga ko‘ra 3 ta turi qatnashgan; 2) gapda ravishga oid 4 ta so‘z qatnashgan; 3) gapda ravishga oid 3 ta so‘z qatnashgan; 4) gapda qatnashgan barcha ravishlar kesimga bevosita bog‘langan
A) 1, 2, 4 B) 2, 4 C) 1, 3 *D) 3, 4
55. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi.
Ushbu gapda aniqlovchiga nisbatan hokim, kesimga nisbatan bevosita tobe bo‘lak vazifasini bajargan so‘z qanday sintaktik vazifada kelgan?
A) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, ega B) hol C) to‘ldiruvchi va aniqlovchi *D) ega
56. Tuz - namakni, ota-onani, ustozni qanday qadrlash lozim bo‘lsa, kitobni ham shunday e’zozlash lozim.
Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi qatnashgan?
A) 7 ta B) 5 ta C) 4 ta *D) 6 ta
57. Topshirdim o‘zimni muhit erkiga,
Muhit girdobida bir somon parcha,
Bir poxol cho‘pidek oqib boraman.
Har mahal, har ishni “haq” deb boraman,
Vazminim qolmadi bir uzik qilcha.
Ushbu she’riy parchada gap bo‘laklari haqida berilgan to‘g‘ri hukmlarni toping.
1) parchada uyushiq hol ishtirok etgan; 2) parchada uyushiq to‘ldiruvchilar qatnashgan; 3) sifatlovchi aniqlovchilarning barchasi otga bog‘langan; 4) barcha misralarda hol ishtirok etgan
A) 1, 2, 3,4 B) 2, 3 *C) 1, 2 D) 1, 2, 4
58. Saboq olib diyonatdan,
Ezgu ishdan, matonatdan,
Qochib mudom xiyonatdan
Asragaymiz biz Vatanni. (A.Sobirov)
Ushbu she’riy parcha tarkibida faqat hokim qismi fe’l bilan ifodalangan nechta so‘z birikmasi mavjud?
A) 5 *B) 6 C) 3 D) 4
59. Har bir inson o‘z muallimi va ustozini e’zozlashi, shogirdlik burchi va sadoqatini ado qilishi shartdir.
Ushbu gapda aniqlovchili so‘z birikmalari necha o‘rinda qatnashgan?
A) 3 o‘rinda B) 6 o‘rinda *C) 5 o‘rinda D) 4 o‘rinda
60. Berilgan gaplarning qaysi birida ajratilgan to‘ldiruvchi izohlovchili birikma tarzida kelgan?
*A) Anjumanda unga, direktor Xoliqovga, so‘z berishdi.
B) Oldin mutaxassis-olimlar: geologlar, gidrogeologlar, geodezistlar keldilar.
C) Manzura dasturxon yozib mezbonni, ukasini, yana o‘n daqiqa kutdi.
D) Go‘shtni belbog‘ga tugib, eski oshnasi – usta Shonazarning do‘koniga bosh suqdi, o‘tgan hafta buyurib ketgan cholg‘i-o‘rog‘ini surishtirdi.
61. Tobe qismdagi barcha morfemalar omonimlik xususiyatiga ega so‘z birikmalarini belgilang.
1) shartlarini bajarmoq; 2) kechki uchrashuv; 3) yoza boshlamoq; 4) tuzsiz ovqat; 5) qo‘ymijoz kishi
A) 1, 2, 5 *B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4
62. Men seni esladim entikib, yonib,
Men seni esladim baridan tonib...
Ushbu she’riy parchada fe’lli so‘z birikmalarining soni nechta?
A) 3 B) 4 C) 5 *D) 6
63. Salomlashish – qadimiy odat. Dunyodagi tinchliksevar va madaniy xalqlar o‘zaro insoniy muloqotni salomdan boshlashadi. Har bir xalqning salomlashish bilan bog‘liq o‘z urf-odatlari bor.
Berilgan gapda faqat ikkita so‘zga nisbatan hokim qism vazifasini bajara oluvchi so‘zlar qaysi bo‘lak vazifasini bajargan?
*A) 1 o‘rinda kesim, 1 o‘rinda vositasiz to‘ldiruvchi
B) 1 o‘rinda kesim, 1 o‘rinda ega, 1 o‘rinda vositasiz to‘ldiruvchi
C) 2 o‘rinda kesim, 1 o‘rinda vositasiz to‘ldiruvchi
D) 2 o‘rinda kesim, 2 o‘rinda ega, 1 o‘rinda vositasiz to‘ldiruvchi
64. Ochsang davronlarning kitoblarini,
Qancha karvonlarning ertagi bordir.
Tingla donolarning xitoblarini:
Egasi bor yurtning – ertasi bordir. (S.Sayyid)
She’riy parchadagi qaratqich aniqlovchilar qaysi bo‘lak(lar)ga nisbatan hokim sanaladi?
*A) aniqlovchi B) kesim
C) to‘ldiruvchi, ega D) kesim, aniqlovchi
65. Ulardan biri akamning qayerdaligini so‘ragan edi, men ertalab o‘sha yerga, anhorga, ketganligini aytdim, o‘zim ham ular bilan oldinma-ketin anhorga jo‘nadim, yarim soatdan so‘ng u yerga yetib bordik.
Ushbu gapda qatnashgan ravishlar haqida berilgan hukmlardan nechtasi noto‘g‘ri?
1) ravishning ikki ma’no turi to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan; 2) gapda 4 ta yasama, 1 ta tub ravish qatnashgan; 3) ravishning tuzilishga ko‘ra 3 turi qatnashgan; 4) gapda qatnashgan ravishlar hokim qismga bitishuv va boshqaruv usulida birikkan
A) 3 tasi B) 2 tasi *C) 1 tasi D) 4 tasi
66. Bahor osmonida chaqnasa chaqin,
Ko‘ksingdan otilur olovli nafas.
Berilgan she’riy parchadagi so‘zlar necha o‘rinda boshqaruvli tobe bog‘lanishni hosil qilgan?
A) 1 B) 3 C) 4 *D) 2
67. O‘zga qishloqda tug‘ilgan donodan boshqa qishloqdagi odamlar ham naf oladi.
Ushbu gapdagi sifatlar qaysi gap bo‘laklariga tobelangan?
*A) hol, kesim, aniqlovchi B) to‘ldiruvchi, kesim
C) aniqlovchi, kesim D) ega, kesim
68. Bolaligida qush uyasini buzib odatlangan odam ulg‘ayganda birovning oilasini bemalol buza oladi.
Ushbu gapdagi fe’lli so‘z birikmalari sonini aniqlang.
A) 3 B) 4 *C) 6 D) 5
69. Tilimiz boy, chiroyli, unda ifoda etib bo‘lmaydigan fikrni topish qiyin.
Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi qatnashgan?
A) 5 ta *B) 3 ta C) 4 ta D) 6 ta
70. Quyidagi gapdan uyushiq bo‘laklar tobelanib bog‘langan hokim bo‘lak qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelayotganligini aniqlang.
Dunyodan, hayotdan, kelajakdan, pufpuflab, avaylab, oq yuvib, oq tarab o‘stirayotgan farzandlarining orzu-havasini ko‘rishdan, ularning kelajakda baxtli bo‘lishidan umidvor ota va onalar bu haqda chuqur o‘ylab, mushohada qilib ko‘rishlario lozim.
*A) aniqlovchi, ega B) aniqlovchi, kesim
C) faqat aniqlovchi D) hol, ega
71. O‘z tilini unutgan xalqning,
Bog‘larida o‘sgan gullarin
Chirmab uxlar zaharli ilon. (Xurshid Davron)
Berilgan she’riy parchada nechta bo‘lak kesimga bevosita tobelangan?
A) 3 B) 1 *C) 2 D) 4
72. Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi.
Ushbu gap haqida berilgan hukmlarning nechtasi noto‘g‘ri?
1) ham tobe, ham hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan ikkita so‘z birikmasi qatnashgan; 2) gapdagi boshqa bo‘laklarga nisbatan ham hokim, ham tobe qism vazifasini bajargan 2 ta yasama so‘z qatnashgan; 3) gapdagi boshqa bo‘laklarga nisbatan faqat hokim qism vazifasini bajargan 1 ta yasama so‘z qatnashgan; 4) to‘ldiruvchi so‘z birikmasining tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan.
A) 4 ta B) 2 tasi C) 3 tasi *D) 1 tasi
73. Shaharda zamonaviy baland binolar qurish avj olgan.
Ushbu gap haqida to‘g‘ri fikrlar nechta?
1) qator undoshli so‘z boshqa so‘zga boshqaruv usulida ergashgan so‘zga tobelangan; 2) gapdagi yasama so‘z egaga bitishuv usulida bog‘langan; 3) tobe qismi hol bo‘lib kelgan fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan; 4) yasama so‘z bilan ifodalangan tobe so‘z hokim qismga bitishuv usulida bog‘langan.
A) 1 ta *B) 3 ta C) 2 ta 4 ta
74. U o‘z vataniga muhabbatini va yurt taqdiri haqida yozilgan fikrlarni, faslafiy-badiiy mushohadalarni she’riy satrlarda ushbu to‘plamiga jamlagan.
Ushbu gapda bitishuv usulida bog‘langan so‘z birikmalaridan nechtasining tobe qismi boshqa bo‘lakka nisbatan hokim bo‘lak vazifasini bajarmagan?
*A) 3 B) 1 C) 2 D) 4
75. O‘g‘li ham, qizi ham, albatta, uyda, ko‘chada, maktabda o‘z fe’li, muomalasi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak.
Ushbu gapdagi uyushiq bo‘laklar haqida berilgan nechta hukm to‘g‘ri?
1) ega, o‘rin holi va kesim uyushgan; 2) uyushiq bo‘laklar kesimga bevosita bog‘langan; 3) aniqlovchiga nisbatan hokim, kesimga nisbatan tobe bo‘lak vazifasini bajargan uyushgan bo‘lak qatnashgan; 4) ushbu gapdagi barcha uyushiq bo‘laklar tobe bog‘lanishlarda faqat tobe qism vazifasini bajargan
A) 1 ta B) 4 ta C) 3ta *D) 2 ta
76. Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni barpo qilish, mustahkamlash, turli xon va beklarni birlikka chaqirish, adolatli va oqilona siyosatni amalga oshirish, umrning o‘tkinchiligi, ma’naviyat, yashash bilan bog‘liq g‘oyalar badiiy tarzdagi bir qomusiy dastur sifatida ilgari surilgan.
Ushbu gapda ishtirok etgan ko‘makchilar haqida berilgan noto‘g‘ri hukmni toping.
A) sof ko‘makchi uyushiq to‘ldiruvchilarni shakllantirishga xizmat qilgan
B) ko‘makchilar bilan shakllangan gap bo‘laklari aniqlovchi va kesimga tobelangan
*C) gapda faqat sof ko‘makchi ishtirok etgan
D) gapda sof va vazifadosh ko‘makchi ishtirok etgan
77. Tosh tuz tuyiladigan o‘g‘ir ichidan uzun qayroqni olib, pichoqni qayray boshladi.
Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmlarni ajrating.
1) asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan 6 ta so‘z qatnashgan;
2) fe’ldan yasalgan so‘z qatnashgan;
3) so‘zlar tarkibida til undoshlarining barcha turi mavjud;
4) bir so‘z tarkibida o‘zlik nisbat qo‘shimchasi qatnashgan;
5) fonetik o‘zgarishga uchragan yasama so‘z mavjud;
6) 1 ta hol va 1 ta aniqlovchi vositasiz to‘ldiruvchiga tobelangan;
7) 2 ta ko‘makchi fe’l qatnashgan
*A) 1, 2, 3, 5 B) 3, 4, 6, 7 C) 1, 3, 4 D) 2, 5, 6, 7
78. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi.
Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta so‘z boshqa bo‘laklarga nisbatan ham tobe, ham hokim qism vazifasini bajara olgan?
A) 4 ta B) 1 ta *C) 3 ta D) 2 ta
79. Qaysi gapda uchta gap bo‘lagi egaga bevosita tobelangan?
*A) Dunyoda donolardan ko‘ra nodonlar ko‘pligi shundan bo‘lsa kerak.
B) Ayol uchun e’tiborsiz qolishdan ortiq azob yo‘q.
C) O‘z ildizini inkor qilgan daraxt oxir oqibat qurib qoladi.
D) Nuqul o‘tmishidan noliydigan odam kelajagini barbod qilishi mumkin.
80. O‘zbekiston – go‘zal diyor,
Saodatga mehnati yor.
O‘zgacha bir hikmati bor,
Halollikka aytar alyor.
Ushbu she’riy parchadagi nechta tobe bog‘lanishda ot bilan ifodalangan gap bo‘lagi hokim qismga boshqaruv usulida bog‘langan?
A) 4 ta B) 5 ta *C) 3 ta D) 2 ta. Ayol – go‘zallik, nafosat va muhabbat timsoli, ayol bilan bog‘liq tuyg‘ular Sharqda asrlar davomida qadrlanib kelingan.
GAP
1. Qaysi javobda to‘rtta sodda gap ishtirok etgan?
A) Osti ham bir, usti ham bir tuproqning,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
*B) Qilichbozlar, otliqlarning yurti bu,
Moziyga boq, kimsan, aytar bu ko‘zgu.
C) Bahor keldi, endi ortiq qish emas,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
D) Hamon suqli ko‘zlar ila boqar yov,
Oz yeringni o‘zing asra bo‘lib dov.
2. Ro‘paramda esa kamida qirqni qoralab qolgan, chakka sochlariga oq oralagan, ko‘zlarida biror ma’no yo‘q, lablari po‘rsildoq kimsa o‘tirardi.
Ushbu gap turini aniqlang.
A) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
B) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
C) aralash murakkab qo‘shma gap
*D) uyushiq bo‘lakli sodda gap
3. Otamday rozi bo‘l, onamday sevgin,

Download 56,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish