*C) Nonni ta’riflashga har qanday so‘z ojizlik qiladi.
D) Bolalar ota-onani, ustozni hurmat qilishlari kerak.
21. Daraxtni undiradigan, o‘stiradigan, mevasini laziz qiladigan quyosh, yer va soy bo‘lsa, badiiy mahoratni undiradigan va o‘stiradigan, samarasini jozibali qiladigan xalq hayotidan olingan ilhomdir.
Ushbu gap haqida berilgan qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) ega, kesim, ega uyushgan
*B) barcha aniqlanmishlar uyushiq bo‘laklarga tobelangan
C) tobe va hokim qismlari uyushgan bo‘lak bilan ifodalangan moslashuvli tobe bog‘lanish hosil bo‘lgan
D) vositasiz to‘ldiruvchi uyushiq kesimga bilvosita bog‘langan
22. Vatan ravnaqi uchun kuchini baxsh etadigan farzandlarni o‘strigan yurtning ertasi buyukdir.
Ushbu gapda otning fe’lga tobelanishi necha o‘rinda kuzatilgan?
A) 4 o‘rinda B) 2 o‘rinda C) 1 o‘rinda *D) 3 o‘rinda
23. Bermoq uchun dunyoga sayqal
Olam aro odam yaralgan.
Ushbu she’riy parchadagi so‘z birikmalari necha xil yo‘l bilan xosil qilingan?
A) 2 *B) 1 C) 3 D) 4
24. Berilgan parchada uchta so‘zga nisbatan bevosita hokim qism vazifasini bajargan?
Dunyodagi tinchliksevar va madaniy xalqlar o‘zaro insoniy muloqotni salomdan boshlashadi. Har bir xalqning salomlashish bilan bog‘liq urfodatlari bor.
A) faqat kesim B) to‘ldiruvchi, kesim
*C) ega, kesim D) ega, to‘ldiruvchi, kesim
25. Qaysi gapda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘z yasama so‘zga tobelangan?
A) Qulog‘ing soz eshitsa agar, Nozik sasga bir dam quloq os.
*B) Yonib ishqi alangasida, Oy qiladi unga tabassum.
C) O‘zligim bilmoqqa davrim Berdi imkon, o‘zbegim.
D) Mening uyg‘oq qalbimga ayon, Ne xususda kuylar shalola.
26. Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar
o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi.
Ushbu gap haqida berilgan noto‘g‘ri fikrni aniqlang.
*A) to‘ldiruvchiga tobelangan bo‘lak uyushgan
B) uyushiq ega va uyushiq aniqlovchi qatnashgan
C) aniqlovchiga nisbatan hokim, egaga nisbatan tobe bo‘lgan aniqlovchi uyushgan
D) kesimga bevosita tobelangan bo‘lakning uyushishi kuzatiladi
27. Chodir eshigida osilgan kimxob parda Humoyunning qo‘liga mayin va salqin tegdi.
Berilgan gapda bitishuvli so‘z birikmalaridagi tobe qismlar qaysi turkumlarga oid?
*A) bir o‘rinda fe’l, bir o‘rinda ot, ikki o‘rinda sifatga oid
B) bir o‘rinda fe’l, bir o‘rinda sifat, ikki o‘rinda ravishga oid
C) bir o‘rinda fe’l, uch o‘rinda sifatga oid
D) bir o‘rinda fe’l, ikki o‘rinda sifatga oid
28. Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak.
Ushbu gapda tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘zdan iborat bo‘lgan birikmalar sonini aniqlang.
*A) 3 B) 5 C) 2 D) 4
29. Berilgan she’riy parchada ot turkumiga mansub so‘zlar qanday usul(lar) bilan hokim so‘zga tobelangan?
Jajji go‘dak, sen tug‘ilding, sen uchun,
Kim belanchak yasab turur shu damda,
Kimdir senga uchqur tulpor egarlar,
Kimdir senga hassa yo‘nar shu damda.
A) bitishuv, boshqaruv *B) boshqaruv C) moslashuv, bitishuv D) moslashuv
30. Qaysi gapda fe’lning fe’lga tobelanishidan hosil bo‘lgan uchta holli so‘z birikmasi mavjud?
A) Shundagina u Shavkatning boshiga yuzini bosgancha o‘ksib-o‘ksib yig‘lab yubordi.
B) Mashina peshanasiga o‘rnatilgan oynaga chirsillab yomg‘ir tomchilari urila boshladi.
*C) Bolakay baqirib gapirayotgan bu notanish amakidan qo‘rqqanidan yig‘lab qochib ketdi.
D) Anchagacha qayerda yotganini bilolmay, ko‘zlarini katta-katta ochgancha shiftga tikilib qoldi.
31. Vazifadosh bog‘lovchi yordamida bog‘langan bo‘laklar to‘ldiruvchiga tobelangan gapni toping.
*A) Beparvolik kishilar uchun na ma’naviy, na moddiy javobgarlik his qilishmagan joyda vujudga keladi.
B) Havo ochildi, lekin quyoshning harorati-yu issig‘ini sezmayapmiz.
C) Haqiqatni hasad va manmanlikka qurbon etuvchilar uchun oldinda shu’la yo‘q, chunki porloq kelajak ularga harorat baxsh etmaydi.
D) Ish vaqtida ayyor, lekin osh vaqtida tayyor bo‘lib, sirtingda yaltirab, iching qaltirab turib, tirikman degandan ko‘ra o‘lim afzal.
32. Respublikamiz maktablari o‘quvchi hamda o‘qituvchilarini darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashni ko‘ngildagidek yo‘lga qo‘yaylik.
Ushbu gapdagi gap bo‘laklarining grammatik bog‘lanishi haqida berilgan qaysi fikr to‘g‘ri?
A) kesimga bevosita bog‘langan bo‘laklar faqat bitishuv usulida tobelangan
B) qaralmishlar kesimga bevosita va bilvosita bog‘langan
*C) aniqlovchini ergashtirib kelgan aniqlovchi qatnashgan
D) barcha to‘ldiruvchilar kesimga bilvosita bog‘langan
33. Alimardon onasi o‘lganidan keyin uydan fayz ketganini hozir, ayniqsa, chuqur his qiladi.
Gapda nechta holli so‘z birikmasi mavjud?
A) 3 *B) 4 C) 2 D) 5
34. Men sizga beg‘ubor yaylov havosida chiniqqan, bir necha bor yirtqich hayvonlar hujumiga yo‘liqqan qo‘rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola haqida hikoya qilmoqchiman.
Berilgan gapdagi sodda yasama fe’l(lar) qanday gap bo‘lak(lar)iga tobelanib kelgan?
A) sifatlovchi aniqlovchiga
B) vositasiz to‘ldiruvchiga va kesimga
*C) vositali to‘ldiruvchiga
D) holga va sifatlovchi aniqlovchiga
35. – Bolajonim, o‘z umrimni ilm sirlarini o‘rganishga sarf qildim. Ilm nuri bilan mushkul tugunlarni yechdim, ammo o‘limga davo topolmadim.
Keltirilgan parchadagi aniqlovchili birikmalar sonini toping.
*A) 4 B) 3 C) 2 D) 1
36. Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,
Do'stlaringiz bilan baham: |