Hindiston yarimoroli.Hindiston yarimorolining asosi eng qadimgi Hind platformasidan iborat. Yer yuzasining katta qismi qadimgi kristall jinslardan tuzilgan. Qazilma boyliklardantemirva marganes rudalari, oltin, olmos, grafit, ko‘mirva neft konlari bor. Eng baland joyi yarimorolning janubida joylashgan Anaymudi tog‘idir (2 698 m). Yarimorolning g‘arbida dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab katta masofaga cho‘zilgan G‘arbiy Gatt tog‘lari va sharqida Sharqiy Gatt tog‘lari mavjud. Hindiston yarimorolining iqlimi subekvatorial musson iqlim. Yanvarning o‘rtacha harorati +26 °C, iyun oyida +40 °C dan oshadi. G‘arbiy Gatt tog‘larida doimiy yashil nam tropik o‘rmonlar,
markazida savanna o‘rmonlari va savannalar, daryo deltalarida mangra o‘rmonlaritarqalgan. Savol va topshiriqlar
1. O‘rta Osiyo adir, tog‘ mintaqalariga xos bo‘lgan o‘simlik turlarini aniqlab, nomlarini daftaringizga yozib oling.
2. Tog‘ o‘simliklari bilan yaylov o‘simliklarining farqi nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |