1. Advokatura tushunchasi


Advokatlik faoliyati tamoyillari



Download 62,71 Kb.
bet3/6
Sana30.12.2021
Hajmi62,71 Kb.
#196976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ADVOKATURA

2.Advokatlik faoliyati tamoyillari

“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, afsuski, tamoyillarning mazmun-mohiyatini ochmay, faqat sanab o‘tadi. Chunonchi, advokatura to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilab qo‘yilganki, “Advokatura o‘z faoliyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boqsha demokratik tamoyillar asosida

amalga oshiradi”. “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy

himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2- moddasidan kelib

chiqib, xulosa qilish mumkinki, qonun chiqaruvchi bir jihatda yakdil: qonuniylik

va mustaqillik advokatlar faoliyatining asosiy tamoyillaridir. Qonuniylik tamoyili – davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi, uning eng keng tushunish qamrovida, demokratik huquqiy davlat mavjudligining zaruriy shartidir. Buni ta'minlash faqat hayotga izchil ravishda qonuniylik tamoyilini kiritish orqaligina ta'minlash mumkin. bevosita tarzda bu tasdiq, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun tomonidan muvofiqlashtiriluvchi faoliyat sifatida, advokatlik faoliyatiga taalluqlidir. Eng umumiy suratda bu tamoyil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan: davlat hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar, fuarolar va ularning birlashmalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarga rioya etishga majburdirlar. Advokaturaga nisbatan qo‘llanilganda, qonuniylik tamoyili advokatlar tomonidan, avvalo O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanuvchi advokatlik faoliyati va advokatura to‘g‘risidagi barcha qonunchilikka va boshqa, advokatlik faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlariga rioya etilishida o‘z ifodasini topadi. Konstitutsiyaviy, fuqarolik va ma'muriy sud ishida vakil, shuningdek jinoiy sud ishida va ma'muriy qonunbuzilishlari haqidagi ishlar ko‘rilishida vakil yoki himoyachi sifatida qatnashayotgan advokat vakolatlari tegishli protsessual qonunchilik bilan boshqariladi. Advokatlik faoliyatida qonuniylik tamoyilining amaliy ishlashini ta'minlovchi kafolatlar “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlangan. Bu – advokatlarning

o‘z faoliyatilarini amalga oshirishdagi mustaqilligi, yuridik yordam so‘rab murojaat qilgan shaxsdan topshiriqni, agar u yaqqol noqonuniy xarakterga ega bo‘lsa, olishning taqiqlanishi va boshqalardir. Qonuniylik tamoyiliga muvofiq, nafaqat advokatlar, balki ularning yordamchilari, stajyorlari, advokatlik o‘zini-o‘zi boqsharish organlari ham qonunlarga og‘ishmay rioya etishlari va qonun talablarini bajarishlari lozim. Qonuniylik advokaturani tashkil etishda, advokatlik faoliyatining barcha jihatlarida o‘z aksini topadi va shu sababli boshqa o‘rganilayotgan tamoyillar orasida alohida o‘ringa ega, ular bilan xuddi umumiy va xos munosabatida bo‘ladi.

Qonuniylik tamoyili – umumhuquqiy, universal, uni butun huquq tizimining tamoyili sifatida belgilash mumkin. Advokaturani tashkil etish va faoliyatini yuritishning boshqa tamoyillari qonuniylikni amalga oshirishning shartlari sanaladi. Ularning har biri alohida holda qonuniylik tamoyilining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifaodasi bo‘lib xizmat qiladi. Ularning birortasini buzish qonuniylik talabidan chetlanishdir.

Advokatura mustaqilligi tamoyili – bu tamoyil advokaturaning huquqiy tabiati va maqomini tavsiflash uchun asosiy tamoyil sanaladi. Advokatura, avvalda qayd etilganidek, davlat hokimiyati va boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Bu, davlatga nisbatan mustaqil institut, u o‘z faoliyatiga aralashuvidan himoyalangandir. Advokaturaning, advokatlarning kasbiy hamjamiyati sifatida, mustaqilligi advokatlar tomonidan advokatlik faoliyatini amalga oshirilishida ularning mustaqilliklarining zaruriy sharti va kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, advokaturaning davlatdan mustaqilligi mutlaq emas. Ommaviy hokimiyat tashkiloti sifatida, davlat uning ommaviy funksiyasi – jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qiziqishlarini himoya qilishni amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarni bajaruvchi institutga nisbatan o‘zining tashkiliy, boshqaruv ta'sirini ko‘rsatmasligi ilojsiz. Asosiysi – davlatning boshqaruv ta'siri advokatlar tomonidan o‘z faoliyatini amalga oshirish mustaqilligiga daxl qilmaydigan muvozanatni topishdir.Qonun advokatura va davlatning o‘zaro aloqalarining asosiy tamoyillarini beliglaydi. Yuridik yordamning hammabopligini ta'minlash va advokatlik faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida davlat hokimiyati organlari:


  • advokatura mustaqilligi kafolatlarini ta'minlaydi;

  • qonunchilikda ko‘zda tutilgan vaziyatlarda fuqarolarga bepul yuridik

yordam ko‘rsatayotgan advokatlar faoliyatini moliyalashtiradi;

  • har bir advokatga qonunchilikda ko‘zda tutilgan ijtimoiy ta'minot taqdim

etiladi.
Bundan tashqari, davlat zimmasiga advokatlik faoliyatining bir qator tashkiliy jihatlari yuklatilgan. Umuman olganda, davlat va advokaturaning o‘zaro munosabatlari to‘liq ravishda har qanday fuqarolik jamiyati institutining demokratik huquqiy davlat bilan o‘zaro munosabatlari tizimiga javob beradi: davlat fuqarolik jamiyati instituti o‘z faoliyatini amalga oshirishining qoidalarini belgilaydi, ya'ni uning huquqiy asosini belgilaydi; bu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi; bu qoidalar buzilganda davlat tomonidan majburlash uslublarini boshqaradi; bu uslublar qo‘llanilishini ta'minlaydi. Shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qayd etganidek, “biz bugun qonunchilik sohasida ham, amaliyotda ham advokatura tizimining haqiqiy mustaqilligini kuchaytirish va ta'minlash uchun ko‘p ishlar qilmoqdamiz.... Qonun chiqaruvchining advokatlik faoliyati kafolatlari tizimi

shakllanishiga e'tibori alohida qonun – “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va

advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

Qonunining qabul qilinishida ham ko‘rinadi. Qayd etamizki, advokatning mustaqilligini ta'minlovchi choralarga nafaqat uning erkin faoliyat yuritishining kafolatlarida, balki ijtimoiy himoya me'yorlarini joriy etish ham kiradi, unga ko‘ra, advokatga, u tomonidan kasbiy majburiyatlarining bajarilishi tufayli shikastlanish yoki salomatlikka boshqa turdagi, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatidan to‘liq yoki qisman mahrum etuvchi zarar yetkazilsa yoki o‘lim yetkazilsa, advokatga yoki uning meroslariga davlat tomonidan muayyan sug‘urta to‘lovi to‘lanadi.“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10- moddasida advokatlarni ijtimoiy himoyalash choralari belgilangan. Chunonchi, 2- qismda qayd etiladiki, “advokatura o‘z mablag‘lari hisobidan advokatlarning hayoti va salomatligini sug‘urtalashni amalga oshiradi”.O‘zini-o‘zi boshqarish tamoyili – bu tamoyil advokaturaning nodavlat tuzilma ekanligidan kelib chiqadi. Davlat fuqarolik jamiyati institutini boshqarishni amalga oshira olmaydi va oshirmasligi ham kerak. Binobarin, advokatura o‘zini-o‘zi boshqarish tamoyiliga quriladi, ya'ni ichki hayotining muhim masalalari advokatlik o‘zini-o‘zi boshqarish organi (O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi) tomonidan hal etiladi. Korporativlik tamoyili - bu tamoyil umumiy suratda bir xil faoliyatini yurituvchi shaxslar, a'zolar kasbiy manfaatlarini himoya qilish, kasb obro‘sini oshirish, boshqa organ va tashkilotlar, jumladan davlat idoralari oldida vakillik qilish maqsadida korporatsiyaga, kasbiy tashkilotga birlashishlaridan kelib chiqadi. Korporatsiya o‘z ichki qoidalarini ishlab chiqadi. Tarixdan shunday shakllanganki, korporatsiya, ta'bir joiz bo‘lsa, erkin kasb egalarini birlashtiradi, ular sirasiga, jumladan, notariuslar va advokatlar ham kiradi.

Korporativlik tamoyili o‘zini-o‘zi boshqarish tamoyili bilan chambarchas bog‘liqdir.

Advokatlik hamjamiyati organlari qarorlarini qabul qilish orqali o‘zinio‘zi boshqarish samarali bo‘lishi, eng muhimi, istisnosiz barcha advokatlarga tegishli bo‘lishi uchun, barcha advokatlar advokatlik o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yurisdiksiyasi doirasiga kirishi, binobarin, kasbiy korporatsiya tarkibiga kirishlari zarurdir. Advokatlar teng huquqliligi tamoyili – ushbu tamoyilga muvofiq, barcha

advokatlar ular tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirishda tengdirlar. Bu tenglik quyidagilarda aks etadi:


  • advokatlik maqomi olinishida barcha nomzodlar bir xil talablar (oliy

yuridik ma'lumot, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yil

mehnat staji, jumladan stajirovkani belgilangan muddatda advokatlik

tuzilmalarida o‘tash)ga javob berishi kerak;


  • barcha advokatlar teng huquqlar va majburiyatlarga ega;

  • barcha advokatlarga nisbatan ularning mustaqilliklarining qonunchilikda ko‘zda tutilgan teng kafolati amalda bo‘ladi;

  • advokat, O‘zbekiston Respublikasining qaysi ma'muriy-hududiy birligining adliya boshqarmasi reestriga u haqda ma'lumotlar kiritilganidan qa'ti nazar, mamlakatning butun hududida biror-bir qo‘shimcha ruxsatlarsiz advokatlik faoliyatini amalga oshirish, ishonch bildiruvchi bilan uning yashash joyi yoki turgan joyidan qat'iy nazar kelishuv tuzishi mumkin;

  • advokatlik maqomining bu maqom olingan vaqtdan qat'i nazar tengligi kafolatlangan.

Advokatlik xizmatlarini ko‘rsatish maqsadining (jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan himoyalanadigan manfaatlarini himoyalash) foyda olishdan ustuvorligi (bu advokatlik faoliyatini tadbirkorlikdan ajratib turadi) tamoyili – unga ko‘ra, advokatlik faoliyati tadbirkorlik emas. Bunda advokatlik

faoliyati tijoriy emas, ijtimoiy-foydali xarakterga ega va jamiyatning va uning a'zolarining huquqiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida amalga

oshirilishi nazarda tutiladi.


Tamoyillar – bu umumiy rahbariy qoidalar bo‘lib, ular asosiga u yoki bu faoliyat (jarayon) quriladi. Advokaturaga qo‘llaganda, tamoyillarni tegishli faoliyatni tashkil etilishi va yo‘nalganligining asoslari sifatida belgilash mumkin. Bu asoslar tashkilot va fuqarolik jamiyatining ushbu institutining faoliyatini boshqaruvi qonunchilik mazmunini o‘zida ifodalaydi,advokaturaning davlat tomonidan yetarlicha muhofaza qilinishini va uning faoliyatiga aralashmasligini ta'minlaydi.



Umumiy Tamoyillar

- qonuniylik

- mustaqillik





-O’zini o’zi boshqarish

-Korparativlik

-Advokatlar teng huquqligi

-Advokatlik xizmatlari ko’rsatish maqsadining ustuvorligi

-Etika va advokatlik siriga qat’iy rioya qilish

-Qonunda taqiqlanmagan uslub va vositalarni qo’llash




Maxsus

Tamoyillar







Download 62,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish