1. Adobe photoshop dasturi Adobe photoshop qo’shimcha qurilmalar



Download 19,16 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi19,16 Kb.
#756151
Bog'liq
Mustaqil ishi 30 Kompyuter grafikasi




Adobe photoshop dasturida fayllarni konvertasiya qilishning qo’shimcha imkoniyatlari.
Reja :
1. Adobe photoshop dasturi
2. Adobe photoshop qo’shimcha qurilmalar
3. Adobe photoshop dasturida fayllarni konvertasiya

Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommobop yo‟nalishlardan biri bo‟lib bormoqda. Hozirda bu yo‟nalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shug‟ullanmoqda. Kompyuter grafikasi- kompyuterdan foydalanish jarayonidagi eng mashhur yo‟nalishlardan biri. Kompyuter grafikasisiz har qanday zamonaviy multimediya dasturi ish yurita olmaydi. Redaksiya va nashriyotlarda ko‟pgina tasvir va bezak ishlari grafika dasturlari orqali amalaga oshiriladi. Internetning rivojlanishi bilan esa grafik dasturlar keng qo‟llanila boshlandi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu sohaning hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo‟nalishlarni tinmay o‟rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o‟zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya`ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o‟zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish majmualari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi. Kompyuter grafikasi, uning turlari va asosiy tushunchalar Kompyuter grafikasi Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ulrga ishlov berish, shuningdek, grafik ob‟ektlar va fayllarda bo‟lgan nografik ob‟ektlar o‟rtasida bog‟lanish o‟rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb ataladi. Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o‟zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borlikdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko‟zda to‟tiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi. Kompyuter grafikasi mustaqil yo‟nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo‟ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O‟sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko‟rinmas chiziqlarni o‟chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo‟nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga ya`ni, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo‟naltirilgan edi. 70- yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va 6 ob`ektlarni o‟rganishga qaratildi. Bu yo‟nalish uch o‟lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o‟lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o‟lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishini talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, releflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog‟lik masalalarning paydo bulishi uch o‟lchovli grafikaga bo‟lgan ehtiyojni yanada oshirdi. 90-yillarda kompyuter grafikasining qo‟llanish sohalari ancha kengaydi, ya`ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo buldi. Natijada kompyuter grafikasini faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog‟liq bo‟lmagan mutaxassislarining ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo‟nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag‟ishlangan. Bu tamoyillarga ko‟ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro‟yxatga olish imkoniyati mavjud bo‟lishi kerak. Shunday tasvirlarga extiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo‟ldi. Kompyuterlar funktsional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta`minlovchi tizimlar ham yaratilishiga olib keldi. Kompyuter grafikasi turlari Hozirgi kunda kompyuter grafikasi asosan uch turga bo‟lib o‟rganiladi: rastrli grafika; vektorli grafika; fraktal grafika. Ular o‟rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o‟tish usulidan iborat. Shuningdek ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog`ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo‟ylab bir marta chopib o‟tadi, uning izi esa ekranda keyinga buyruq berilguncha saqlanib qoladi. Vektorli grafikaning asosiy elementi – chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tavirlarni yaratishga mo‟ljallangan. Vektorli grafika muxarrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flashlarni keltirish mumkin. Ushbu dasturiy vositalarda ishlangan rasmlar nuqtalar koordinatalari xamda ushbu nuqtalardan o‟tuvchi chiziqlar xamda vektorlar formulalaridan iborat bo‟ladi. Vektorli grafikada yaratilgan tasvirlar logotip, illyustratsiyalar va zastavkalar yaratishda foydalaniladi. 7 Vektorli grafika- shrift va oddiy geometrik elementlarni qo‟llash imkoniyatini beradi. Bunda tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi. Vektorli grafikadagi ma‟lumotlar operativ xotirada kam joy egallaydi. Masshtablash jarayonida ob‟ektlar o‟zining xususiyatini yo‟qotmaydi. Murakkab ob‟ektlarni vektorli grafikada ularning o‟lchamini kattalashtirib ko‟zdan kechirish mumkin. Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo'ladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo'yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi. Vektorli grafika dasturlarida yangi tasvirlar yaratiladi, lekin shu bilan birgalikda, ularga rastrli tasvirlarni ham qo'shish imkoni bor. Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik figuralarning xosslarini o‟rganish tashkil etadi. Ma`lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x,y) koordinatasi bilan, to‟g‟ri chiziq uning kanonik ko‟rinishi y=kx+b (bunda k va b ixtiyoriy sonlar) da, kesma esa mos ravishda boshlang‟ich va oxirgi nuqtasini berish bilan tasvirlanadi. Egri chiziqlar ham mos ravishda o‟z tenglamalariga ega. Vektorli grafika asosan illyustratsiyalar yaratish uchun yo‟naltirilgandir. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyixalash byurolarida, nashriyotlarida va boshqa joylarda keng qo‟llaniladi. Rastrli (nuqtali) grafika deb - bir xil o‟lcham va yacheykalarga ega bo‟lgan nuqtalar (piksellar) to‟plami orqali tasvirlangan tekis geometrik shakllarga aytiladi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‟ljallangan ko‟pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo‟ljallangan. Rastrli grafika muxarrirlariga misol kilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni keltirish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat - piksellardan iborat bulib mozaika holatida rasmni xosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. Rastrli grafika – multimediya va poligrafik nashrlarni yaratishda keng qo‟llaniladi. Rastrli grafika vositasi asosida yaratilgan tasvirlar kamdan-kam holatda kompyuter dasturlari orqali qo‟lda yaratiladi. Ko‟proq bu maqsadda tasvirlar skanerlanadi. Rastrli tasvirning asosiy elementi bu nuqta xisoblanadi. Agar tasvir ekranli bo‟lsa, u holda bu nuqta piksel deb ataladi. Tasvirning o‟lchami bilan uning imkoniyati o‟zaro bog‟liq. Bu parametr nuqta-dyuymga nisbatan o‟lchanadi. Yuqorida takidlangandek, rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta - piksellardan tashkil topgan bo'lib, har bir piksel alohida rangga ega bo'ladi. Ular 8 majmuasi esa yaxlit tasvirni tashkil etadi. Foydalanuvchi har bir pikselga ishlov berish imkoniga ega bo'ladi, tasvirdagi piksellar soni qanchalik ko'p bo'lsa, tasvir shunchalik yuqori sifatli bo'ladi. Tasvirdagi piksellar zichligi DPI (Dot Per Inch - dyuymdagi nuqtalar soni) deyiladi, ya'ni bir dyuymda (1 dyuym=2,54 sm) nechta nuqta joylashganligini belgilaydi. Gazeta va boshqa ro'znomalarda mazkur ko'rsatkich odatda 150 dpi, rangli jurnallarda 300 dpi, fotosurat va kompozisiyalarda 600-1200 dpi tashkil etadi. Ekranda tasvirlanadigan rasmlar uchun esa 72 dpi sifat ko'rsatkichi yetarli hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, mazkur ko'rsatkichni belgilash yoki tanlashda rasional yondashuvdan kelib chiqish kerak, chunki har bir nuqta xotirada bir bit (agar tasvir oq-qora bo'lsa) joy egallaydi va ular tasvirda ko'payganida tasvirning xotirada egallaydigan hajmi ancha katta bo'ladi. Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - Windows operasion tizimi tarkibiga kiruvchi Paint dasturidir. Mazkur dastur oddiy amallarni bajarish imkonini beradi, lekin professional darajadagi imkoniyatlardan foydalanish uchun maxsus rastrli grafik muharrirlaridan foydalanish kerak bo'ladi: Adobe Photoshop, Corel PhotoPaint va hokazo. Adobe Photoshop muharrirlari hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo mutaxassislari tomonidan tan olingan. Buning asosiy sabablari - uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashi. Fraktal grafika – bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi. Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi. Uning yordamida cheksiz xar-xil tasvirlarni olish mumkin. Fraktal grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalarga misol qilib MathCad, MathLab, Maplelarni keltirish mumkin. Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir. Fraktal grafika odatda o‟yin dasturlarini yaratishda ko‟proq qo‟llaniladi. Fraktal grafikada tasvirlar tenglamalar yordamida quriladi. Bunda tenglama koeffitsientlarini o‟zgartirish yordamida har xil rasmlarni olish mumkin. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo‟lib, uning vektorli grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob`ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o‟zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi. 9 Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo‟llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo‟llaniladi.
Download 19,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish