I variant
1. Abu Rayhon Beruniy o’zining “Hindiston” asarida yozib qoldirgan “Muhit okeani” qaysi okeanlar hisoblanadi?
A) Hind va Atlantika okeanlari
B) Atlantika va Tinch okeanlari
C) Tinch va Hind okeanlari
D) Shimoliy muz va Atlantika okeanlari
2. Qaysi davrdan boshlab Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi o’zbeklar deb atala boshladi?
A) XIV asr 60-yillaridan B) XIV asr 80-yillaridan
C) XV asr boshlaridan D) XV asr 80-yillaridan
3. Qoraqalpoq adabiyotida alohida o’rin tutgan “Qirq qiz” dostoni qaysi asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aks ettirgan?
A) XIV-XVI asrlar B) XVII-XVIII asrlar
C) XVIII-XIX asrlar D) XVI-XVII asrlar
4. Mustaqillik yillarida 910 yilligi nishonlangan alloma tug’ulishidan 230 yil oldin va 310 yil keyin…?
A) Qutayba Choch va Farg’onaga yurish boshladi va Dehlaviy vafot etdi
B) Ismoil Somoniy Taroz shahrini fath etdi va G’ijduvonda madrasa ochildi
C) Xalifa Ma’mun taxtga o’tirdi va Amir Temur Xorazmni to’liq egalladi
D) Toxiriylar sulolasi barxam topdi va Shohrux tomonidan Hindistonga elchilar yuborildi
5. Notog’ri ma’lumotni belgilang?
A) Demetriy hukmronligi davrida Kushon podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo`ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo`shib olingan edi.
B) Miloddan awalgi V-IV asrlarda o`rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan.
C) To`xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozga yuz tutgan davrda Qang’ davlati parchalanib ketgan
D) Amudaryoning quyi oqimida, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida oromiy alifbosi asosidagi xorazmiy va so`g`diy yozuvlar keng tarqalgan
6. Mo’g’ullarga qarshi kurashda nom qozongan tarixiy shaxslarni aniqlang?
1)Najmiddin Kubro; 2)Tug’luq Temur; 3)Jaloliddin Manguberdi; 4)Abu Muslim; 5)Temur Malik; 6)Abruy; 7)Mahmud Tarobiy
A) 3, 4, 5, 7 B) 1, 2, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 3, 4, 6
7. Buxoro amirligida qanday soliq turlari faqat pul bilan olingan?
1)xiroj; 2)tanobona; 3)jizya; 4)zakot; 5)ushr; 6)qo’sh puli
A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
8. Xitoyda mo’g’ullar hukmronligi barham topganidan keyin mamlakat xo’jaligini tiklash maqsadida o’tkazilgan tadbirlarni ko’rsating?
A) dehqonlarga yerlar umrbod muddatga sotildi, endi ularda soliq ikki yilda bir marta olinadigan bo’ldi
B) erkin savdoga ruxsat berilib, davlat tomonidan moliyalashtirish boshlandi, mo’g’ul savdogarlarining imtiyozlari daxlsiz bo’lib qoldi
C) hunarmand va savdogarlardan olinadigan to’lovlar 5 yilga bekor qilinib, dehqonlarning soliqlari kamaytirildi
D) hunarmand va savdogarlardan olinadigan to’lovlar kamaytirildi, qullarni ozod qilish haqida qonun qabul qilindi
9. Shiroq jasorati haqida habar bergan tarixchi yashagan davrdan 4 asr oldin sodir bo’lgan voqealarni aniqlang?
A) Dovon davlati tashkil topdi va Mirsga forslar bostirib kirdi
B) Saklar qabila ittifoqiga birlashdi va buddaviylik paydo bo’ldi
C) Parfiya davlati tashlil topdi va Sin Shixuandi hukumronligi tugadi
D) Qang’ davlati yuksaldi va shumer-akkad davlati parchalanib ketdi
10. Teatri 17 ming tomoshabinga mo`ljallangan shahar qachon qurilgan?
A) Mil. avv 3 mingyillikda B) Mil. avv 1 mingyillikda
C) Mil. avv 2 mingyillikda D) Mil. avv 4 mingyillikda
11. Mos javoblarni belgilang?
1.Rim sarkardalari mamlakatning shimoliy qismidan tashqari butun Italiyani zabt etdi; 2.Rimliklar Karfagenni qamal qildilar; 3.Qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo’ldi; 4.Muntazam yollanma qo’shinga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandi; 5.Rimning kuch-qudrati qayta tiklandi; 6.Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi; 7.Rim hokimiyati ostida bo’lgan Falastin yerlaridagi Vifleem shahrida “Xudoning o’g’li” nomini olgan Iso tug’ilganligi haqidagi rivoyatlar keng tarqala boshladi
a)mil III asr; b)mil I asr boshlari; c)mil II asr boshlari; d)mil.avv I asr; e)mil.avv II asr o’rtalari; f)mil I-II asrlar; g)mil.avv III asr o’rtalari
A)1-g, 2-a, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f, 7-b B)1-e, 2-c, 3-d, 4-g, 5-a, 6-b, 7-f
C)1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-g, 6-a, 7-f D)1-g, 2-e, 3-f, 4-d, 5-c, 6-a, 7-b
12. Yuz yillik urush davridagi Azenkur jangidan keyin inglizlar tomoniga o’tib ketgan gersoglikning g’arbiy qismini bosib olgan Fransiya qirolining hukmronlik davri boshlanishidan 1 yil oldin va hukmronligi tugashidan 7 yil o’tib sodir bo’lgan voqealarni belgilang?
A) Bryuggeda birja ochildi va Yaponiya savdogarlari chet mamlakatlarga 67 ming dona qilich olib ketganlar
B) Antverpenda birja ochildi va o’z faoliyati davrida 300 dan ortiq inshootlar qurilishiga boshchilik qilgan Usmonli turklar davlati me’mori tavallud topdi
C) Lionda birja ochildi va Angliyada “Qizil va oq gullar” urushi nihoyasiga yetdi
D) Fransiya qiroli Karl VII ning hukmronlik davri nihoyasiga yetdi va Fransiya qiroli Karl VIII ning bretan gersogi Annaga uylanishi bilan Fransiyaning markazlashuvi yakunlandi
13. Hukmronligi davri o’z raqiblari bilan to’xtovsiz urushlarda o’tgan Arab xalifasining hukmronlik davri boshlanishidan 122 yil oldin va tugashidan 720 yil o’tib sodir bo’lgan voqealarni belgilang?
A) Koguryo xitoylarni batamom o’z hududidan surib chiqaradi va Marko Poloning Uzoq Sharq va Xitoy bo’ylab sayohati boshlandi
B) Silla qirolligi Xitoydagi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib, Koreya yarimorolini o’z hokimiyati ostida birlashtirdi va Koreyada Van Gon tomonidan asos solingan davlat hukmronlik davri tugadi
C) Yustinian I sarkarda Velisariyni Shimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O’rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug’ullangan vandallarga qarshi yuboradi va Fransiyaning janubidagi Provans viloyati Marsel porti bilan qirol hukmiga o’tdi
D) Frank qirolligi Burgundiyani istilo qildi va Angliyada Uot Tayler qo’zg’aloni boshlandi
14. Qo’qon xonligi qo’shinlarining ko’chmanchi qozoq va qirg’iz elatlariga qarshi muvaffaqiyatli yurishlari natijasida xonlikka bo’ysundirilgan hududlarni belgilang?
A) Katta, O’rta va Kichik juz o’rdalari joylashgan hududlar
B) Kichik juz o’rdasidan Enasoyning o’rta oqimigacha bo’lgan yerlar C) Katta va qisman O’rta juzni o’z ichiga oluvchi hudular
D) Katta va qisman Kichik juzni o’z ichiga oluvchi hududlar
15. Florensiyada yashab yuqori davlat lavozimlarida ishlagan gumanizm vakili tug’ilganidan 234 yil oldin va vafotidan 84 yil o’tib sodir bo’lgan voqealarni belgilang?
A)Novgorodliklar vechesi Monomaxning nabirasi Vsevolod Mstislavichni knyazlik taxtidan chetlatib, zindonga tashlashga qaror qildi va Usmonlilar sultoni Mexmet II ning hukmronlik davri nihoyasiga yetdi
B)Vizantiyaning yollanma qo’shini Saljuqiylar sultoni Alp Arslon lashkari tomonidan Mansikert jangida tor-mor etiladi va Moskva Oltin O’rdaga boj-yasoq to’lashdan bosh tortdi
C)Vladimir Monomax Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqiradi va millati yunon bo’lgan Xo’ja Sinon tug’ildi
D)Vladimir Monomax ilk bor qipchoq xonlari qo’shinlarini yengdi va millati yunon bo’lgan Xo’ja Sinon vafot etdi
16. Sobuqtegin Xuroson noibi qilib tayinlanganidan 338 yil oldin va 38 yil keyin sodir bo’lgan voqealarni belgilang?
A) Arablar jangsiz Marv shaharini egalladi va Ibrohim Bo’ritegin Amudaryo bo’yi viloyatlarini g’aznaviylardan tortib oldi
B) Arablar Maymurg’ga hujum qildi va Mahmud G’aznaviyning hukmronlik davri o’z nihoyasiga yetdi
C) Arablar Chag’oniyonga hujum qildi va Ma’sud G’aznaviy taxtga chiqdi
D) Xalifa Muoviya I farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o’tib, Buxoro hududiga bodtirib kirdi va qoraxitoylar Xo’jand shahri yaqinidagi jangda qoraxoniylar eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba berdilar
17. Quyidagilarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring?
1.Butun Nubiya Misrga qo’shib olindi, Liviya qabilalari o’lpon to’lashga majbur qilindi
2.Janubiy Falastin va Nubiya shimoli Misrga qo’shib olindi
3.Tutmos III Falastinni bosib olishga muvaffaq bo’ldi
4.Sinay yarim oroli bosib olindi, mahalliy qabilalar Misrga soliq to’lay boshladilar
A) 4,3,2,1 B) 1,2,4,3 C) 4,2,1,3 D) 1,4,2,3
18. Xalil Sulton Mirzo Pirmuhammadning yo’lini to’sib, uning rejalarini buzib yuborish niyatida qayerdagi yerlarni ham o’z hokimiyatiga qo’shib oladi?
A) Amudaryoning quyi oqimidagi hududlarni
B) Amudaryoning o’ng tomonidagi yerlarni
C) Sirdaryodan shimoldagi viloyatlarni
D) Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarni
19. Noto’g’ri ma’lumotni belgilang
A) Mil.avv III mingyillik oxirida akkadlarga singishib ketgan shumerlar butun Mesopotamiyani egallab oldi
B)Misrliklar osmonda yulduzlar joylashuv xaritasini tuzgan
C)Zargarlik san’ati shumerliklar shaharlarida yuksak darajaga ko’tarildi
D)Mesopotamiyaning katta yer mulklari hukmdor va kohinlar qo’l ostida bo’lgan
20. Amir Temur saltanatiga la’l, gavhar va mushk qayerdan olib kelingan?
A) Hindiston B) Xitoy C) Rus yerlari D) Eron
21. Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligiga Hindistondan nimalar olib kelingan?
1.shoyi matolar; 2.qimmatbaho toshlar; 3.chinni idishlar 4.dori-darmon; 5.matolar; 6.choy; 7.oltin iplar; 8.bo’yoqlar
A) 1, 3, 4 B) 2, 7, 8 C) 2, 5, 7 D) 1, 4, 6
22. X asr boshlarida bijanaklarning biri qismi qayerlarga ko’chib o’tishga majbur bo’lgan?
A) Volga va Ural bo’ylariga
B) Kaspiy va Orol dengizi bo’ylariga
C) Orol va Sirdaryo
D) Volga orti va Janubiy Rus dashtlariga
23. Chetelliklarga Turkiyada yer va boshqa ko’chmas mulklar sotib olishga ruxsat berilgan yildan 35 yil oldin va 120 yil o’tib sodir bo’lgan voqealarni belgilang?
A) Do’st Muhammadxon Afg’oniston taxtini egalladi va Xiva xonlari arxivi Toshkent shahriga olib kelindi
B) Napoleon Bonapart vafot etdi va “Xiva-ming gumbaz” kitobi chop etildi
C) AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi va Ichan qal’a muzey qo’riqxonasi Xiva “Ichan qal’a muzey qo’riqxonasi” deb ataldi
D) Gvineya qirg’oqlaridan erkinlikka erishgan qora tanlilar uchun 13 ming km2 yer maydoni sotib olindi va “Xorazmning qadimgi davridan hozirgi kungacha bo’lgan tarixi” asari yaratildi
24. Noto’g’ri ma’lumotni toping?
A) XIV asr birinchi yarmida Oltin O’rda davlati o’z qudratining ch’qqisiga erishadi
B) Xitoyda XI asr boshlarida ekin maydonlarining 1/3 qismi yirik zamindorlar qo’liga o’tadi
C) Songai davlati XIV-XV asrlarda nihoyatda kuchaygan
D) XI asrga kelib Aksumdagi vaziyat murakkablashib, Aksum davlati parchalanib ketadi
25. VIII-XV asrlarda faoliyat ko’rsatgan Afsika davlatini belgilang?
A) Gana B) Mali C) Songai D) Aksum
26. Spartadan tashqari barcha yunon shahar-davlatlari vakillari Korinfga yig’ilib, Makedoniya hokimiyati ostida yunon davlatlari ittifoqini tuzgandan bir yil oldin va bir yil keyin sodir bo’lgan voqeani belgilang?
A) Yunon va forslar o’rtasida Plateya jangi bo’lib o’tdi va Aleksandr Makedonskiy Ahamoniylar davlatini bosib oldi
B) Yunon va Makedonlar o’rtasida Xeroneya jangi bo’lib o’tdi va Aleksandr Makedondskiy vafot etdi
C) Yunon va forslar o’rtasida Plateya jangi bo’lib o’tdi va Filipp II vafot etdi
D) Yunon va Makedonlar o’rtasida Xeroneya jangi bo’lib o’tdi va Aleksandr Makedoniyaga hukmdor bo’ldi
27. Xitoydan Hindistonga boradigan karvon yo’li qaysi davlatdan o’tgan?
A) Yunon-Baqtriya B) Qang’ C) Dovon D) Kushon
28. Qaysi davrda Qadimgi Sharqning turli viloyatlarida odamlar ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’ta boshladi?
A) so’ngi poleolit B) mezolitda C) neolitda D) eneolit
29. Shayboniylar davrida Buxoro xonligida maktab ta’limi necha yil davom etgan?
A) 2 yil B) 5 yil C) 6 yil C) 7 yil
30. Mos javoblarni belgilang?
1.Rossiya savdo iqtisodiy aloqalarida Markaziy Osiyo xonliklarining ahamiyati yanada orta bordi; 2.Rossiya o’zbek savdogarlari uchun katta imkoniyatlar yaratdi, ba’zi cheklashlar bekor qilindi; 3.Kichik, O’rta, Katta juzga bo’lingan qozoq sultonlari o’rtasida o’zaro kurash kuchaydi; 4.Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari o’rtasida Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari hududlari uchun raqobat kuchayib, kekinlashib ketdi; 5.Rus sarmoyasi Markaziy Osiyo bozorida yetakchi o’rinni egalladi
a)XVIII asr birinchi choragi; b)XVIII asr ikkinchi yarmi; c)XVIII asr oxiri-XIX asr boshlari; d)XIX asr boshlari; e)XIX asr birinchi yarmi
A) 1-b, 2-e, 3-a, 4-d, 5-c B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b, 5-e
C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-e, 5-c D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c, 5-e
31. Quyidagi qaysi mustamlakani mustamlakachilar tomonidan xo’jalik uchun o’zlashtirish, asosan, Afrikadan keltirilgan qullar mehnati hisobiga amalga oshirildi?
A) Meksika B) Filippin C) Braziliya D) Shimoliy Amerika
32. XVII asr boshlarida ichki va tashqi ahvolining og’irligiga qaramasdan o’z mustaqilligini saqlab qola olgan davlatni belgilang?
A) Angliya B) Niderlandiya C) Fransiya D) Rossiya
33. G’aznaviylar davlatining chegaralarini belgilang?
1. G’arbda 2.Shimoliy-g’arbda 3.Sharqda
a)Ray; b)Xorazm; c)Shimoliy Hindiston; d)Orol dengizi; e)Kaspiy dengizi; f)Janubiy Balujiston; g)Isfahon
A) 1-b, d; 2-c, f; 3-a, e, g B) 1-c, f; 2-a, e, g; 3-b, d
C) 1-a, e, g; 2-b, d; 3-c, f D) 1-a, e, g; 2-c, f; 3-b, d
34. Yangi tarixning birinchi bosqichi qaysi asrlarni o’z ichiga oladi?
A) XV-XVII asrlar B) XVI-XVII asrlar
C) XVI-XVIII asrlar D) XVI-XIX asrlar
35. Liberalizmning rivojlanishiga hissa qo’shgan Fransiyalik faylasufni belgilang?
A) Sharl Monteskyo B) Jozef de Mester
C) Lui de Bonald D) Sen Simon
36. Yevropada siyosiy gegemonlik Fransiyaga o’tganidan necha yil o’tib bu davlat ikkinchi darajali davlat maqomiga tushib qoldi?
A) 166 B)191 C) 234 D) 256
Do'stlaringiz bilan baham: |