M U N D A R I J A
Kirish…………………………………………………………………………………
1. Adabiyotlardan tuplangan ma’lumotlar…..………………………………………...
2. Fermer xo’jaligi tug’risida umumiy ma’lumotlar, hududning tuproq iqlim
sharoitlari ..……………………………………………..…………………………………
2.1. Fermer xo’jaligi tug’risida umumiy ma’lumotlar…..……………………………...…..
2.2. Fermer xo’jaligi joylashgan hududning tuproq sharoiti..……………………………...
2.3. Fermer xo’jaligi joylashgan hududning joylashgan hududning iqlim sharoiti…...……
3. Tajribaning maqsadi, vazifalari va uslubiyoti………………………………...……
3.1. Tajribaning maqsadi vazifalari………………………………………………………...
3.2. Tajribada qo’llanilgan agrotehnik tadbirlar……………………………………………
4. Tajrida natijalari………………………………………………………………………
4.1. Aralash qilinganda soya va makkajo’horining rivojlanishi…………………………….
4.2. Soya va makkajo’hori aralash ekilganda o’simliklarning o’sishi ……………………...
4.3. Aralash ekilganda soya va ko’k massa hosildorligi……………..……………………...
5. Makkajo’horini soya bilan ko’k massa uchun aralash etishtirishning iqtisodiy samaradorligi …………………………………………………..……………………………
6. Nishon tumanidagi “Zarbdor” fermer xo’jaligida soyani makkajo’hori bilan qo’shib etishtirishni samarali tashkil etish…...…………………………………………..
7. Mehnatni muhofaza qilish…...………………………………………………………..
8. Tabiatni muhofaza qilish..…………………………………………………………….
Xulosa va ishlab chiqarishga tavsiyalar………………………..…………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………………………………………..
Ilovalar…………….…………………………………………………………………..
Kirish
Jahon dehqonchiligidagi ekin ekiladigan maydonlardan ayniqsa, sug’oriladigan yerlarda samaralli foydalanish uchun bir yilda bir yerdan 2-3 marta hosil olishga katta etibor berib kelinadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin qishloq ho’jalik ekinlarini etishtirishga bo’lgan qarash tubdan o’zgardi. G’o’za yakka hokimligiga barham berib, donli, moyli, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar ekish ko’paytirildi. Ayniqsa, fermer ho’jaliklarini tashkil etilishi sug’orilgan erlardan samarali foydalanish uchun katta imkoniyatlar ochib berdi.
O’zbekiston Respulikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek “… qishloq xo’jaligi sohasida birinchi navbatda tuproq unumdorligini oshirish choralarini ko’rish, barcha agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida bajarilishi, zamonaviy agrotexnikalarni joriy qilish seliksiya va urug’chilikni yanada rivojlantirish, mehnatni tashkil etish va rag’batlantirish, mehnatni rag’batlantirish bilan bog’liq, hali-beri ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjo’dligini ham e’tirof etishimiz zarur.
Shuni ochiq tan olish kerakki, fermer ho’jaliklarini tashkil etish va ularni masulioyatini yanada oshirish borasida ko’lab ishlar qilishimiz lozim”(I. Karimov. 2012 yil) shuning uchun fermer ho’jaliklarifaoliyatini samarali tashkil etish o’ta muhim vazifa hisoblanadi.
Fermer ho’jaliklarining faoliyatini samarali tashkil etishda ualr tasarrufidagi sug’oriladigan yerlardan foydalanshni barcha imkoniyatlarini ishga solish lozim bo’ladi. Xalqimizni oziq-ovqatga, ayniqsa chorvachilik mahsulotlariga (go’sht, sut va boshqalar)bo’lgan talabi kundan kunga oshib bormoqda va hal qilisnishi kerak bo’lgan dolzarb masalalardan bo’lib qolmoqda.
Mustahkam va sifatli em-hashak bazasini vujudga keltirish chorvachilik mahsulotlarini yanada ko’plab etishtirishning muhim omilidir. Ma’lumki chorva mollarining mahsulotlarini oshirish uchun ularni zootexnika qoidalaridan kelib chiqqan holda ratsiondan ko’rsatilgan oziq moddalar bilan ta’minlash, ayniqsa muhimdir. Ushbu qoidalarga ko’ra bir oziq birligi tarkibida 110-115 gramm protayin bo’lishi kerak. Ammo bu ko’rsatgich em-hashaklarda ko’pincha 80-85 grammni tashkil etmoqda. Bu esa o’z yavbatida ko’plab ortiqcha em-hashakni sarf bo’linishiga, chorva mollaridan olinayotgan mahsulotlar miqdorining 30-35 foizgacha kamayib ketishiga maxsulot tannarxini 1,5 barobargacha qimmatlashib ketishiga olib kelmoqda.
Yuqorida aytib o’tilgan muommoni hal qilishda tarkibida oqsil ko’p bo’lgan dukkakli don ekinlarini, jumladan oqsilga va aminakeslatalarga juda boy bo’lgan soya o’simligini koplab ekishga katta etibor berilmoqda.
Bu o’simlikning donida 48 % gacha oqsil mavjud bo’lib, uning tarkibida inson hayoti uchun zarur bo’lgan hamma amina kislatalar bor. Soyaning 100 gramm oqsilida D, E vitaminlar va Yormatovaning (1991 yil) malumotlariga ko’ra eng muhim almashtirib bo’lmaydigan 6 gramm lizin aminakislatasi bo’ladi. Shuningdek uning tarkibida 18-20 % moy, ko’plab mineral moddalar, vetaminlar bor. 100 kg ko’k massasida 20,5 % oziq birligi tarkibida 4,5 % xazm bo’ladigan protein 11 % azotsiz ekstraktiv moddalar bo’ladi. 100 kg pichanida 51 oziq birligi bo’lib, uning tarkibida 15 % oqsil 2,75-3,11 % hazm bo’livchi protein, 5 % moy 32 % uglibod va ko’plab mineral elementlar hamda karatin mavjud (Abdikarimov, Botirov, 1989, 1995; Otabekova va boshqalar, 1997; Yormatova va boshqalar, 2002, 2004; Panjiev va b., 2005).
Soyadan tayyorlangan 1 tonna omixta em xisobiga qo’shimcha ravishda 300 kg gacha sut yoki 30 kg gacha gusht etishtirish mumkin. 1 st soya donidan 75-80 kg shirot, 30 kg tez hazm bo’luvchi protein olish mumkin. Soya urug’ida oqsil miqdori tovuq go’shtiga qaraganda 14 marta, tuxumga qaraganda 4 marta, mol gushtiga qaraganda35 marta ko’proqdir. Shu bilan birga soya oqsilining tannarxi sut oqsilidan 25 marta, mol go’shti oqsilidan 50 marta arzonga tushadi.
Yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlari tafayli bu o’simlikni ro’r massa uchun sof holda, makkajo’xori, va boshqlar bilan aralashtirib ekishning samarali texnaligiyasini yaratish uchun ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlarning natujalari soyani ko’k massa uchun etishtirilganda uni makkajo’xori bilan aralashtirib ekish istiqboli va iqtisodiy samarali ekanligini ko’rsatadi.
Rossiya (avvalgi butinittifoq) makkajo’xorichilik ilmiy tekshirish institutining malumotiga ko’ra soya makkajo’xori bilan qo’shib ekilganda bir gektardan olinaadigan protein miqdori o’rtacha 25-32 % ga oshadi.
Bu ikkala o’simlikni ekish muddati, tuproq va iqlim sharoitiga bo’lagn talabi, unib chiqishi, o’suv davrining dastlabki paytlarida sust va keyingi davrida esa jadal rivojlanish mineral va oranik moddalarga bo’lgan talablarining bir-biriga yaqin bo’lib, soya ham makkajo’xorei kabi qisqa kun o’simligidir.
Soya o’simlikning har tomonlama qimmatligini hamda bu o’simlikni makkajo’xoribilan aralashtirib ekishning iqtisodiy samaradorligi va ekalogik jixatdan maqbo’lligini xisobga olib, o’ziga xos iqlim va tuproq sharoitiga ega bo’lgan Nishon tumanidagi “Zarbdor” fermer xo’jaligi sharoitida soyani makkajo’xori bilan aralashtirib o’stirish texnalogiyasi ustida tajribalar olib borildi.
1. Adabiyotlardan to’plangan ma’lumotlar
Soya jo’da qadimdan ekib kelinadigan o’simlikdir. Uning oqsilga boyligi va qishloq xo’jaligi hayvonlari uchun eng to’yimli ozuqa bo’lganligi sababli bu o’simlik etishtiriladigan maydonlar asrimizning ayniqsa, ikkinchi yarmida kengaydi. Masalan, AQSh da 1909 yilda soya o’simligi 660 gektarga ekilgan bo’lsa, 1983 yilga kelib uning maydoni 32 million gektarni tashkil etadi. Xozirgi kunda bu o’simlik dunyo bo’yicha jami bo’lib 93 million gektar yerga ekilmoqda (Xushvaqtova, 2011 yil).
D.Yo.Yormatova (1989) yozishicha Ukraina, Moldaviya, Shimoliy Kavkaz, Ko’ban, Uzoq Sharqda hamda O’rta Osiyo 1929-1931 yilda soya maydoni ekin sifatida ekiladi. Ammo bu o’simlikni O’zbekiston sharoitida etishtirilishining agrotexnikasini ishlab chiqish hamda biologik-morfologik xususiyatlari o’tgan asrning 70 yillaridan boshlab har tomonlama o’rganib kelinmoqda. 1987 yilda O’zbekistonda soya don uchun 2700 gektar yerda ekildi va gektar yirdan olingan don hosildorligi o’rtacha 14,6 st dan tashkil qildi xuddi shu yili soya makkajo’xori bilan qo’shib ekilgan maydonlar 9 ming gektarga etdi (Yormatova, 1989).
Turli ekalogik sharoitlarda o’tkazilgan tajribalar ko’k massa uchun soyani makkajo’xori bilan qo’shib ekilganda makkajo’xorining o’zi sof holda ekilganga qaragandagektariga 77-258 kg qo’shimcha hazm bo’luvch protein olinadi. Bu ikkala o’simlik aralashtirib ekilganda, shu muommalarning malumotiga ko’ra gektariga 347,6 st silosbob ko’k massa olingan uning tarkibidagi hazm bo’luvchi protein miqdori 525 kg gat eng bo’lgan. Sof holda ekilgan makkajo’xorining silosbob ko’k massasi hosili gektariga 325 st ni undagi hazm bo’luvchi protein miqdori esa 378 kg ni tashkil etgan.
D.Yo.Yormatovaning (1991) takidlashicha soyani boshqa o’simliklar, jumladan makkajo’xori bilan qo’shib ekilganda eng avvalo ekilishi lozim bo’lgan soya va makkajo’xorining shunday navlarinin tanlash kerakki, bo’nda soya dukkaklariningtulishish davri makkajo’xori donlarni pishish davriga to’g’ri kelishi lozim.
G. T. Lovreninkoning (1979) yozishicha silosbobmakkajo’xori vasoya ko’k massasida eng maqbo’l nisbati 3:1 bo’lib, bunday massadan tayyorlangan silosning 1 st da 20 ozuqa birligi va 22 kg hazm bo’luvchi protein mavjud bo’ladi. Makkajo’xori soya aralashmasidan tayyorlangan silos bilan oziqlantirilganda sigirlardan olingan sut miqdori ular sof holda makkajo’xori silosi bilan boqilgandagiga qaraganda kuniga 1-2 kg ga oshadi, hamda sutning tarkibiga moy miqdori 0,15-0,20 % ga, oqsil esa 0,4-0,5 % ga oshadi. A. Babich (1978) va D. Yo. Yormatovalarning (1989) qayd qilishlariga ko’ra soyani makkajo’xori bilan qo’shib ekilganda yer makkajo’xorini ekishga qanday tayyorlansa, xuddi shunday tayyorlanadi. Ikkala o’simlik aralash ekilganda yerlarni ishlash usuli dalaning tabiiy sharoitiga va uni qaysi ekinlardan keyin ekilganligiga bog’liq. Makkqajo’xori va soya urug’larinitez undirib olish uchun nam etarli darajada bo’lishi,maysalari chuqurroq ildiz otishi uchun tuproq nixoyatda sifatli qilib ishlanishi va chuqur yumshatilishi kerak.
Shudgorni kuzda o’tkazilish lozim. Agar shudgorlash erta bahorda o’tkazilsa, soyaning hosildorligi kamayadi (Babich, 1978). Qishki yog’inlardan to’la foydalanib, ko’proq nam tuplash uchun yerlar kuzda tekislanib, 28-30 sm chuqurlikda haydalishi lozim (Yormatova, 1989). Shudgorlash bilan bir qatorda har gektariga o’rta hisobda 10 tonna gung, 75 kg fosforli o’g’itlar ham berilishi lozim. Soya bilan makkajo’xori donli ekinlardan keyin ekilsa, yerni 10-12 sm chuqurlikda haydash etarli bo’lib, bunda ekinlarni ildiz sestemalari qirqiladi, u yerdagi begona o’tlarni urug’lari va zararkunandalarni tuxumlari qishki sovuqda nobud bo’ladi. Erta bahorda ekin ekiladigan maydonlarga barona bosiladi, so’ngra 10-12 sm chuqurlikda ikki marta kultivatsiya dalani ko’ndalangiga qilinadi. Natijada tuproq yaxshi qiziydi, qishda halok bo’lmagan begona o’t va zararkunandalar unib chiqishiga imkon tug’iladi. Shundan so’ng ikkinchi kultivatsiya o’tkazilib, unib chiqqan begona o’tlar qirib tashlanadi. Bahorgi qurg’oqchil kelgan yillari hamda begona o’tlar kam bo’lganda kultivatsiyani bir martaq o’tkazish ham etarli bo’ladi. Ekish oldidan mola bostirilib, yer tekislanadi.
Bunday maydonlarda texnika ishlashi qulay bo’lib, urug’larni bir hil chuqurlikda tushishiga va tez hamda bir tekisda unib chiqishiga imkon beradi. Sho’ri yuvilgan maydonlarning yeri zichlashib qolgan bo’lsa, bunday yerlarni baxorgi chizil yordamida yumshatiladi va barona qilinib mola bosiladi.
Yo. G. Koryagin (1978) ning fikricha soya o’simligi makkajo’xori bilan qo’shib ekilganda beriladigan azot miqdari sof holda 60 kg dan oshmasligi kerak. Agar azot miqdori 90-120 kg ga etsa olinadigan protein miqdori kamayib ketaqdi.
A. A. Babich (1978) ning takidlashicha soya makkajo’xori bilan qo’shib ekilganda dalaga dastlabgi azotli o’g’itlar solish meyori juda yuqori bolmasligi lozim, chunki azotli ug’tlar makkajo’xorining o’sishini tezlashtiradi va u tez o’sib ketadi. Natejada juda yaxshi rivojlangan makkajo’xori o’simliklari soyani zarur bo’lgan yorug’likdan foydalanishiga to’sqinlik qiladi. Bu esa soyani rivojlanishi va o’sishini sustlashtiriladi hamda ular nimjon bo’lib qoladi.
P.I Kuxorchik, E. Ya Lugavskaya (1973) larning qayd etishlarichasoya makkajo’xori bilan aralash ekilgan maydonlarda fosforli vs kaliyli o’g’itlarni solinishi natejasida soya o’simliklarining rivojlanishi va o’sishi tezlashadi, uning hosildorligi sezilarli darajada oshadi. Buning natejasida soya makkajo’xori o’simliklari aralashmasidan tayyorlangan ko’k massada soyaning hissasi oshadi. Bunday ko’k macca sifatli bolib, juda tuyimliligi bilan farq qiladi. D. Yo. Yormatova (1991) yozishicha, makkajo’xori o’suv davrining dastlabgi paytlaridayoq azotli o’g’itlarga joda talabchan bo’ladi. Birinchi oziqlantirish soya ikkita- uchta barg chiqarganpaytga tug’ri keladi.
Soya qiyg’os gullagan va makkajo’xori 7-8 barg chiqargan yoki bo’yi 70-80 sm danoshmagan paytda 2-chi marta azotli o’g’itlar bilan oziqlantiriladi. Makkajo’xori bilan soya birinchi marta oziqlantirilganda 40-45 kg (sof holda) azot va 35-40 kg fosfor ikkinchi marta oziqlantirilganda esa gektariga 65-70 kg azotli o’g’it beriladi. Keyingi yillarda o’tkazilgan tajribalar soya va makkajo’xorini ekish bilan birga tuproqda 30-35 kg azot solinganda bular yanada yaxshi rivojlanishi ko’rsatmoqda. Shu bilan birga azotli o’g’itlar ekish bilan bir vaqtda berilsa, nihollar soni, to’liq bo’ladi (D. Yo. Yormatova, 1991)
A. K. Litsinko (1978) ma’lumotlariga ko’ra, soya va makkalo’hori barcha dukkakli va donli ekinlardan ko’ra tuproq miqdorida oziq elementlarini o’zlashtirib olib ketadi. 1 st bug’doy donini olish uchun soya doni olishga qaratilgan azot 2,6 marta, fosfor va kaliy 2,8 marta kam sarflanadi.
E. P. Gorelov (1978), D. Yo. Yormatova (1983,1989), A. Panjiev (1982) larning ma’lumotlariga ko’ra respublikamizning barcha maydonlarida tuproqda urug’ tushadigan qatlamdagi xarorat +10-120 C darajaga etgandamakkajo’xori va soyani ekishga kirishish kerak.
V. B. Enkin (1959) ning tekshirishlari shuni ko’rsatadiki, soya o’simligi urug’ini unib chiqishi uchun eng maqbul havo xarorati +20-220 C bo’lishi kerak.
Turli iqlim sharoitlarida o’tkazilgan tajribalar soyani ko’k massasi uchun etishtirishda uni keng qatorlab (qator oralig’i 70 sm) ekish kerakligini ko’rsatmoqda (Musaev 1975: Voloshux, 1976: Panjiev, 1982: D. Yo. Yormatova va boshqalr, 2004: panjiev va boshqalar,2005: Anorboev, Sattorov, 2012)
Soya ayniqsa, makkajo’xori bilan ko’k massa uchun ekilganda qator oralig’I 70 sm bo’lishi kerak. D. Yo. Yormatova takidlashicha soya bilan makkajo’xori qo’shib ekilganda tor qatorlab ekish mumkin emas, chunki bunda soyaning yorug’lik rejimi buziladi. D. Yo. Yormatova takidlashicha soya bilan makkajo’xori qo’shib ekilganda tor qatorlab ekish mumkin emas, chunki bunda soyaning yorug’lik rejimi buziladi.
Soya bilan makkajo’xorini aralash ekish bo’yicha ko’plab tajriblar o’tkazilgan. Respublikamizning turli joylaridasoya bilan makkajo’xori punkt usulida soya esa lenta usulida bir qatorga soya bilan makkajo’xori uro’g’larini aralash holda ekib ko’rilgan. Shu bilan birga soya uro’g’lari alohida bir qatorga ekilgan, boshqa variantga esa soya 4 qator, makkajo’xori 8 qator ekilgan va ular taqqaslab ko’rilgan. Natijada har ikkala o’simlikni 4 qatordan ekish afzal ekanligi aniqlangan (D. Yo. Yormatova , 1989).
G’uzor tumanida “Krasnadar-10” soya navi “Vir-338” makkajo’xori duragayi bilan qo’shib ekilganda qator orasi 70 sm 4 qator soya, 4 qator makkajo’xori ekish meyori gektariga makkajo’xori uchun gektariga 20 kg soya uchun esa 30 kg. KPN -4,2 markali kultivatorlardan foydalanish mumkin. Bu ko’ltivatorlar T-40 va T-40A markali “Belarus” traktorlaiga tirkab ishlatiladi (Panjiev, 1982: D. Yo. Yormatova, 1989).
A. A. Babich (1978) ning fikricha soya va makkajo’xori aralash ekilganda ularning silos uchun yig’ishtirib olishni o’z vaqtida o’tkazish eng muhimdir. Uning takidlashicha silos uchun makkajo’hori doning sut-mum pishish vaqtigacha o’rib olish kerak. Agar erta o’rilsa, ko’k massaning hosildorligi kamayib ketadi.
Agar hosil kech yig’ishtirib olinsa, hosildorlik keskin kamayib ketadi va shu bilan birga uning sifati ancha past bo’ladi.
Soya makkajo’xoridan tashqari chorva mollari uchun to’yimli em-xashak beruvchi sudano’ti, jo’xori, suli, lovlagi kabi o’simliklar bilan qo’shib ekiladi.
Shimoliy Kavkaz sharoitida o’tkazilgan tajribalar soyaning qandli jo’xori bilan qo’shib ekish yaxshi samara berishini ko’rsatdi. Qandli jo’xori o’zi sof holda ekilganda gekaridan 554 st ko’k massa yoki 1052 kg protein yig’ishtirib olinadi, soya bilan qo’shib ekilganda esako’k massa hosildorligi biroz kam 499 st ni tashkil qilsada, har gektar yerdan 1,5 marta ko’p -1698 kg protein olinadi (A. A. Babich, 1978).
A.A.Babich (1978) ning ma’lumotiga ko’ra Belgarad viloyatida qndli makkajo’xorining ko’k massa xosildorligi gektariga 321 st ni, soya bilan qo’shib ekilganda esa bu ko’rsatgich 264 st ni tashkil qildi. Ammo hosil sifatining oshishi va soya ko’k massasi tarkibidagi protein hisobiga gektaridan qo’shimcha 144 kg gacha hazm bo’luvchi protein yitishtiriladi. Sof holda yitishtirilgan qandli jo’xorining 1 oziq birligida 70-119 gr hazm bo’luvchi protein mavjud bo’lishi aniqlangan.
D.Yo.Yormatova (1989)ning yozishicha soyani so’dan o’ti bilan aralashtirib yitishtirish bo’yicha tajribalar Shaxrisabz tumanidagichorvachilik xo’jaligida “Вольна” va “ВНИИМК-6” navlari kuzgi arpadan bo’shagan yerlarga iyul oyining birinchi o’n kunligida ekilgan. Urug’lar tez unib chiqqan. Ekish davrida soya va sudan urig’i har 4- qatorga alohida-alohida ekilgan. Avgust oyining ikkinchi yarmida, yani ekilgandan 60-65 kun o’tgach soya va so’dan o’ti ko’k massasi yig’ishtirib olingan. Bu davrda soya poyalarining pastgi qismida dukkaklar hosil bo’la boshlagan bo’lib,olingan ko’k massaning hosildorligi gektariga270-289 st ni tashkil qilgan. Soya va so’dan o’ti birinchi marta o’rib olingandan keyin 40-45 kun o’tgach qayta ko’karib chiqqan so’dan o’ti ikkinchi marta qaytra o’rib olingan.
Toshkent viloyatida olib borilgan tajribalarshuni ko’rsatadiki, soyani makkajo’xori bilan qo’shib ekilishi nafaqat hosildorlikka,balki hosilning tarkibidagi oziq birligiga ham ijobiy ta’sir etishini ko’rsatadi
Soya makkajo’xori, so’dan o’ti bilan aralash holda ko’k massasi uchun o’stirilganda uning baland bo’yli xashki “Краснадар-10”, “Краснадар-33”, “факи”, “Do’stlik”, “юлдуз”, “Камсамолька”, “Высокорослая” kabi navlaridan foydalanish kerak.
Shunday qilib turli iqlim va tuproq sharoitlarida keng miqiyosida olib borilgan tajribalar soya o’simligini makkajo’xori, qandli jo’xori, so’dan o’ti bilan qo’shib etishtirilganda qo’shimca harajatlar qilmasdan turib yuqori hosil hamda tarkibi oqsilga almashtirib bo’lmaydigan aminakislatalar, mineral moddalar va vetaminlarga boq bo’lgan ko’k massa olish mumkinligini ko’rsatdi. Bu usul iqtisodiy jixatdan ham anch samarali bo’lib, sug’oriladigan maydonlardan unumli foydalanish imkonini beradi.
2. Fermer xo’jaligi tug’risida umumiy ma’lumotlar, hududning tuproq va iqlim sharoitlari
2.1 Fermer xo’jaligi tug’risida umumiy ma’lumotlar
“Zarbdor” Fermer xo’jaligi Nishon tumani hokimligining 2002 yil 12-maydagi 44/33-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo’lib, umumiy yer maydoni 105 gektarni tashkil etadi. Shu maydonning 65 gektari sog’oriladigan yerlardan, 34,1 gektar esa yaylovlardan, 0,4 gektari suv osti, 0,5 gektari yo’llar bilan band yerlardan iborat bo’lagan. 2010 yil mart oyida fermer xo’jaligi yiriklashtirilib, uning maydoni 195 gektarga etkazilgan. Hozirgi kunda bu maydonlarning 35 gektariga g’o’za, 70 gektariga boshoqli don ekinlari (asosan bug’doy) ekib, o’stiriladi. 3 gektar yerga bog’ barpo etilgan.
Fermer xo’jaligi shimoliy tomondan “Qobil bobo” fermer xo’jaligi, sharq tomondan Tlimarjon suv ombori, janub tomondan “Hakim bobo” fermer xo’jaligi, g’arbdan esa Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasiga qarashli aylanma kanal bilan chegaralangan.
2.2. Fermer xo’jaligi joylashgan hududning tuproq sharoiti
Fermer xo’jaligi joylashgan hududning tuprog’I och tusli bo’z tuproq bo’lib, mexanik tarkibi o’ratcha qumloq.
Bu tuproqlar gumusning kamligi, uning gorizantlari uncha yaxshi ajralib turmasligi va umuman barcha qatlamlarning yaxshi ifodalanmaganligi turli jonivorllar inlarining kop bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Kam gumusli gorizant (A+B) ning qalinligi 40-50 sm bo’lib, och tusli bo’z tuproq. B gorizanti bir oz malla tusli, ancha zichlashgan va rangi och karbanatlarining oq ko’zoynakli donalari B A gorizanti bilan almashinadi. 1 m chuqurlikda tuproqda nam to’planishi mumkin.
Tuproqning 150-180 sm chuqurlikda qum-shag’alllar uchraydi. Bu tuproqning A-gorizantida gumus miqdori 1,2-1,4 % bo’lib pastgi qatlamlarida kamayib boradi. Oziq moddalar miqdori jihatdan kam ta’minlangan.
Umumiy azot -0,01-0,02, fosfor 0,9 va kaliy miqdori 0,4 % atrofida. Bu tuproqlarning gumusi tarkibida fulvo kislata ko’proq, gumin kislata niabatan oddiy formadan iborat.
1-jadval
Och tusli bo’z tuproqlarning fizikaviy xossalari.
Tuproq gorizanti
|
Tuproq chuqurligi
|
Qattiq fazasi zichligi g/sm3
|
Zichligi, g/sm3
|
Umumiy g’ovakligi, %
|
A1
A2
B1
B2
|
0-5
5-10
10-20
35-40
|
2,75
2,75
2,73
2,21
|
1,35
1,45
1,39
1,22
|
51
47
49
55
|
1-jadvaldagi ma’lumotlarga ko’ra bu tuproqlarni zichligi yuza qatlamda yuqori (1,35-1,45 g/sm3), pastgi qatlamlarda esa kamayadi (1,22 g/sm3). Och tusli bo’z tuproqlarning g’ovakligi yuza (10-20 sm) qatlamda 47-51 % bo’lsa, 35-40 sm chuqurlikda 55 % ni tashkil etadi.
Bu tuproqlardan yuqori hosil olish uchun uni chirindiga boyitish, unimdorligini oshirish hamda fizikafiy va himiyaviy xususiyatlarini yaxshilovchi agrotexnik tadbirlarni amalgam oshirish talab etiladi.
2.3. Fermer xo’jaligi joylashgan hududning iqlim sharoiti
Nishon tumani viloyatning janubiy qismida joylashgan bo’lib, iqlimi o’zgaruvchan kontinental, yozi issiq, qishida sovuq.
Ijobiy xaroratlar yig’indisi 4900-50000 C samarali xarorat 2500-29000 C bi tashkil qiladi. Sovuq bo’lmaydigan kunlari 210-230 kun bo’lib, birinchi kuzgi sovuq 14-oktabrdan 2-noyabrgacha tushadi. Oxirgi bahorgi sovuq 16-25 martda sodir bo’ladi. Xaroratning +100 C dan yuqori bo’lishi ko’p yillik ma’lumotlarga ko’ra 14-19 martdan boshlanadi.
Maksimal xarorat iyul oyidan kuzatilib, +47-500 C ga yitadi. Urtacha ko’p yillik xarorat +15,80 C ni tashkil etadi.
Vegetatsya davridagi o’rtacha nisbiy namlik 38-51 % Aprel-oktabr oylarida havoning nisbiy namligi 48 %, yog’inganchilik 70 mm, bo’glanish 1500 mm, namlik yetishmasligi1500 mm ni tashkil etadi. Oktabr-mart oylaridagi yog’ingarchilik 237 mm, bo’g’lanish 308 mm gat eng. Iyul-avgust oylaridagi havoning nisbiy namligi 22 %, kunduz kunlari 15 % gacha kamayadi. Havoning nisbiy namligi “garmsil” shamillari esadi.
Shamolning o’rtacha tzligi 2-4 m/sek bo’lib, iyul oyining oxirgi avgust oyining boshlarida 6-7 kun moboynidaissiq shamol tezligi 15 m/sek ni tashkil etadi.
Tuproqda namning kamligi, havo nisbiy namligining pastligini atmosfera yog’ingarchiliklarning notekis taqsimlanishi, yozgi haroratning keskin ko’tarilib ketishi bilan izohlanadi. Shuning uchun bunday sharoitda qishloq xo’jaliklarini o’stirish va ulardan yuqori hosil olish uchun avvalo suv tanqisligiga chidamli ekin navlarini ekish, ekinlarni suvga bo’lgan talabini qondirish uchun qulay sug’orish meyori va usullaridan foydalanishni ta’lab etadi.
3. Tajribaning maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Dala tajribalari “Nishon” tumanidagi “Zarbdor” fermer xo’jaligining och tusli bo’z tuproqlar sharoitida o’tkaziladi.
3.1. Tajribaning maqsadi va vazifalari
Izlanishlarimizning asosiy maqsadi “Zarbdor” fermer xo’jaligi joylashgan xududning och tusli bo’z tuproqlarda soya bilan makkajo’xorini ko’k massa uchun aralash yetishtirish texnaligiyasini o’rganish va samaradorligini aniqlashdan iborat.
Ushbu maqsadning amalgam oshirish uchun quyidagi vazifalar bajariladi.
-
aralash ekilganda soya bilan makkajo’xori o’simliklarinig rivojlanish va o’sish o’rganiladi;
-
har xil variant (usul) da aralash ekilganda soya va makkajo’xori o’simliklari ko’k massasi hosildorligi, sifatida hamda oziqavey qiymatini aniqlandi.
-
Sug’oriladigan och tusli bo’z tuproqlarda soya bilan makkajo’xorini turli variantlarda aralash ekishning iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi.
Sanab utilgan ko’rsatgichlarni o’rganish va tahlil qilish asosida soya bilan makkajo’xorini aralash ekishning eng qulay hamda iqtisodiy jihatdan samaradorligi yuqori bo’lgan aralash ekish varianti aniqlandi va amalgam joriy qilish tavsiya etishdi.
Bu vazifalarni bajarish uchun dala tajrebalarini bajarish uchun dala tajrebalari B. A. Dosnexovning (1979) “Dala tajrebalari metodikasi” nomli kitobi asosida olib boriladi.tajrebada qaytariqlar soni 4 ta bo’lib, jami 3 ta variant bilan ekiladi.
-
variant: har ikkala o’simlik aloxida qilib 2-qatordan navbat bilan ekiladi:
-
variant: har ikkala o’simlik aloxida 4 qatordan qilib navbat bilan ekiladi:
-
variant: har ikkala o’simlik aloxida 8 qatordan qilib navbat bilan ekiladi:
Nazorat uchun soya o’simligi sof holda ekiladi.
Tajrebalardagi har bir qaytariqning umumiy maydoni 6 m2 ni, kuzatishlar o’tkazilgan maydon esa 50 m2 ni tashkil qilad, qator oralig’i 0,7 metr.
Tajreba uchun soya o’simligining “O’zbekiston 306 AMB” navlari ekiladi.
Soya o’simligi sof holda ekilganda uning ekish me’yori gektariga 450 ming to’pni soya bilan makkajo’xori aralash ekilganda esa soya 200 ming to’pni, makkajo’xori esa 55 ming to’pni tashkil etdi.
O’simliklarni rivojlanishining quydagi fazalari qayd etildi:
-
soya o’simligi uchun maysalarning unib chiqishi:
-
dastlabgi uchtalik barg hosil qilishi, gullash va dukkaklarda don hosil qilishi fazalari:
-
makkajo’hori o’simligi uchun unib chiqish, 3-4 ta barg hosil qilish, ro’vak chiqarish, gullash va sut pishish fazalari.
Keyingi fazalarni soya ham makkajo’xori ham o’tmadi. Chunki soya o’simligi dukkak hosil qilish fazasid, makkajo’xorining sut pishish fazasida o’rib olinadi.
Soya va makkajo’xori o’simliklarning o’sish va rivojlanishi har bir qaytariqlarda ajratilgan 25 ta o’simlikda olib borildi.
3.2. Tajribada qo’llanilgan agrotehnik tadbirlar
Aralash ekish uchun yer makkajo’xorini ekishga qanday tayyorlansa, soya bilan birgalikda ekilganda ham huddi shunday tayyorlanadi.
Tajribalar o’tkaziladigan, tozalangan maydan ko’zda gektariga 10 tonna hisobida gung, 150 kg hisobida fosforli o’git solinib so’ngra esa ПН-4-35 plugi bilan shudgor qilinadi.
Erta bahorda esa ajratilgan dalani bir marta chizillab ekishga tayyorlanadi. Ekish oldidan bu maydon molalanadi. Ekish maydonning 16 kuni CПУ-6 markali seyalkasi yordamida, ekish meyori soyani gektariga 40 kg, makkajoxorini 25 kg qilib ekiladi. Ekish bilan birga gektariga 30 kg szotli o’g’it beriladi.
Tajreba maydonlaridan ko’k massa yig’ib olish soya o’simligining dukkak hosil qilish va makkajo’xorininh sut pishish davrida o‘tkaziladi. Variantlar bo’yicha ko’k massa alohida КИР-1,5 o’rish mashenasi yordamida o’rib olib, hosildorligi aniqlanadi.
4. Tajrida natijalari
4.1. Aralash qilinganda soya va makkajo’horining rivojlanishi.
2-jadvalda soya va makkajo’xori o’simliklari aralash xolda ekilganda rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar berilgan. Ma’lumotlardan ko’rinib turibdikio’simliklar may oyining 24 kunida to’liq unib chiqadi. Soya o’simligi sof xolda hamda makkajo’xori bilan aralash ekilganda ham ekish to unib chiqgunigacha o’tgan muddat bir xil bo’lib 8 kunni tashkil etadi.
Soya o’simligi rivojlanishiidagi variantlar bo’yicha farq keyingi fazalarda, yani dastlabki uchtalik barg hosil qilish davridan boshlabadi. Agar soya o’simligi sof holda ekilganda o’simliklarning bu fazaga to’liq o’tishi 4-iyunda kuzatilgan bo’lsa, makkajo’xori bilan aralash holda2va 4 qatorlab alohida-alohida ekilganda esa farq 1 kunni tashkil qiladi. Keyingi gullash va dukkakda don hosil bo’lish fazalarida farq variant bo’yicha 2-3 kunga etadi.
Shuni alohida takidlash kerakki soya sof holda ekilganda dukkakda don hosil bo’lish fazasiga o’tishi uni makkajo’hori bilan aralash ekilgandagiga nisbatan 3-4 kunga kechikadi.
Ma’lumki makkajo’xori o’simligi ko’k massa uchun sut pishish davrida o’rib olinadi. O’tkazlgan ko’pgina tajrebalaresa soya ko’k massasi uchun dukkaklarda don hosil bo’lishi davridan kechiktirmasdan yeg’ib olish zarurligini ko’rsatadi. Aks holda soyaning dukkaklari pisha boshlagach uning barglari to’kila boshlaydi va bu ko’k massa sifatini va hosilini kamayishiga olib keladi.
2-jadval
Aralash ekilganda soya va makkajo’xorining rivojlanishi
Ekish variantlari
|
Soya (O’zbekiston-2)
|
Makkajo’xori (O’zbekiston-306 AMB)
|
unib chiiqishi
|
Dastlabki uchtalik barg hosil bo’lishi
|
gullash
|
Dukkakdan don hosil bo’lishi
|
Unib chiqishi
|
3-4 barg hosil bo’lishi
|
Ro’vak chiqishi
|
Gullash
|
Sut pishish
|
Ro’vak
|
So’ta
|
Soya sof holda
Soya va makkajo’xorini aralashtirib:
2 qatorlab
4 qatorlab
8 qatorlab
|
24. V
24. V
24. V
24. V
|
4.VI
6.VI
6.VI
5.VI
|
15.VII
18.VII
18.VII
17.VII
|
22.VIII
19.VIII
19.VIII
18.VIII
|
24.V
24.V
24.V
|
12.VI
13.VI
13.VI
|
26.VII
26.VII
25.VII
|
1.VIII
1.VIII
30.VII
|
3.VIII
4.VIII
2.VIII
|
21.VIII
21.VIII
20.VIII
|
Shuning uchun aralash ekilaganda tanlab olinadigan soya navining dukkakguga don don hosil bo’lish fazasi makkajo’xorining sut pishish fazasiga to’g’ri kelishi kerak.
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, tajreba o’tkazolgan maydonlardan soyaning O’zbekiston-2 navining dukkagida don hosil bo;lishi davri makkajo’horining “O’zbekiston 306 AMB” navining sut pishish fazasiga yaqin boldi va bu davr 19-21 avgust kunlariga to’g’ri keldi.
Soya o’simligi sof holda ekilganda unib chiqqandan to dukkaklariga don hosil bo’lgungacha 91 kun o’tdi. Aralash ekilganda esa bu davr 87-88 kunni tashkil qildi. Shunday qilib, soya makkajo’xori bilan aralash ekilganda 3-4 kun oldin ko’k massa ushun o’rib olishga tayyor bo’ladi (3-jadval).
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki,soyaning rivojlanish fazalarining o’tishi dastlabgi davrda kam farq qiladi, keyinchalik bu farq ortib boradi. Gullashda to dukkak hosil bo’lishga bolgan davr soya sof holda ekilganda uzoqroq (39 kun) davom etadi. U makkjoxori bilan aralash holda ekilganda esa bu davrning qisqarib 31-32 kun davom etishi ko’zatiladi.
Soya bilan aralsh holda o’stirilgan makkajo’hori o’simliklarning rivojlanish variantlari bo’yichadeyarli farq qilmaydi. Bu variantlarda makkajo’horining unub chiqishidan 3-4 ta barg hosil bo’lishiga 20-21 kun o’tsa, unib chiqishidan ro’vak hosil bo’lishigacha bo’lgan davr 63-64 kunni tashkil etadi. Bu o’simlikning unib chiqishda to sut pishish fazasigacha bo’lgan davr ham deyarli bir hil 88-89 kunga teng bo’ldi.
4.2. Soya va makkjo’xori aralash ekilganda o’simliklarning o’sishi.
O’simliklar bo’yining balandligi va har bir tup o’simlikdagi barglar soni hosildorlikni belgilovchi omillardan bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham soya va makkajo’xori aralash ekilganda ular bo’yining balandligi va har o’simlikdagi barglar soni o’rganildi. Vegetatsiya davrida bu ko’rsatgichlar uch marta hisoblandi.
4-jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinib to’ribdiki soya o’simligining o’sishi, har bir tupdagi barglar soni ekish o’sillariga qarab farq qiladi. Ma’lumki bu o’simliklar rivojlanishi dastlabki davrlarda sekin kechadi. 21 iyunga kelib tajreba maydonlarida sof holda ekilgan soya bo’yining balandligi 17,4 sm ga, makkjo’xori bilan qo’shib 2 qatorlab ekilganda 17,8 sm ga, 4 qatorlab aralash ekilganda 19,2 sm ga, 8 qator aralash ekilganda esa 18,9 sm ga etdi. Bu davrda harbir o’simliklardagi barglar soni soya sof holda ekilganda 12 dona bo’lsa, makkajo’xori bilan aralashtirib ekilganda 9-11 donani tashkil qildi.
Ko’k massani yig’ishtirish oldidan o’tkazilgan o’lchash natejalariga ko’ra dukkaklarda don hosil bo’lish davrida sof holda ekilgan maydonlarda soya o’simligi bo’yi 74,6 sm bo’lib bir tupdagi barglar soni 38 donaga etdi. Soya bilan makkajo’xori aralash ekilganda, soya o’simligining bo’yi 2 qatorlab ekilganda 83,1 sm ni, 4 qatorlab ekilgan variantda 84,2 sm ni, 8 qatorlab ekilganda esa 79,5 sm ni tashkil qildi. Har bir o’simlikdagi barglar soni esa 31-35 dona bo’ldi. Makkajo’xori o’simligining bo’yi esa 2 qatorlab ekilganda 229,5 ms ga 4 qatorlab ekilganda 242,0 sm ga va 8 qatorlab ekilganda 237,1 sm ga etib, bunda har bir tupdagi barglar soni 21-24 donani tashkil etadi (4-jadval).
Tajrebalardan olingan natejalarni taqqoslash shuni ko’satadiki, soya o’simligi makkajo’xori bilan aralash holda 4 qatorlab ekilganda yaxshi rivojlanib o’sishini ko’rsatadi.
4.3. aralash ekilganda soya va makkajo’xorining ko’k massa xosildorligi
Soya o’simligini sof holda hamda makkajo’xori o’simligi bilan aralash xolda etishtirilganda har gektardagi ko’k massa hosildorligi to’g’risidagi ma’lumotlar 5-jadvalda berilgan.
Tajreba o’tkazilgan sharoitda har gektar yerdan soya sof holda ekilganda 224,5 sm ko’k massa olidi. Har gektar yer hisobiga yetishtirilgan oziq biligi esa 47,15 st ni tashkil etib, uning tarkibidagi hazmm bo;luvchi protein miqdori 1010,2 kg gat eng bo’ldi.
Soya makkajo’xori bilan aralash ekilganda har gektar yerdan olingan ko’k massa miqdori soya sof holda ekilgandagiga qaraganda barcha vareantlarda ko’p bolib gektariga 328,5-367,0 st ni tashkil etdi.
5-jadval
Aralash ekilganda soya va makkajo’xori ko’k massaning hosildorligi va oziqaviyligi.
Ekish vareantlari boyicha ko’k massa xosildorligi turlicha bo’lishi 5-jadvaldagi ma’lumotlardan kurinib turibdi. 1- variant (2 qatorlab soya va makkajo’xori aralash ekilganda) soyaning ko’k massa hosildorligi 102.5 st ni, makkajo’horini 226.0 st ni tashkil etdi, jami 1 gektar erdan oshgan ko’k massa hosildorligi 328,5 st ni tashkil etdi. Bu ko’k massa 62,21 oziq birligiga teng bo’lib, uning tarkibida 867,1 kg hazm bo’luvchi protein mavjud. Soya va makkajo’hori 4 qatorlab aralash ekilgan II vareantda bu ko’rsatgich yana yo’qori bo’ldi. Bu vareantlarda jami 1 gektar erdan 362 st ko’k massa hosili olinib, uning 122,0 st ni soya va 240,0 st ni makkajo’hori ko’k massasiga to’g’ri kerdi. Ko’k massa hosili oshishi bilan birga oziq birligi miqdori ham ortdi va 68,82 oziq birligiga teng bo’ldi, uning tarkibidagi hazm bo’luvchi protein miqdori esa 981,0 kg ga etdi. III vareantda esa ko’k massa hosildorligiga nisbatan pasayeshi kuzatildi. Bunda soya ko’k massa hosildorligining II- vareantidagiga nisbatan gektariga 12 st ga, makkajo’horining esa 2 st ga kamayishi kuzatildi va ularning ko’k massa hosiliga mos ravishda 110,0 va 238,0 st nitashkil etdi. Bir gektar erdan yig’ib olingan umumiy ko’k massa hosili 348,0 st gat eng bo’ldi. Ko’k massa hosildorligining pasayishi bilan oziqaveylik ko’rsatgichlari ham kamayadi. Bu vareantda 1 gektar erdan yeg’ib olingan ko’k massa tarkibida 65,94 oziq birligi va 923,4 kg hazm bo’ladigan protaein mavjudligi aniqlandi.
Ekish vareantlari bo’yicha olingan ma’lumotlarni qiyosiy tahliley soya va makkajo’horini 4-qatorlab aralash holda ekish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi. Chunki ko’k massa uchun soya va makkajo’horini bunday usulda ekish makkajo’hori sof holda ekilgandagiga (ho’jalik malumotlari ) nisbatan gektaridan 9 st ko’p ko’k massa hosili yig’ib olishni taminlaydi. Shu bilan bir soya va makkajo’hori aralash ekilganda olingan ko’k massaning oziqaveylik ko’rsatgichlari ham yuqori bo’ladi. Bunda oziq birligi 5,28 ga ortadi, ko’k massa tarkibidagi hazm bo’luvchi protein miqdori esa 1,5 barobariga ko’payadi.
Soya sof holda ekilganda olingan ko’k massa hosili va uning oziqaveyligi bo’yicha ko’rsatgichlarni soya va makkajo’xorini 4 qatorlab aralash ekib olingan shunday ko’rsatgichlar bilan taqqoslash ham soya va makkajo’horini aralash 4 qaorlab ekish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi. Bunda ham soya sof holda ekilganiga nisbatan gektaridan 127,5 st ko’p ko’k massa va qo’shimcha 21,67 oziq birligi yetishtirildi hamda hazm bo’luvchi protean miqdori ko’rsatgichi ham deyarli tenglashib qoldi.
Shunday qilib, o’tkazilgan tajrebalar ushbu fermer ho’jaligi joylashgan hududda soya va makkajo’horini 4 qatorlab aralash holda ko’k massa uchun yerishtirish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi. Bunda nafaqat ko’k massa hosildorligi yuqori bo’ladi, balki oziqaveyligi jihatidan zootexnik talablariga javob beradigan ko’k massa etishtirish ta’minlanadi.
5. Makkajo’horini soya bilan ko’k massa uchun aralash etishtirishning iqtisodiy samaradorligi
Ekinlarni yetishtirishni texnalogiyasini takomillashtirish yoki ayrim bir tuproq sharoitidan kelib chiqib, ularni amaliyotga tavsiya etish uchun bu tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini yuqori bo’lishi, maxsulot tannarxi esa, uz navbatida nisbatan arzon bo’lishi lozim. Bir xil iqlim tuproq sharoitida bu kursatgichga ekinning yetishtiriash texnalgiyasi, hosildorligi, tabey ko’rsatgichlar va ishlab chiqarish vareantlaridan oqilona foydalanishlar o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Makkajo’xori soya bilan ko’k massa yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini o’rganinsh maqsadidatexnalogik jarayonda sarf etiladigan xarajatlar anilandi.
6-jadval
Makkajo’xori soya bilan aralash xolda ko’k massa uchun yetishtirishning sharoitli iqtisodiy samaradorligi
6-jadvaldan ko’rinib turibdiki, soya o’silmigini sof xolda ekib, 1 st ko’k massa yetishtirish uchun 152300,0 sum xarajat qilinsa, soyani makkajo’xori bilan aralash xolda ko’k masssa uchun yetishtirishda esa ko’proq 1675300,0 sumdan 1699500,0 sumgacha sarflanadi.
Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, soya sof holda ko’k massa uchun yetishtirilganda har gektar erdan olingan sof foyda 998200 sum, rentabellik 65,5 % va 1 st mahsulot tannarxi 6784,8 sumga teng bo’ldi. Soya va makkajo’xori 2 qatorlab alohida alohoda ekilgan vareantda olinadigan sof foyda 1711535 so’mga etib rentabelligi oshadi.(102,2 %). 1st mahsulot tannarxi esa 5099,8 so’ni tashkil etdi.
Soya va makkajo’xori 4 qatorlab ekilganda, hargektar erdan olinadigan sof foyda miqdori 2037520 sumga etadi, rentabellik darajasi 120,2 % ga, 1 st ko’k massa 4681,5 tannarxi so’ng teng bo’ladi.
Ko’k massa uchun makkajo’xori va soya qo’shib 8 qatorlab ekilganda iqtisodiy ko’rsatgichlaroldingi vareantga nisbatan past bo’ldi 1 gektar erdan olinadigan sof foyda 1888380 sumni rentabellik 111,1 % ni va mahsulot tannarxi 4883,6 sumni tashkil etdi.
Shunday qilib olingan ma’lumotlar makkajo’xorini soya bilan ko’k massa uchun 4 qatorlab ekish iqtisodiy jihatdan samarali ekanligini ko’rsatdi. Bu usulda makkajo’xori va soyadagi eng yuqori ko’k massa hosili olish hisobiga 1 gektardan olingan sof foyda (2037520,0 sum) eng ko’p bo’ladi. Natejada rentabellik darajasi 120,2 % ga etadi. Nu usulda yeteshtirilgan ko’k massa bir st tannarxi boshqa sinab ko’rigan vareantlarga nisbatan eng kam darajada (4681,5 sum) bo’ladi.
6. Nishon tumanidagi “Zarbdor” fermer xo’jaligida soyani makkajo’xori bilan qo’shib yetishtirishni samarali tashkil etish.
Qishloq xo’jaligining muhim tarmog’i bo’lgan chorvachilikni rivojlantirish uchun uning ozuqa bazasini mustaxkamlash va sifatli em-xashak yetishtirishni yo’lga qo’yishni taqazo etadi. Shu bilan bir asosiy ekinlar g’o’za va boshoqli donga reja asosida ajratilgan yerlar maydonini kamaytirmasdan hamda bu yerlar tuprog’i unimdorligini muttasil oshirishni nazarda tutgan holda em-xashak ekinlarini yetishtirib, yuqori va sifatli hosil olish choralari ko’rish lozim bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Nishon tumanidagi “Zarbdor” fermer xo’jaligi faoliyatini tashkil etishda quyedagilarda etiborni qaratish maqsadga muvofiq:
-
Fermer xo’jaligiga ijaraga berilagan sug’oriladigan erlarning nisbatini yuqori unimdorli maydonlarni g’o’za va boshoqli don ekinlarini ekib o’stirish uchun ajratish va unumdori past bo’lgan erlarga dukkakli hamda em-xashak uchun soyani makkajo’xori bilan aralashtirib alohida-alohida 4 qatorlab ekishga ajratishni nazarda tutuvchi qisqa ratsionali almashlab ekish tizimini joriy etish lozim.
-
Soyani makkajo’xori bilan qo’shib yetishtirish orqali sifatli va oziqaviylikgi yuqori ko’k massa yetishtiriladi. Natejada chorva mollarini oziqlantirishga sarflanadigan em-xashak miqdori keskin qisqaradi, chorva mollaridan olinadigan maxsulot (go’sht, sut va boshqalar) lar hajmi ortadi va sifati ko’tariladi. Bu esa o’z navbatida fermer xo’jaligining chorvachilikdan oladigan daromadini oshishiga olib keladi.
-
Fermer xo’jaligi faoliyatida chorvachilikni ham rivojlantirish aholining chorvachilik mahsulotlariga oshib boreayotgan ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga bu tarmoqni rivojlantirish yangi ish o’rinlarini yaratishga imkon beradi.
-
Soya va makkajo’xorining qisqa vegetatsion davrli navlarini ularni qo’shib ekish usulidan foydalanilgan holda takroriy ekin sifatidako’k massa uchun kuzgi bo’g’doydan bo’shagan maydonlarga ekib o’stirishni tashkil etish ham maqsadag muvofiqdir. Chunki bo’da bir yilda bir maydondan ikkimarta hosil olish evaziga so’g’oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligi oshadi, qo’shimcha ko’k massa yetishtirilib, chorvachilikning oziqa bazasi mustaxkamlamnaladi.
-
qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun ularni etishtirish agrotexnikasiga qatiy amal qilish lozim. Shuning uchun ham soya vca makkajo’xoridan sifatli va yuqori ko’kmassa yetishtirishda ularni o’stirishning agrotexnik tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazish jo’da muxim xisoblanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda fermer xo’jaligi faoliyatini tashkil qilish, uni iqtisodiy njihatdan rivojlanib borishini taminlaydi.
7. Mehnatni muhofaza qilish.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni samarali tashlik etishda mehnat muhofazasi ham muhim o’rin tutadi. Chunki qishloq xo’jaligida band bo’lgan insonlar sog’ligini saqlash va xavsiz mehnat sharoitini yaratish ishlab chiqarishni asosiy masalasi bolib hisoblanadi.
Dala tajrebalari olbborilayotgan fermar xo’jaligida mehnatni muhofazasini tashkil etish va nazoratini olbborish fermar xo’jaligi raisi zimmasiga yuklatilgan. U fermar xo’jaligida tashkil etilagan 3 kishidan iborat komissiyga raxbarlik qiladi. Komissya azolari reja asosida muntazam ravishda tekshirish va nazoratlar o’tkazib, uning natejalarini fermer xo’jaligi a’zolari o’rtasida muhokama qilib boradilar. Fermer xo’jaligida kamchiliklarni bartarf etishga qaratilagn choralar amalga oshirib kelinmoqda. Bu fermer xo’jaligi raxbarining qator bo’yruqlari, mehnat muhofazan qilishni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalgam oshirish bo’yicha amalgam oshirilgan qarorlarda o’z aksini topgan.
2011 yilda fermar xo’jaligida mehnat muhofazasi qoidalarini buzish holatlari qayd etilmagan. Ammo bu borada qator kamchiliklarga yo’l quyilmoqda.
Masalan, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaganda ishlatiladigan himoya vositalari o’z vaqtida yangilab turilmayapti. Ayrim hollarda odamlarni tashishda traktorlardan foydalanlmoqda.
Fermar xo’jaligida yong’inni oldini olish bo’yicha ancha ishlar amalgam oshirilgan. Yoqilg’i-moylash materiallari omborhonasi binolaridan uzoqda joylashtirilgan, atrofi esa xavsizlik qoidalariga binoan o’rab qo’yilgan.
Yong’in xavsizligini oldini olish bo’yicha o’t o’chirish jixozlari va zarur asboblar mavjud. Ammo o’t o’chirish suyuqligi bilan to’ldirilgan maxsus idishlarni belgilangan muddatlarda yangilab turish lozim.
Fermer xo’jaligida kimyovey moddalar (gerbetsidlar, pestistitlar, defolmantlar va boshqalar) bilan ishlashdan oldin shu ishlarga jalbv etilaganlarga mehnat muhofazasiqoidalari bo’yicha tushintirish ishlari o’tkaziladi. Kimyovey zaxarli moddalar bilan ishlash jarayonida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish qatiy nazoratga olingan hamda bu ishga band bo’lgan xodimlarga sut va sut maxsulotlari berib borilishi tashkil etilgan.
Fermer xo’jaligida qishloq xo’jaligi mashenalari va traktorlarni boshqaruvchilar muntazam nazorat qilib boriladi, ularni mast holda texnikalarni boshqarishiga yo’l qo’yilmaydi. Shuning uchun texnikalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalari bo’lmaganlarni traktor va qishloq xo’jaligi mashenalarini boshqarishga qatiy yo’l qo’yilmaydi.
Maehnatni muxofaza qilish bo’yicha xo’jalikda olib borilgan ishlar ijobiy natejalar bermoqda. Keyingi 3 yilda ko’gilsiz voqialar, tan jaroxatlari, kasb kasalliklari uchramagan.
Mehnat unimdorligini oshirish, ishlab chiqarishda band aholini sog’ligini saqlash, umuman mehnat muhofazasini yanada samarali tashkil etish uchun mavjud kam chiliklarni bartaraf etish, ishchilarni dala sharoitida dam olish, sharoitlarini yaxshilash, qishloq xo’jaligi mashenalari va shu kabilarni amalgam oshirish maqsadga muvofiqdir.
8. Tabiatni muhofaza qilish
Qishloq xo’jaligi ekinlarini etishtirish jarayonida tabiatga turli tasir ko’rsataladi. Bu yerga ishlov berish, ekinlarni ekish, parvarishlash, oziqlantirish, sug’orish, hosilni yeg’ishtirib olish va boshqa jarayonlarda namoyon bo’ladi. Qishloq xo’jaligi hodimlarining asosiy vazifalaridan biri anashu jarayonlarni amalgam oshirishda tabiatga,tabiiy resurslarga korsatilaotgan salbiy tasirlarni keskin kamaytirishdan iborat bo’lmog’I lozim.
Qishloq xo’jaligida mineral o’g’tlar gerbetsidlar, pestistitlar va boshqa kimyuviy moddalardan foydalanish jarayonida havo, tuproq, yer osti va yer usti suvlarinig ifloslanishi kuzatishlarri. Ifloslanishning me’yoridan ortiq bo’lmasligi uchun bu moddalardan to’ri, maqsadli foydalanishni yo’lga qo’yish, ularni ishlatishni qatiy nazorat ostiga olish lozim. Mineral o’g’itlarga agrokimyovey kartogrammalar asosida tabaqalashtirib, yer osti mexanizimlari bilanberilishi maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo’jaliklari ekinlari zarakunandalriga qarshi kurashishda iloji boricha kimyoviy moddalarni ishlatishdan voz kechish yoki ulardan foydalanishni keskin kamaytirish, ular o’rniga agrotexnik, biologic kurash choralarini qo’llash, ekalogik, iqtisodiy samaral hisoblanadi. Masalan, hashoratlarga qarshi kurashda xonqizi, oltin ko’z, trixogramma va boshqa foydali hashorotlardan foydalanishi mumkin. Veltga qarshi kurashish uchun esa almashlab ekishni to’g’ri olib boorish, viltga chidamli g’o’za navlarini o’stirish yaxshi samara beradi.
Tuproqni asosiy ishlash, ekishga tayyorlash, ekin qator oralariga ishlov berishda qishloq xo’jaligi mashena va mexanizmlari to’proqning fizikaviy xossalariga salbiy ta’sir etadi. Masalan, bunda tuproqning suv o’tkazuvchanligi, g’ovakligi keskin kamayishi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida, bir necha agrotexnik tadbirlarni bir yo’la bajarish choralarini ko’rish ta’lab etiladi.
Umuman qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda tabiat muhovazasiga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqishi, ular to’g’ri tashkil etilishi zarur.
Tabiy resurislardan oqilona va samarali foydalanishda qishloq xo’jaligi ekinlarini etishtirish texnalogiyasida nazarda tutilgan agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va meyorida amalgam oshirish muhim hisoblanadi.
Xulosa
1. Chorva mollarini tuyimli va oqsilga boy em-xashak bilan ta’minlashda dukkakli don ekinlarining ahamiyati katta bo’lib, ularni boshqa ekinlarbilan aralash holda etishtirish, ayniqsa, maqsadga muvofiqdir. Soya va makkajo’xori o’simliklari qisqa kun o’simliklari bo’lib, ularni ekish muddati, tuproq va havo xaroratiga bo’lgan talabi, unib chiqishi, o’suv davrining dastlabgi paytlarda so’st va ketingi fazilatlar jadal rivojlanishi mineral va organic moddalarga bo’lgan talabchanligi kabi xususiyatlarga ko’ra bir biridan deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun ham soya va makkajo’xorini ko’k massa uchun aralash etishtirish bo’yicha tajrebalar olib borildi.
Buning uchun soyani O’zbekiston-2 o’rta pishar navi va makkajo’xorining takroriy ekin sifatida don va silos uchun davlat resurslariga kiritilgan O’zbekiston-306 AMB navi tanlab olindi.
2. Soya makkajo’xori bilan aralash ekilganda uning rivojlanishi, o’sishi, hamda massa hosildorligi vareantlar (uslublar) bo’yiga taqqoslab ko’rilganda, eng samarali usul, 4 qatorlab alohida, navbat bilan soya va makkajo’xorini ekish maqsadga muvofiqligi ma’lum bo’ldi. Bu usulda ekilganda soya o’simligi uchun yaxshi sharoit yaratilib, u yaxshi o’sib rivojlanadi. Har gektar yerdan olinadigan hosil shu usul bilan aralash ekilganda soya sof holda etishtirilgandan ko’ra 137,5 st ko’k massa ortiq yig’ib olindi.
3. Soya makkajo’xori bilan aralash holda ekilib olingan ko’k massa o’zining hazm bo’luvchi oqsilga boyligi va gektariga bir necha st ko’p oziq birligi yetishtirilishi bilan ajralib turadi. Agar makkajo’xori sof holda ekilganda gektaridan 630,4 kg hazm bo’luvchi protein olinsa, bu ko’rsatgich soya makkajo’xori bilan aralash 4 qatorlab ekilganda 981,4 kg ni tashkil qildi yoki har gektaridan 345,6 kg ortiqcha hazm bo’luvchi protein yeg’ishtirib olindi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Nishon tumanidagi “Zarbdor” fermer xo’jaligida arzon chorvachilik mahsulotlari yetishtirish maqsadida oziqa bazasini mustahkamlash uchun makkajo’xori soya bilan ko’k massa uchun qo’shib yetishtishda bu ekinlarni alohida navbatlab 4 qatorlab ekish biologik, ekologik, xo’jaligi va iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiqdir.
Ishlab chiqarishga tavsiyalar
-
Chorva mollarini oqsilga boy to;yimli va sifatli ko’k massa bilan taminlash uchun soya va makkajo’xorini aralash holda yetishtirish lozim.
-
Soya va makkajo’xorini aralash holda yetishtirish uchun bu ekinlarni 4 qatorlab navbat bilan alohida-alohida ekib o’stirish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
-
Karimov I 2012 yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil boladi (O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy ekinlari va 2012 yilda O’zbekistoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi).- O’zbekiston ovozi, 2012 yil. 21 yanvar -1-4 betlar.
-
Anorboyev I, Sattorov M, soya serdaromad ekin- O’zbekiston Qishloq xo’jaliklari jurnali, 2012: № 5-11-12-betlar.
-
Abdikarimov D. T. Gorelov E. P. Xalilov N. X. Dehqonchilik asoslari va em-xashak yetishtirish._ Toshkent. Mehnat, 1989
-
Abdikarimov D. T Gorelov E. P. Xalilov N. X. Oziqa yetishtirish Samarqand, 1995-221 bet.
-
Babech N. A. Posevi соя с кукурузой-В кн: Росеьхозиз дат, 1978.
-
Валогцух А Агротехника и уражой- jurnali “Корна” , 1976, № 3
-
Gorelov E. P. Опыт выращивани сои в Самаркандцкой области. Информационный листок- Самарканд, 1978.
-
Дементыва А. Н, Гумиров И. Н. Туплаи: O’zbekistonda dala ekinlarini yetishtirish-Toshkent 1994-15-17 betlar.
-
Допехов Б. Н. Методика полевого опыта. –М: Колос, 1979
-
Енкен В. Б. Сое –М: Тосиздат, 1959.
-
Yormatova D. O’zbekistondasoya yetishtirish. Toshkent. O’zbekiston. 1983.
-
Yormatova D. Soya – Samarqand, 1991.
-
Yormatova D. Soya – Toshkent, Mehnat, 1989.
-
Yormatova D., Ubaydullayev Sh. Donli ekinlar -Toshkent, Mehnat, 2002.
-
Yormatova D., Ubaydullayev Sh., Xalilov I. ,To’xtashev . ,Xushvaqtova H. , Dala ekinlarini yetishtish- Toshkent: Fan, 2004.
-
Корегин Ю. Т . Сое – Аша – ата: Кайпар 1978.
-
Кухаряик П. Я, Тоиашевское Е. Г, Луговская Е. Я. Отзывчивость Кукурузы и сои на условие питание в сиетаннои посеве Агрохимие-1973-№3
-
Лещенко А.К. Культура сои киев: Новиково дилка, 1978.
-
Ловренинко Г. Т. Народнохозейственное значение сои.-В кн: Сое-М.: Госсельхозиздат, 1978.
-
Otaboyeva X. N, Umarov Z. U. Botirov X. Ch, Goziqov A, Xudoynazarova G.X Em-hashak yetishtirish. Toshkent: Mehnat, 1997.
-
Panjiev A. P. Soya to’yimli oziqa. Samarqand 1982.
-
Panjiev A. P. Ubaydullayev Sh. Erkayiv N. Soya yetishtirish - Qarshi, 2005.
-
фортенскае Г. С. Мусаев Г.В. Возделывание сои на орошаемых зеилех.- Селькое хозейства зарубетои, 1975-№1.
-
Xushvaqtova H Dunyo moyli ekinlar dehqonchiligi- O’zbekiston qishloq xo’jaligi. 2011. №16-17-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |