1. Adabiy jarayon milliy va madaniy merosning ajralmas qismi siftida. Adabiy-madaniy meros


Adabiy jarayon va tarjima adabiyoti badiiy adabiyot va nazariy adabiyotning o’zaro aloqasi va bir-birini boyitishi



Download 37,68 Kb.
bet13/14
Sana12.02.2021
Hajmi37,68 Kb.
#58464
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
7-topshiriq to'liq

3.Adabiy jarayon va tarjima adabiyoti badiiy adabiyot va nazariy adabiyotning o’zaro aloqasi va bir-birini boyitishi.




Badiiy tarjimachilikning asosiy minbari “Jahon adabiyoti” jurnali hisoblanadi. Oʻtgan yilda yoritilgan asarlarni xayolimizdan oʻtkazsak, tarjimalar keng miqyosli va salmoqli ekanini sezishimiz mumkin. Misol uchun, Charlz Dikkensning “Katta umidlar” romani (ingliz va rus tilidan Shoazim Minovarov tarjimasi, 1-4-sonlar), Chinnapa Bharatining “Pavlayi” romani (tamil tilidan Maktuba Murtazoxoʻjayeva tarjimasi, 5-6-sonlar, Gorderning “Apelsin qiz” (rus tilidan Komila Nosirova tarjimasi, 5-6-sonlar) va boshqa asarlar fikrimizni tasdiqlaydi. Bundan tashqari, izchillik bilan tartib berilgan maxsus sonlar: Belgiya (1), Eron (2-3), Norvegiya (4), Turkmaniston (5), Argentina (5), jahon bolalar adabiyotidan namunalar (6-7), Vengriya (8), Ispaniya (10-11-12) sonlar ham misol boʻla oladi.

Yuqorida tarjimon tashabbusi naqadar muhimligi haqida toʻxtaldik. Uning zamirini aniq maqsadli faoliyatga kirishgan estetik ideal tashkil etadi. “Tarjimaga asar tanlashda muhabbatim ovozigagina quloq soldim, – deydi mohir tarjimon Ibrohim Gʻafurov. – Jahon adabiyotini ozmi-koʻpmi taniy boshlagach, meni koʻproq va asosan yangi tipdagi asarlar qiziqtirishini bildim. Yangi tipdagi deganim adabiyot va tafakkur dunyosida yangi yoʻllar ochgan, yangi shakllar kiritgan, yangi ruhoniy hodisalarni kashf etgan asarlar va yozuvchilar”.

“Jahon adabiyoti” jurnali 2014–2015 yillarda “Hikoya ichida hikoya” rukni ostida eʼlon qilgan jahon hikoyachiligi namunalari tarjimalari va ularga yozilgan adabiy sharhlar koʻpchilik eʼtiborini tortdi. Masalan, 2015 yilda: Xorxe Luis Borxes “Sohildagi uchrashuv” (3-son), B. Yosimoto “Kaltakesak” (4-son), Xulio Kortasar “Bemorlarning salomatligi” (5-son), M. Byuter “Moʻjazgina koʻzguchalar”, P. Gripari “Bir juft boshmoq” (6-son), Laslo Krasnaxorkai “Akropol sarhadlarida”, Laslo Byoti “Iqror” (8-son), Karlos Fuentes (Meksika) “Qoʻgʻirchoq malika” (9-son), Shoan Ignasio Taybo (Ispaniya) “Odamlar, kimsiz oʻzi?”, Xuan Benet (Ispaniya) “Rayxenau” (10-son) hikoyalari va ularga bagʻishlangan maqolalar. Bu ijodiy tajriba oʻrganishga, qoʻllab-quvvatlashga, bahslashishga loyiqdir. “Jahon adabiyoti” ijodiy jarayoni faoli sifatida, “Hikoya ichida hikoya” rukni masʼuli boʻlgan yozuvchi Olim Otaxon adabiy jamoatchilik koʻz oʻngida tarjimon va mutafakkir maqomida yaqqol gavdalanganini aytib oʻtishni istardim.

Jahon hikoyachiligidan tarjimalar sirasida: Lev Tolstoyning “Men qanday qilib jinni boʻldim” (asliyatdan Ibrohim Gʻafurov tarjimasi: “Tafakkur”, 2015 yil 3-son, 56-63-bet), yapon yozuvchisi Ryunoske Akutagava “Loyxoʻrak ovi” (rus tilidan Oygul Asilbek qizi tarjimasi: “Sharq yulduzi”, 2015 yil 1-son), Ranko Marinkovich “Timsol” (rus tilidan Risolat Haydarova tarjimasi: “Sharq yulduzi”, 2015 yil 4-son), Aleksandr Kuprin “Zumrad ot” (asliyatdan Oygul Suyundiqova tarjimasi: “Yoshlik”, 2015 yil 3-son), Mariya Luiza Kashnite “Arvohlar” (asliyatdan Yanglish Egamova tarjimasi: “Yoshlik”, 2015 yil 4-son) hikoyalarini va boshqalarni, bolalar adabiyotidan esa Etta Bleyzdelning “Jajji quyoshcha” (ingliz tilidan Shahnoza Karimova tarjimasi: “Gʻuncha”, 2015 yil 10-son) va shu kabilarni eslab oʻtish joiz. Bular, shubhasiz, tarjima bobidagi yutuqlarimiz jumlasidandir.

Endi sheʼriy tarjimalarga bir qur koʻz tashlaydigan boʻlsak, avvalo, “Jahon adabiyoti” sahifalarida yil davomida jahon adabiyoti namunalaridan tarjimalar muntazam berib borildi. Boshqa xalqlar shoirlarining ona tilimizda qayta yaratilgan koʻp va xoʻb sheʼriy asarlarini birdaniga tahlildan oʻtkazish uchun vaqt bemalol boʻlishi kerak. Shuning uchun Marina Svetayevadan shoira Gulbahor Saidgʻaniyeva, Emili Dikonsondan shoir Karim Bahriyev, Ivan Bunindan shoir Sirojiddin Rauf, Korney Chukovskiydan shoira Kavsar Turdiyeva eʼlon qilgan sheʼriy tarjimalarni ham unutmagan holda, rus shoirlari – Boris Pasternak va Anna Axmatova sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish yoʻlida amalga oshirilayotgan ijodiy ishlar, shakllanayotgan tajriba xususida baʼzi fikr-mulohazalarimizni bayon etmoqchimiz.

Yosh tarjimonlardan biri Shahnoza Nazarova Boris Pasternak asarlarining “bizga daxldor” jihatlarini bilishga qiziqadi va Boris Pasternakning “Nobel mukofoti” sheʼrini oʻz tarjimasida taqdim etadi. Nazarimda, biror shoir sheʼrining tarjimasi muvaffaqiyatli chiqishi uchun tarjimon shoir kamolga yetgan muhitni, shaxsi va dunyoqarashini, asarining tub magʻzini, maʼno tovlanishlarini teran va har taraflama uqib, qayta yarata olishga tayyorlanishi, shundan soʻng tarjima qilishi lozim. Lekin shu ijodiy shartga rioya qilinmayapti

Shoir Mirpoʻlat Mirzo Boris Pasternakning “Qish tuni” sheʼri kuyini ona tilimizda muqobil – asliga muvofiq, goʻzal tarzda ifodalay olgan.

Sheʼrning kuyi topilgan, lekin mazmun soʻzlarda toʻliq ifodasini topmagan. Sheʼrni soʻzma-soʻz tarjima qilsangiz, buni yaqqol koʻrasiz. Tarjimon mukammal ifodaga erishish uchun badiiy matn yaratish ustida ijodiy mehnatini davom ettirishi uni muvaffaqiyatga eltadi.




Download 37,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish